Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


-§. Boshqa kredit tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish asoslari


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

5-§. Boshqa kredit tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish asoslari 
 
O‗zbekiston iqtisodiyoti, respublika hududida faoliyat olib 
borayotgan yuridik va jismoniy shaxslarga tijorat banklaridan tashqari 
boshqa kredit tashkilotlari tomonidan ham moliyaviy xizmatlar 
ko‗rsatish uchun huquqiy va me‘yoriy asoslar yaratilganBoshqa kredit 
tashkilotlari qatoriga bugungi kunda O‗zbekistonda faoliyat yuritayotgan 
mikrokredit tashkilotlari, lombardlarni kiritishimiz mumkin. Mazkur 
kredit tashkilotlarining faoliyati ―Mikrokredit tashkilotlari to‗g‗risida‖gi, 
―Mikromoliyalash to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston Respublikasi qonunlari, 
O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankining mikrokredit tashkilotlari 
va lombardlar faoliyatini tashkil qilish va yuritishga oid me‘yoriy 
hujjatlari bilan tartibga solinadi.
O‗zbekiston Respublikasida mikrokredit tashkilotlari faoliyati 
2006-yil 20-sentyabrdan kuchga kirgan ―Mikrokredit tashkilotlari 
to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston Respublikasi qonuni asosida olib boriladi.
Mazkur 
qonunning 
3-moddasida 
mikrokredit, 
mikroqarz, 
mikrolizing berish sohasida xizmatlar ko‗rsatish bo‗yicha faoliyatni 
amalga oshiruvchi va boshqa mikromoliyaviy xizmatlar ko‗rsatuvchi, 
O‗zbekiston Respublikasi hududida bank hisob varaqlarini belgilangan 
tartibda ochishga haqli bo‗lgan yuridik shaxs mikrokredit tashkilot deb 
yuritilishi belgilab qo‗yilgan. 
Mikrokredit tashkiloti o‗z faoliyatini amalga oshirishi uchun 
O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankining mikromoliyaviy 
xizmatlar ko‗rsatishga ruxsat beruvchi litsenziyasiga ega bo‗lishi va 
talab qilingan ustav fondini shakllantirishi lozim. Mikrokredit 
tashkilotlari ustav fondining eng kam miqdori 100 ming yevro 
ekvivalenti miqdorida belgilangan. 


54
Mikrokredit tashkiloti ustav fondining eng kam miqdori 
mikrokredit tashkiloti davlat ro‗yxatidan o‗tkazilgan sanada Markaziy 
bankning valyuta operatsiyalari bo‗yicha buxgalteriya hisobi, statistika 
va boshqa hisobotlarni yuritish uchun e‘lon qilingan yevro kursi 
bo‗yicha yuqorida belgilangan miqdordan kam bo‗lmasligi kerak. 
Ustav fondi ta‘sischilar tomonidan pul mablag‗laridan, shuningdek, 
ustav fondi miqdorining yigirma foizidan oshmaydigan boshqa mol-
mulkdan shakllantiriladi, bunda kredit, garovga olingan mablag‗lardan 
va boshqa jalb qilingan mablag‗lar foydalanishga yo‗l qo‗yilmaydi. 
Ustav fondining eng kam miqdori litsenziya olish uchun murojaat 
qilingan kunga qadar faqat pul mablag‗laridan shakllantirilgan bo‗lishi 
kerak. 
Mikrokredit 
tashkiloti 
litsenziya 
olish 
uchun 
ro‗yxatdan 
o‗tkazilganidan so‗ng bir oydan kechiktirmasdan O‗zbekiston 
Respublikasi Markaziy bankiga yoki uning hududiy boshqarmalariga 
litsenziya berish haqidagi ariza, mikrokredit tashkilotining ta‘sis 
hujjatlari, mikrokredit tashkiloti davlat ro‗yxatidan o‗tkazilganligi 
to‗g‗risidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi, mikrokredit 
tashkiloti boshqaruv organlarining tarkibi to‗g‗risidagi ma‘lumotlar, 
mikrokredit tashkilotining ustav fondi shakllanganligini tasdiqlovchi 
bank hujjatini taqdim etishi kerak. 
Shuningdek, mikrokredit tashkiloti joylashgan binodagi kassa 
xonalari texnik jihatdan mustahkamlanishi va qo‗riqlash – yong‗indan 
saqlash signalizatsiya vositalari bilan jihozlanishi va bu to‗g‗risida 
Markaziy bankning tegishli hududiy boshqarmasining xulosasi olinishi 
lozim. 
Markaziy bank tomonidan ariza va zarur hujjatlar kelib tushgan 
kundan boshlab o‗ttiz kun mobaynida ko‗rib chiqiladi. Litsenziya 
berilgan vaqtdan boshlab olti oy muddat ichida mikrokredit tashkiloti 
o‗z faoliyatini amalga oshirishga kirishishi lozim. 
O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki moliyaviy tizimning 
barqarorligini saqlash, qarz oluvchilar va kreditorlarning manfaatlari 
himoya qilinishini ta‘minlash maqsadida mikrokredit tashkilotlari ustav 
fondining eng kam miqdorini, moliyaviy va kassa operatsiyalari 
o‗tkazish, buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish qoidalarini, 
shuningdek, 
iqtisodiy 
me‘yorlarni 
belgilash, 
ko‗rsatilayotgan 
mikromoliyaviy xizmatlar uchun foizlarni hisoblash tartibini tasdiqlash, 
mikrokredit tashkilotlarining faoliyatini tekshirish va ularning 
faoliyatida aniqlangan mikrokredit tashkilotlari to‗g‗risidagi qonun 
59
hollarda Markaziy bank litsenziya berishni rad qilishi mumkin. Bu 
to‗g‗risida rad etishning sabablari aniq ko‗rsatilgan holda mijozga 
yozma ravishda raddiya xati yuboriladi. Ko‗rsatilgan kamchiliklarni 
bartaraf qilgandan keyin subyekt hujjatlarini takroran Markaziy bankka 
taqdim etishi mumkin. Hujjatlar 10 kun ichida qayta ko‗rib chiqilishi 
lozim. Litsenziya beruvchi organ litsenziya talablariga rioya qilinmagan, 
faoliyatida ko‗rsatilgan kamchiliklarni bartaraf qilmagan hollarda 
lombard faoliyatini to‗xtatib turish to‗g‗risida qaror qabul qiladi. 
Lombard faoliyatini to‗xtatib turish muddati olti oydan oshmasligi 
lozim. 
Lombard tashkiloti faoliyatini to‗xtatish to‗g‗risida ariza bilan 
murojaat qilganda, u bankrot bo‗lganda yoki tugatilganda, boshqa 
faoliyat yo‗nalishi bo‗yicha qayta tashkil etilganda, litsenziya talablariga 
doimiy va tizimli rioya qilmaganda, qonun talablarini buzgan hollarda 
litsenziyaning amal qilishi to‗xtatiladi. Shuningdek, sud talablariga 
asosan ham litsenziyaning amal qilishi to‗xtatilishi mumkin.
O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki lombardlar faoliyatini 
nazorat qilish, lombardlarning faoliyati, operatsiyalari to‗g‗risida 
ma‘lumot, hisobot olish, ular faoliyatini tekshirish, litsenziya talablariga 
rioya qilinmagan hollarda ularni ogohlantirish, ularga bajarilishi lozim 
bo‗lgan talablarni yuborish va ular bajarilishini talab qilish huquqiga 
ega. Bu faoliyat Markaziy bank tomonidan O‗zbekiston Respublikasi 
Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 14-mayda 2209-son bilan 
ro‗yxatdan o‗tgan ―O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 
mikrokredit tashkilotlari va lombardlar faoliyatini tekshirish tartibi 
to‗g‗risidagi nizom‖ga asosan amalga oshiriladi. Bugungi kunda 
respublikamizda 45 dan ortiq lombardlar faoliyat olib bormoqda. 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-noyabrdagi 
―2011-2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish 
va 
barqarorligini 
oshirish 
hamda 
yuqori 
xalqaro 
reyting 
ko‗rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‗nalishlari to‗g‗risidagi‖ PQ-
134-sonli qaroriga asosan mamlakatimizda moliya-bank tizimini isloh 
qilishni yanada chuqurlashtirish va barqarorligini oshirish, banklar va 
butun moliya-bank tizimi faoliyatiga yondashuvlarni hamda baholash 
tizimini tubdan o‗zgartirish, hamma tomonidan qabul qilingan xalqaro 
normalar, standartlar va baholash ko‗rsatkichlariga muvofiq bank 
faoliyatini tashkil etishning yanada yuqoriroq darajasiga chiqishni 
ta‘minlash bo‗yicha vazifalar belgilab olingan. Bu vazifalar quyidagi 
yo‗nalishlarni o‗zida mujassamlashtirgan. Bular: 


58
Adliya vazirligi tomonidan 2003-yil 10-dekabrda 1291-son bilan 
ro‗yxatdan ―Lombardlar faoliyatini litsenziyalash tartibi to‗g‗risida‖gi 
nizomga asosan tartibga solinadi.  
O‗zbekiston Respublikasida lombardlar ixtisoslashgan yuridik 
shaxs sifatida fuqarolardan o‗z ehtiyojida bo‗lgan ko‗char mulkini 
garovga olgan holda qisqa muddatli kreditlar berish faoliyatini amalga 
oshiradi. Lombardlar o‗z faoliyatini amalga oshirish uchun maxsus 
ruxsatnoma (litsenziya)ga ega bo‗lishi lozim. Lombardlar faoliyati 
O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan litsenziyalanadi. 
Yuridik shaxs litsenziya olgan kunidan boshlab lomard sifatida 
faoliyatini boshlaydi. Litsenziya olish uchun yuridik shaxs lombard 
sifatida o‗rnatilgan tartibda ro‗yxatdan o‗tishi, zarur bo‗lgan ustav 
fondining 
minimal 
miqdorini 
shakllantirishi 
lozim. 
Lombard 
tashkilotining ustav fondi muassislarining faqat pul mablag‗lari 
hisobidan shakllanadi. Ustav fondini kredit, garov mablag‗lari va boshqa 
jalb qilingan mablag‗lar hisobidan shakllantirishga ruxsat etilmaydi. 
Lombard 
tashkilotlari 
faoliyatiga 

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling