1. Tayyorgarlik bosqichi
Bu davrda bank muassislari o‗rtasida bank tashkil etishga
kelishiladi, tashabbus guruhi tuziladi, har bir muassisning ustav
kapitaliga qo‗shilgan ulush miqdori belgilab olinadi, bankning ta‘sis
hujjatlari majmuyi tayyorlanadi, bankning nomi aniqlanadi, ta‘sischilar
o‗rtasidagi kelishuvlar dastlabki shartnoma tarzida rasmiylashtiriladi,
uning asosida ta‘sis shartnomasi tuziladi. Aksiyadorlik tijorat
banklarining muassislari bank davlat ro‗yxatiga olinganiga qadar yuzaga
kelgan majburiyatlar yuzasidan birgalikda javobgar bo‗ladilar (FKning
43-moddasi, O‗zbekiston Respublikasi «Xo‗jalik jamiyatlari va
shirkatlari haqida»gi qonunning 3-moddasi).
―Banklar va bank faoliyati to‗risida‖gi qonunga asosan banklar,
qoida tariqasida, mulkchilikning har qanday shakli asosida aksiyadorlik
jamiyati tarzida tashkil etiladi.
Yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan, chet ellik yuridik va
jismoniy shaxslar bank muassislari bo‗lishi mumkin.
Har bir aksiyadorning ustav kapitalidagi ishtirokining eng ko‗p
ulushi qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Bank muassislari bank
aksiyadorlari tarkibidan u ro‗yxatga olingan kundan boshlab bir yil
mobaynida chiqib ketish huquqiga ega emaslar.
2. Bankni davlat ro„yxatidan o„tkazish bosqichi
Bu bosqichda bank ochish haqidagi ariza bilan O‗zbekiston
Respublikasi Markaziy bankiga murojaat qilinadi. Bunda arizaga
quyidagi hujjatlar ilova qilinishi lozim:
- yangi tashkil etilayotgan bankni ta‘sis etish bo‗yicha hujjat;
- muassislar tomonidan imzolangan va ularning muhrlari bilan
hamda notarial tartibda tasdiqlangan ta‘sis shartnomasi. Ta‘sis etuvchilar
jismoniy shaxs bo‗lganlarida ularning imzolari notarial tasdiqlanadi;
- aksiyadorlar yig‗ilishida tasdiqlangan va muassislar tomonidan
imzolangan bank ustavi (uch nusxada);
- bank tashkil etish haqidagi qaror, ustav kapitalining miqdori va
ustavni tasdiqlash, bank kengashi, taftish komissiyasi va boshqaruvini
saylash haqidagi qarorlarni o‗z ichiga olgan bank kengashi raisi tomoni-
dan tasdiqlangan ta‘sis yig‗ilishining bayonnomasi.
Qayd etib o‗tilgan hujjatlarning loyihalari Markaziy bankning
banklarni litsenziyalash departamenti tomondan ko‗rib chiqiladi va
mazkur departament hujjatlarni ma‘qullaganidan keyingina ular imzola-
nadi va tasdiqlanadi.
78
Do'stlaringiz bilan baham: |