Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


-§. Valyuta kursiga ta‟sir etuvchi omillar


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

 
3-§. Valyuta kursiga ta‟sir etuvchi omillar 
 
Har qanday baho kabi valyuta kursi valyutaga talab va taklif 
ta‘sirida asosiy qiymatidan (ya‘ni valyutaning xarid qilish qobiliyatidan) 
nari-beri siljiydi. Bunday talab va taklifning o‗zaro mosligi bir qator 
omillarga bog‗liq. Valyuta kursining ko‗p omilliligi uning boshqa 
iqtisodiy kategoriyalar, jumladan, qiymat, narx, pul, foiz, to‗lov balansi 
va boshqalar bilan bog‗liqligini aks ettiradi. Bu omillar ichida 
quyidagilarni ko‗rsatish mumkin: 
1. Inflyatsiya sur’atlari. Valyutalarning xarid qobiliyati bo‗yicha 
ularning o‗zaro nisbati o‗zida qiymat qonunini aks ettirib, valyuta 
kursini aniqlash vositasidir. Shu sababli valyuta kursiga inflyatsiya 
sur‘atlari ta‘sir ko‗rsatadi. Mamlakatda inflyatsiya darajasi qanchalik 
yuqori bo‗lsa, milliy valyuta kursi shunchalik past bo‗ladi (agar boshqa 
omillar qarshi ta‘sir ko‗rsatmasa). 
Inflyatsiya oqibatida pul qadrsizlanishi mamlakatda pulning xarid 
qobiliyatining pasayishiga va inflyatsiya su‘ratlari nisbatan past 
mamlakatlarning valyutalari kursidan tushib ketishiga sabab bo‗ladi. 
Bunday moyillik, odatda, o‗rta va uzoq muddatli rejada kuzatiladi. Val-
yuta kursining tenglashtirilishi, uni sotib olish qobiliyatining paritetiga 
moslashtirish o‗rtacha ikki yil davomida amalga oshiriladi. Bu shu bilan 
izohlanadiki, valyuta kursining kundalik kotirovkasi faqatgina uni sotib 
olish qobiliyatiga asosan amalga oshirilmay, unga, shuningdek, boshqa 
omillar ham ta‘sir etadi. XX asrning 80-yillarida ko‗pincha valyuta kur-
sining paritetidan 30% dan ortiq miqdorda siljishi yuz berib turgan. Le-
187
Mijozlarning valyuta hisob varag‗ini ochish va yuritish bo‗yicha 
operatsiyalari, ayniqsa, inflyatsiyaning yuqori darajasi sharoitida juda 
qulaydir, chunki xorijiy valyutani saqlab undan bank foyda olish 
imkoniyatiga ega bo‗ladi. 
Mulk shaklidan qa‘ti nazar barcha tashkilot, korxona va 
muassasalar-rezidentlar xorijiy valyuta mablag‗larini O‗zbekiston 
Respublikasi vakolatli banklaridagi valyuta hisob raqamlarda saqlashlari 
lozim. Vakolatli banklar yuridik va jismoniy shaxslar - rezidentlar va 
norezidentlarning chet el valyutasidagi talab qilib olinadigan depozit 
hisob varaqlarini yuritish qoidalari asosida o‗zining valyuta faoliyatini 
amalga oshiradilar. Valyuta hisob varaqlarining ochilishi Markaziy 
bankning "O‗zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisob 
varaqlari to‗g‗risida"gi yo‗riqnomada belgilangan tartibda amalga 
oshiriladi. Tijorat banklari tomonidan mijozlarning chet el valyutasidagi 
hisob raqamlarini yuritish, valyutani tartibga solishga doir qonunchilik 
va me‘yoriy hujjatlar talablariga rioya qilgan holda olib boriladi. Bunda 
tijorat banki chet el valyutasida hisob-kitoblarni amalga oshirish, savdo 
bilan bog‗liq bo‗lmagan pul jo‗natmalari, chet el banklari bilan vakillik 
munosabatlarini o‗rnatish, tovar va xizmatlarni eksport-import qilish 
bilan bog‗liq xalqaro hisob-kitob operatsiyalari, ichki valyuta bozorida 
chet el valyutasini sotib olish va sotish operatsiyalari, O‗zbekiston 
Respublikasi hududiga valyuta mablag‗larini jalb qilish va ularni 
joylashtirishga doir ssuda va depozit operatsiyalari, xalqaro pul 
bozorlaridagi kredit operatsiyalari, valyuta (depozit va konversion) 
operatsiyalarini o‗tkazish bo‗yicha Markaziy bank tomonidan qo‗yilgan 
malakaviy va texnik talablarga javob bera olishi lozim. 
Vakolatli banklar tomonidan to‗lovlar valyuta hisob varag‗ida 
mavjud mablag‗lar, valyutali plastik to‗lov va kredit kartochkalaridan 
foydalangan holda belgilangan overdraft limitlari doirasida amalga 
oshirilishi mumkin. Banklar va bank xodimlari o‗zlarining mijozlari va 
korrespondentlari operatsiyalari, hisob varaqlari va omonatlari 
to‗g‗risidagi ma‘lumotlarning sir saqlanishini kafolatlaydilar. Vakolatli 
banklar amalga oshirayotgan operatsiyalari bo‗yicha vositachilik haqi 
foiz stavkalari va ta‘riflarini belgilaydilar va vositachilik haqini chet el 
valyutasida olish huquqiga egadirlar. 

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling