Kreditlar muddatiga ko‗ra qisqa muddatli, o‗rta muddatli va uzoq
muddatli turlarga bo‗linadi.
Qisqa muddatli kredit amal qilish muddati 12 oydan oshmaydigan
ssuda bo‗lib, uning muddatining uzaytirilishi kreditlanayotgan
tadbirlarni o‗tkazish muddati, ularning qoplanishi va boshqa shartlardan
kelib chiqqan holda belgilanadi. Qisqa muddatli ssudalar kreditlarning
233
boshqa turlariga nisbatan likvidliroq hisoblanadi va 1yil muddatgacha
beriladi. 1 yildan ortiq muddatga berilgan kreditlar, odatda, uzoq
muddatli kreditlar hisoblanadi. Ba‘zi davlatlar amaliyotida 1 yildan 3
yoki 5 yilgacha berilgan kreditlar o‗rta muddatli kreditlar, 5 yildan ortiq
muddatga berilgan kreditlar uzoq muddatli kreditlar deb qaraladi.
Kreditning muddatlilik tamoyili uning qaytarishlik tamoyili bilan
uzviy bog‗liq bo‗ladi. Kreditlashning muddatliligi ikki tomonlama xa-
rakterga ega. Birinchidan, kreditning mohiyati vaqtincha foydalanishga
berilgan mablag‗larning qaytarilishinigina bildirib qolmay, balki bu qay-
tarilishning aniq muddatlarini belgilashni ham taqozo etadi. Kreditning
muddati, bir tomondan, foydalanishga berilayotgan kredit resurslarin-
ing bo‗sh turish muddati bilan belgilansa, ikkinchi tomondan, qarz
oluvchining mablag‗larga bo‗lgan vaqtinchalik ehtiyojlarining muddati-
ga bog‗liq. Kreditlash muddatliligining bu ikki tomonlama xarakteri ino-
batga olinganda, vaqtinchalik foydalanishga berilgan mablag‗larni to‗liq
va belgilangan muddatda qaytarilishini ta‘minlash mumkin. Kreditning
muddatliligiga rioya qilish banklar uchun ham, qarz oluvchilar uchun
ham muhim ahamiyatga ega. Buning hisobiga bank kredit resurslarining
aylanishini jadallashtirsa va ulardan oqilona foydalanishga erishsa,
xo‗jaliklar o‗z daromadlarini ko‗paytirish, o‗z va qarz mablag‗laridan
foydalanish samarasini oshirishlari mumkin. Kredit muddatini uzaytirish
aksariyat hollarda bankning ruxsati bilan amalga oshiriladi. Kredit
muddati qarz olingan mablag‗larning qaysi davrgacha foydalanishini
hisobga olgan holda belgilanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |