Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


Quyidagi tayanch so„zlarga ta‟rif bering


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

 
Quyidagi tayanch so„zlarga ta‟rif bering 
 
Qimmatli qog‗ozlar 
Aksiya 
Obligatsiya 
Ulgurji qimmatli qog‗ozlar 
Foizli qimmatli qog‗ozlar 
Anderrayting 
Kliring 
Veksellar 
Qimmatli qog‗ozlar hosilalari 
Konosament 
Listing 
Delisting 
Konsalting 
Broker, diller, makler 
Тижорат ++ 
235
- banklararo kredit bo‗yicha o‗rtacha foiz stavkasi, ya‘ni aktiv ope-
ratsiyalarni amalga oshirish uchun boshqa banklardan sotib olingan 
resurslar bo‗yicha; 
- turli depozit hisob varaqlar bo‗yicha mijozlarga bank tomonidan 
to‗lanadigan o‗rtacha foiz stavkasi; 
- bank kredit resurslarining tarkibi (jalb qilingan mablag‗lar hissasi 
yuqori bo‗lganda kredit narxi ham yuqori bo‗ladi); 
- kreditga bo‗lgan talab; 
- talab qilinayotgan kredit muddati va kredit turi, ya‘ni uning 
ta‘minlanganligiga bog‗liq ravishda risk darajasi; 
- mamlakatdagi pul aylanishining muvozanati (inflyatsiya sur‘ati 
yuqori bo‗lsa kredit shunchalik qimmat bo‗ladi, chunki pul qadrsizlani-
shi tufayli bankning o‗z resurslarini yo‗qotish riski ortadi) v.b.
Kreditning yana bir tamoyili sifatida kreditning maqsadga 
yo„naltirilganligini olish mumkin. Bunda aniq xo‗jalik jarayonlarining 
kredit bilan bog‗liqligi ta‘minlanadi. Kreditning mijoz tomonidan 
maqsadli yo‗naltirilishi tamoyili qarz oluvchi zimmasiga pul 
mablag‗larini faqat kredit shartnomasida ko‗rsatilgan maqsadlar uchun 
sarflashni ko‗zda tutadi. Uzoq muddatli kredit maqsadli tarzda aniq 
qurilish obyektlari va asbob-uskunalarni sotib olish uchun beriladi. 
Kreditlar 
biznes-reja 
asosida 
beriladi. 
Kreditning 
maqsadli 
yo‗naltirilishini ta‘minlash uning o‗z vaqtida qaytarilishi uchun real 
shart-sharoitlarni yaratib beradi. Bu tamoyilga rioya qilish bank 
muassasalari tomonidan qarz oluvchi korxonalarning hisobotlari asosida 
nazorat qilinadi. Berilgan kredit qarz oluvchi tomonidan boshqa 
maqsadga ishlatilgan bo‗lsa, u holda belgilangan tartibda kredit 
muddatidan ilgari qaytarib olinadi va boshqa choralar ko‗rilishi mumkin. 
Bankning kreditlash tamoyillari barchasining amaliyotda yalpi 
qo‗llanilishi bank va uning aktsionerlari hamda mijozlarining 
manfaatlarini himoyalashga, uning faoliyatida yuzaga kelishi mumkin 
bo‗lgan risklarning oldini olishda yordam beradi. 

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling