Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
O„z bilimini tekshirish bo„yicha savollar
Download 5.53 Mb. Pdf ko'rish
|
bank ishi (2) (1) (1)
O„z bilimini tekshirish bo„yicha savollar - Bank daromadlari nima va u qanday tashkil topadi? - Bank xarajatlari nima va u qanday tashkil topadi? - Bank foydasi nima va u qanday tashkil topadi? - Bank sof foydasi nima va u qanday tashkil topadi? - Foizli xarajatlar va ularning tarkibini tushuntiring. - Foizsiz xarajatlar va ularning tarkibini tushuntiring. - Foizli daromadlar va ularning tarkibini tushuntiring. - Foizsiz daromadlar va ularning tarkibini tushuntiring. - Bank xarajatlarini kamaytirishning omillarini sanang. - Bank daromadlarini ko‗paytirishning yo‗llarini tavsiya qiling. - Bank foydasi (sof foydasi)ni ko‗paytirishning qanday yo‗llari mavjud? 592 XXII BOB. TIJORAT BANKLARI RISKLARI VA ULARNI BOSHQARISH USULLARI 1-§. Bank riski tushunchasi va uning turlari Mamlakaitmizda ijtimoiy yo‗naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish jarayonlari tijorat banklarining barqaror faoliyat yuritishi bilan chambarchas bog‗liq. Chunki tijorat banklari bozor infratuzilmasining muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Ularning barqarorligi davlat ahamiyatiga egadir. Markazlashgan iqtisodiyot sharoitida barcha xo‗jalik subyektlar faoliyati rejalashtirilgan bo‗lib, asosiy maqsad rejani bajarishga qaratilgan, rejaning bajarilmagan qismi zarur hollarda yuqori tashkilot yoki budjet mablag‗lari hisobidan qoplab berilgan. Shuning uchun bu davrda risk degan tushuncha bo‗lmagan. Bozor munosabatlarini tashkil qilish va olib borish butunlay boshqa tamoyillarga tayanadi. U tezkor taraqqiyot va rivojlanish, turli o‗zgarishlar, raqobat, innovatsiya, islohotlar va boshqalarga asoslanadi. Bunday jarayonlar bozor munosabatlari sharoitida faoliyat ko‗rsatayotgan har bir subyektning ishiga ta‘sir qiladi. Bu, ayniqsa, tijorat banklari faoliyatida yaqqol namoyon bo‗ladi. Chunki tijorat banklari faoliyatining o‗zi riskli bo‗lganligi uchun bozor munosabatida yuzaga keladigan islohotlar, o‗zgarishlar, tebranishlar, inqirozlar va boshqa holatlarni birinchi bo‗lib banklar seza boshlaydi. Zamonaviy bank tizimini risksiz tassavur qilib bo‗lmaydi. Bankning risksiz operatsiyasi yo‗q, uning barcha operatsiyalari risk bilan bog‗liq bo‗lib, ularning darajasi operatsiya turiga qarab har xil bo‗lishi mumkin. Binobarin, bank amaliyotida riskni umuman yo‗q qilib bo‗lmasada, uni oldindan ko‗ra bilish va kamaytirish choralarini ko‗rish lozim. Har qanday iqtisodiy faoliyat foyda olishga qaratilganidek, tijorat banklari faoliyatidan ham ko‗zlangan natija – yuqori foyda olishdan iborat. Foydaga erishish jarayoni esa doimo risk bilan bog‗liq bo‗ladi. Shu tufayli tijorat banklari oldida turgan birinchi masala - bu risk va foydalilik o‗rtasidagi optimal darajaga erishishdir. Bu, o‗z navabatida, bank risklarini aniqlash, o‗rganish va samarali brshqarishni talab qiladi. Bank faoliyatining risklilik darajasi boshqa xo‗jalik subyektlari uchraydigan risklardan bir necha barobar yuqori. Tijorat bankining 577 depozitlarning barqaror emasligi; inflyatsiyaning o‗sishi va bu orqali tartibga soluvchi talablar, jumladan, yuqori majburiy zaxiralar talabi ta‘siri ostida bo‗lgan foiz marjasining pastligi; daromad keltiruvchi aktivlarning noqulay strukturasi, jumladan, kam daromad keltiruvchi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar, foizsiz ssudalar salmog‗ining yuqoriligi va to‗lovli passivlar. Masalan, resurslar tarkibida bahosi yuqoriroq bo‗lgan kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar salmog‗ining yuqoriligi; foizsiz daromadlar va foizsiz xarajatlarning salbiy nisbati; ma‘muriy-xo‗jalik xarajatlarining maqsadga muvofiq bo‗lmagan yuqori darajasi; kredit portfelida muddati o‗tgan kreditlar salmog‗ining yuqoriligi va berilgan kreditlarning foydalanish hamda qaytarilish muddatlarini uzaytirish bilan bog‗liq yo‗qotishlar; qimmatli qog‗ozlar qiymatining tushishi; soliqlar darajasining yuqoriligi; muvozanatlashtirilmagan foiz siyosati; hajmi va miqdori jihatidan o‗z kapitali miqdorini chegaralovchi asoslanmagan yuqori darajada xatarli bo‗lgan bank faoliyatini yuritish. Download 5.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling