Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
Download 5.53 Mb. Pdf ko'rish
|
bank ishi (2) (1) (1)
XXI BOB. TIJORAT BANKLARINING TO„LOVGA LAYOQATLILIGI VA LIKVIDLILIGI 1-§. Tijorat banklarining likvidliligi va to„lovga layoqatliligi haqida tushuncha Tijorat bankining likvidligi - bu bankning barcha mijozlari va boshqa subyektlar oldidagi qarz va majburiyatlarini to‗liq va o‗z vaqtida to‗lay olishidir. Bank likvidligi bank o‗z kapitalining yetarliligi, uning optimal joylashtirilganligi va balansning aktiv va passiv qismlaridagi mablag‗larning vaqt oralig‗ida muvofiq kelishi bilan aniqlanadi. Tijorat bankining likvidligi uning faoliyati asosini tashkil qiluvchi uch asosiy qism - bank kapitali, jalb qilingan mablag‗lar va joylashtirilgan mablag‗lar o‗rtasidagi doimiy subyektiv mutanosiblikni saqlashdan iboratdir. Bu mutanosiblik esa yuqoridagilarning tarkibiy elementlarini operativ boshqarish yo‗li bilan amalga oshiriladi. Tijorat banklarining moliyaviy holatiga baho berishda ularning foydaliligi, likvidligi va to‗lovga qobiliyatligiga e‘tibor qaratiladi. Aynan shu omillar bankning moliyaviy ahvoli qay darajada ekanligini belgilaydi. Banklarning likvidligi va to‗lovga qobiliyatligi nafaqat bitta bank yoki bank tizimining barqarorligini, balki butun bir iqtisodiyotning muvozanatini ta‘minlaydi. Bank tizimida, eng avvalo, banklarning likvidligi va to‗lovga qobiliyatligi ko‗rib chiqiladi, chunki foydalilik faqatgina bankning o‗z manfaatini ifodalasa, likvidlik va to‗lovga qobiliyatlilik kengroq, ya‘ni jamiyatning ko‗pchilik qatlami, bank mijozlari manfaatlarini ko‗zlaydi. Bank likvidligi uning omonatchilar va kreditorlar oldidagi majburiyatlarini o‗z vaqtida to‗la-to‗kis bajara olish qobiliyatidir. "Likvidlik" atamasi lotincha ―Liquidus‖ - oquvchan, suyuqlik ma‘nosini anglatadi. Shularni hisobga olgan holda jahon banki nazariyasi va amaliyotida likvidlikka „zaxira‖ yoki «oqim» deb qaraladi. Likvidlik zaxira shaklida tijorat bankining mijozlari oldidagi o‗z majburiyatlarini belgilangan vaqt mobaynida aktivlar tarkibini ularning hali ishlatilmagan zaxiralariga aylantirish yo‗li bilan qoplashni ko‗zda tutadi. Likvidlik tijorat banki faoliyatida ma‘lum vaqt mobaynida yuzaga kelgan noqulaylikning oldini olish, aktiv va passivlarning mos 567 sohasi obyektlarini (uy-joy-kommunal xo‗jaliklari, o‗quv markazlari, bolalar maktabgacha tarbiya muassasalari, tibbiy, sog‗lomlashtirish va boshqa muassasalar) saqlash, jumladan, shunday obyektlarni barcha turlarda ta‘mirlashga qilinadigan, lekin ulardan foydalanish orqali olingan daromadlar (xonadon haqi, ota-onalar tomonidan bolalar bog‗chasiga to‗lanadigan badallar, yo‗llanmalar to‗lovlari v.b.) bilan qoplaydigan xarajatlar, shuningdek, yuqorida aytilgan obyektlardan ijara shartlarida foydalanganlik hollarida shu obyektlar bo‗yicha to‗lanadigan ijara haqi kabi xarajatlar bankning foizsiz xarajatlariga kiradi. Banklar o‗z xodimlari sog‗lig‗ini saqlash va ular dam olishini tashkil etish tadbirlari (davolanish va dam olish uchun yo‗llanmalar, ekskursiya va sayohatlar yo‗llanmalari, sport bilan shug‗ullanish, madaniy va sport tomosha tadbirlariga borish uchun haq, dam olish xonalarini tashkil etish va saqlash bilan bog‗liq va boshqa xarajatlar) uchun xarajatlarni amalga oshiradi. Tijorat banklarining xarajatlarini tarkibiy jihatdan chuqurroq ko‗rib chiqishimiz mumkin. Jadval ma‘lumotlari shuni ko‗rsatadiki, bankning foizli xarajatlari ichida asosiy o‗rinni banklararo kreditlar uchun foizlari egallaydi. Foizsiz xarajatlar ichida asosiy o‗rinni ish haqi xarajatlari, soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlar egallaydi. Bozor munosabatlari sharoitida tijorat banklari moliyaviy natijalarini yakuniy holati foyda yoki zarar bilan tugallanadi. Bank muassasalarining moliyaviy natijalari yakunida asosiy ko‗rsatkich foyda hisoblanadi. Bank muassasalarining asosiy ish prinsipi kamroq xarajat qilib, ko‗proq daromad olishch hamda moliyaviy natijalar yakunida maksimal foyda olish hisoblanadi. Bank tizimini erkinlashtirish munosabati bilan banklar davlat tasarrufidan chiqarilishi sababli xarajatlarni minimallashtirishga qaratilishini taqozo etmoqda. Bank faoliyati natijasini tahlil qilishda olingan barcha daromadlardan qilingan xarajatlar chegirib tashlash orqali oxirgi natija-foyda yoki zarar aniqlanadi. Bank faoliyati asosan 2 ta asosiy moliyaviy hisobotlar, ya‘ni buxgalteriya balansi hamda foyda va zararlar to‗g‗risidagi moliyaviy hisobotlarni tahlil qilish orqali yakunlanadi. 568 Moliyaviy natijalarda bank xarajatlarining salmog‗ini jadval ko‗rinishida tahlil etsak maqsadga muvofiq bo‗ladi. 66-jadval Download 5.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling