Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
Download 5.53 Mb. Pdf ko'rish
|
bank ishi (2) (1) (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- O„zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklariga ta‟minotsiz kreditlarni berish
- O„zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklariga ta‟minotsiz kreditlarni berish tartibi to„g„risida”gi nizom bo„yicha
Tijorat banklariga kredit berish. Markaziy bank iqtisodiyotning
ustuvor tarmoqlarini bevosita kreditlamasada, u tijorat banklarining kredit zaxiralariga bozor usullari orqali samarali ta‘sir ko‗rsatish im- koniyatiga ega bo‗ladi. Buning uchun pul bozorining turli bo‗g‗inlarida O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki operatsiyalaridan, shu jumladan, valyuta interventsiyasidan, ikkilamchi bozorda davlat qim- matli qog‗ozlari bilan bo‗ladigan operatsiyalaridan, kredit kimoshdi sav- dolaridan foydalanadi. Markaziy bank o‗zi belgilagan shartlarga binoan oltin, chet el valyutasi, xalqaro zaxiralar toifasiga kiruvchi valyuta boy- liklari, davlatning qarz majburiyatlari va hukumat kafolatlagan boshqa qarz vositalari, Markaziy bankda depozitga o‗tkazilgan va uning depozitariysi uchun maqbul bo‗lgan, xarid qilinishi va sotilishiga ruxsat berilgan aktivlar, to‗lanishiga banklar kafolat bergan tijorat veksellarini garovga olgan holda tijorat banklariga uch oygacha bo‗lgan muddatda kredit berishi mumkin. Tijorat banklariga kredit berishning eng ko‗p tarqalgan bu turi banklarni qayta moliyaviy ta‘minlash deb yuritiladi va u «O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‗g‗risida»gi qonunning 30-moddasiga asosan amalga oshiriladi. O„zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklariga ta‟minotsiz kreditlarni berish O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2017-yil 17-iyundagi 13/1-son qaroriga 38 asosan tasdiqlangan ―O„zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklariga ta‟minotsiz kreditlarni berish tartibi to„g„risida”gi nizom bo„yicha amalga oshiriladi. Ushbu nizomga asosan ta‟minotsiz kredit — tijorat banklari lahzali likvidlilik koeffitsiyenti bo‗yicha Markaziy bank tomonidan belgilangan minimal talabdan past bo‗lgan yoki keyingi bank ish kunida past bo‗lishi kutilayotgan banklarga, ularning likvidligini qo‗llab-quvvatlash va to‗lovlarning uzluksizligini ta‘minlash maqsadida ajratiladigan - ta‘minot talab etilmaydigan kredit hisoblanadi. Bu jarayonda kredit munosabatlarining subyektlari sifatida Markaziy bank va tijorat banklari ishtirok etadi. Bunda Markaziy bank kreditor va Markaziy bankka ta‘minotsiz kredit olish yuzasidan murojaat qilgan bank - qarz oluvchi bank deb yurutiladi. Ta‘minotsiz kreditni olish masalasi Tijorat banki kengashi tomonidan ko‗rib chiqilishi lozim. Qarz oluvchi bank bank kengashini ta‘minotsiz kredit olish to‗g‗risida xabardor qilgandan so‗ng ta‘minotsiz kredit olish to‗g‗risida ariza bilan Markaziy bankka murojaat qiladi. Tijorat banki ta‘minotsiz kredit olish to‗g‗risidagi arizaga qo‗shimcha ravishda quyidagi hujjatlarni ilova qilishi lozim: lahzali likvidlilik koeffitsiyenti bo‗yicha Markaziy bank tomonidan belgilangan minimal talabdan past ekanligi yoki keyingi bank ish kunida past bo‗lishi kutilayotganligi to‗g‗risidagi ma‘lumot; moliyaviy ahvoli, shu jumladan, likvidlilik holatini yaxshilash bo‗yicha aniq chora-tadbirlar rejasi. Qarz oluvchi bank moliyaviy ahvolini, likvidlilik holatini yaxshilash bo‗yicha chora-tadbirlar rejasi quyidagilarni o‗z ichiga olishi lozim: a) kredit portfelini sog‗lomlashtirish, xususan, avval berilgan kreditlarni (aktivlarni) o‗z vaqtida to‗liq undirilishini ta‘minlash va muammoli kreditlar (aktivlar) qoldig‗ini keskin qisqartirish borasidagi tadbirlar; b) aktivlar va passivlarning muddatlari o‗rtasidagi nomutanosiblikni keskin qisqartirish borasida ko‗riladigan qat‘iy choralar; d) bankning moliyaviy faoliyati xususiyatidan kelib chiqqan holda boshqa zarur chora-tadbirlar. Markaziy bank tomonidan ta‘minotsiz kredit ajratilishi uchun qarz oluvchi bank quyidagi talablarga javob berishi lozim: 43 va jismoniy shaxslarga kreditlar beradi hamda boshqa qator xizmatlarni ko‗rsatadilar. Bank shunday korxonaki, unda xomashyo bo‗lib depozit va boshqa pul qo‗yilmalari hisoblansa, oxirgi tovar – bu berilgan ssudalar. Depozit va qo‗yilmalar jalb qilingan qarz pul mablag‗lari, berilgan ssudalar esa joylashtirilgan mablag‗lar hisoblanadi. Jismoniy shaxslar va turli mulkchilik shaklidagi korxona, tashkilotlardan pul mablag‗larini jalb qilish uchun banklar qarzga jalb qilingan mablag‗larning muddati va hajmiga qarab ularga ma‘lum summani foizlar shaklida to‗lash kerak. Bo‗lmasa, mablag‗ qo‗yuvchilar yoki boshqa bankni tanlaydilar yoki pul saqlashning boshqa shakllariga o‗tadilar, masalan, oltin yoki valyuta sotib olish, boshqa moliyaviy vositachilar xizmatlaridan foydalanish v.b. Pul saqlash shaklini tanlashda mablag‗ qo‗yuvchini ikkita muhim omil - moliyaviy vositachilarning ishonchli ekanligi va daromad olish darajasi (qarzga to‗lanadigan foizlar) ko‗proq qiziqtiradi. Boshqa tomondan, bank ssuda berganda uning summasiga qarab foiz shaklida to‗lov undiradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat bankla- rining bozor munosabatlari subyektlari bilan aloqasi yanada kengayadi va chuqurlashadi. Bank bu holda barcha mablag‗lar harakatini boshqarib boradi. Bu ikki foiz stavkalari o‗rtasida farq - bank daromadining asosiy manbasi bo‗lib, iqtisodiy adabiyotlarda u ―marja‖ nomi bilan yuritiladi. Shunday qilib, marja – jalb qilingan mablag‗lar uchun to‗lanadigan va joylashtirilgan kreditlar bo‗yicha olinadigan foiz stavkalari o‗rtasidagi farqdir. Bankning asosiy faoliyati vositachilik bilan bog‗liq bo‗lib, pul mablag‗larni qarz beruvchidan qarz oluvchilarga o‗tkazish bilan bog‗liq bo‗lgan operatsiyalarni bajarishdan iborat. Banklar bilan bir qatorda pul mablag‗lari harakatini boshqa moliyaviy va kredit tashkilotlari, investitsion fondlar, sug‗urta kompaniyalari ham amalga oshiradilar. Biroq bankning moliyaviy risklarning subyekti sifatida yuqorida keltirilgan boshqa subyektlar faoliyatidan farq qiladigan ikkita o‗ziga Download 5.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling