Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
Download 5.53 Mb. Pdf ko'rish
|
bank ishi (2) (1) (1)
Kreditlash mexanizmi
Kreditlash subyektlari Kredditlash obyektlari Kredit ta‘minoti Kreditor Qarz oluvchi Qarzga berilgan qiymat yo‗nalishi 236 obyekti yoki subyekti turli subyekt va obyektlar bo‗lishi mumkin. Bank krediti sohasidagi kredit munosabatlarining subyekti bo‗lib banklar xo‗jalik subyektlari, aholi, davlat va boshqa subyektlar hisoblanishi mumkin. Ma‘lumki, kreditlash jarayonida, bir tomondan, kredit beruvchi va ikkinchi, tomondan, qarz oluvchi o‗rtasida kredit munosabatlari yuzaga keladi. Kreditorlar bo‗lib, o‗zining vaqtincha bo‗sh turgan pul mablag‗larini ma‘lum bir muddatga qarz oluvchi ixtiyoriga beruvchi jismoniy va yuridik shaxslar hisoblanadilar. Qarz oluvchi – o‗ziga tegishli bo‗lmagan mablag‗ni vaqtincha ishlatib, uni belgilangan muddatda qaytarib berish va u bo‗yicha foiz to‗lash majburiyatini oluvchi tomondir. Bank kreditiga kelsak, kredit munosabatlarining subyektlari bo‗lib, albatta, kredit beruvchi bank va turli yuridik va jismoniy shaxslar esa qarzdor bo‗lib hisoblanadilar. Kreditning bu turi asosan banklarning jalb qilingan mablag‗lar bilan ishlashiga bog‗liq. O‗zida jalb qilingan mablag‗larni ehtiyoji borlarga pul mablag‗larini qayta taqsimlash orqali banklar kreditor sifatida faoliyat ko‗rsatadi. XX asrning 80-yillarida iqtisodiyotda qayta qurish jarayonlarining boshlanishiga qadar sobiq ittifoqda bank kreditini qarzga oluvchi bo‗lib asosan xo‗jalik yurituvchi korxona va tashkilotlar qatnashganlar, ammo xo‗jalik organlari va banklar orasida bank krediti sohasidagi amalga oshirilgan munosabatlar aksariyat hollarda bir xil turdagi davlat mulkchiligiga asoslangan subyektlar o‗rtasida bo‗lgan. Mustaqillikning qo‗lga kiritilishi va bozor munosabatlarining shakllanishi bilan O‗zbekistonda kredit munosabatlari subyektlarining mavqeyi o‗zgardi. Bu vaziyat mulkchilik munosabatlarining chuqur o‗zgarishi bilan bog‗liq bo‗ldi. Bank sohasidagi mulkchilik munosabatlari qo‗shimcha ravishda «Banklar va bank faoliyati to‗g‗risida»gi qonun bilan tartibga solina boshlandi. Ishlab chiqarishni dekonsentratsiyalash va mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini joriy qilish, iqtisodiyotni demonopolizatsiyalash O‗zbekistonda qabul qilingan qonunlar asosida to‗g‗ri amalga oshirilishi: birinchidan – xo‗jalik yurituvchi subyektlar va boshqa banklar sonining tez ko‗payishiga; ikkinchidan – ularning ko‗pchiligida egalik qilayotgan davlat mulkchilik shaklini turli xil mulkchilik shakllariga o‗zgartirilishiga olib keldi. 229 Haqiqiy REPO va sotuv turidagi REPO qayta sotib olish bilan farqlanadi. Haqiqiy REPO faqatgina tomonlar o‗rtasida REPO bitimini tuzish to‗g‗risidagi bosh shartnoma bo‗lgandagina tuziladi. Bunday shartnomada tomonlarning huquq va majburiyatlarini hamda ular o‗rtasidagi hisob-kitob qoidalari aniq ko‗rsatiladi. Haqiqiy REPOning foizli daromadlari sotish va qaytib sotib olish turidagi REPOnikidan yaqqol farq qiladi. Banklar mustaqil ravishda investitsiya va savdo portfelini shakllantirish tartibini o‗rnatadi, shu bilan birga, qimmatli qog‗ozni bir portfeldan ikkinchisiga o‗tkazishi ham mumkin. Odatda, qimmatli qog‗ozlar kutilgan daromadni keltirmasa va keltirishi kutilmasa, shuningdek, u o‗z oldiga qo‗yilgan vazifani bajarib bo‗lsa yoki moliyaviy resurslarni ishlatishning yaxshiroq yo‗llari paydo bo‗lsa, ular sotiladi. 20-jadval Download 5.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling