Respublikasi Markaziy banki banklarning banki hisoblanadi. Tijorat
banklari O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi o‗z hisob varaq-
41
laridan o‗zaro hisob-kitoblar uchun foydalanadilar va undan tashqari
naqd pul zarur bo‗lganda ham ular Markaziy bankka murojaat qilishadi.
Pul emissiyasi. Dunyoning ko‗pgina mamlakatlarida bo‗lgani kabi
O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki ham pulni emissiyalash
huquqiga ega, ya‘ni u emissiya markazi hisoblanadi. Bu vazifa hozir
ham nihoyatda muhim ahamiyatga ega, chunki chakana savdoda
mahsulot haqini to‗lash hamda qarz majburiyatlarini uzil-kesil uzish
uchun mablag‗ga ega bo‗lishini ta‘minlash uchun naqd pul zarur.
Tijorat banklarining kassa zaxiralarini jamg„arish va saqlash.
Muomaladagi pul miqdori hajmini boshqarish uchun O‗zbekiston
Respublikasi Markaziy banki jalb qilingan pul mablag‗lari hajmiga
qarab tijorat banklarida zaxiralarning muayyan koeffitsiyentlarini bel-
gilaydi. Pul-kredit vositasida boshqarishning samaradorligi, uning pul
miqdori o‗sish sur‘ati va tuzilmasiga, shuningdek, pulning qadrsizlanish
darajasiga ta‘siri majburiy zaxiralash tizimining moslashuvchanligiga
bog‗liq. Ko‗rib chiqilayotgan qonunning 28-moddasiga muvofiq
majburiy zaxiralar alohida hisob varaqda naqd pul yoki omonatlar tar-
zida deponentga olinadi. Zaxiralash tizimi tijorat banklariga likvidlik bi-
lan bog‗liq qisqa muddatli muammolarni hal etish imkonini beradi. Ay-
rim hollarda O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki qaroriga binoan
majburiy zaxiralarga foizlar qo‗shib qo‗yilishi ham mumkin. Tijorat
banklarining mablag‗larini zaxiralash talablariga amal qilish borasida
javobgarligini oshirish uchun qonunda moliyaviy sanksiyalar (53-
modda) ko‗zda tutilgan. O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga
to‗lanmay qolgan pulni qonunda belgilangan tartibda so‗zsiz undirib
olish, shuningdek, jarimalar solish huquqi berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |