Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
Tijorat banklari xarajatlarining taqsimlanishi yoki
Download 5.53 Mb. Pdf ko'rish
|
bank ishi (2) (1) (1)
Tijorat banklari xarajatlarining taqsimlanishi yoki
xarajatlari tarkibi 20012-y. 2013-y. 2014-y. I. Foizli xarajatlar jami 100 100 100 Depozitlar uchun foizlar 8,9 8,1 13,4 Banklararo kreditlar uchun foizlar 89,4 94,8 86,6 Qimmatli qog‗ozlarga to‗langan foizlar 0 0 0 Boshqa foizli xarajatlar 1,7 0,1 0 II. Foizsiz xarajatlar 100 100 100 Komission xarajatlar 11,2 10,8 11,2 Xorijiy valyuta operatsiyalaridan ko‗rilgan zarar 0 0 0 Qimmatli qog‗ozlardan ko‗rilgan zarar 0 0 0 Ish haqi xarajatlari 22,4 21,3 24,5 Amortizatsiya xarajatlari 6,5 6,5 7,6 Soliqlar va boshqa majburiy xa- rajatlar 21,1 19,2 19,9 Boshqa foizsiz xarajatlar 29,9 37,2 30,7 Bankni boshqarish tizimida marketing va shunga o‗xshash funktsional xizmatlarni amalga oshirish uchun banklar tomonidan amalga oshirilgan xarajatlari bankning foizsiz xarajatlarida o‗z ifodasini topadi. Axborot, kantselyariya xarajatlari, maxsus adabiyotlar, gazeta va jurnallarga obuna bo‗lish xarajatlari, tijorat banki noishlab chiqarish 571 moddalarini muvofiqlashtirish, qo‗shimcha qarz mablag‗larini jalb qilish, bank daromadlarini o‗stirish yo‗li bilan bank moliyaviy barqarorligini saqlash yo‗llarini ta‘minlashga qaratiladi. Shunday qilib, har bir tijorat banki o‗z likvidliligini saqlash uchun harakat qilishi lozim. Bu bank faoliyatini tahlil qilish, prognoz qilish va ustav kapitali, maxsus fondlar va zaxiralar, jalb qilingan mablag‗lar, aktiv - kredit operatsiyalarini amalga oshirishni tashkil qilishda ilmiy asoslangan kredit siyosat olib borish yo‗li bilan amalga oshiriladi. O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 1998-yil 2- noyabrdagi 421-sonli ―Tijorat banklari likvidligini boshqarishga bo‗lgan talablar to‗g‗risida‖gi nizomida likvidlikka bank majburiyatlarini bajarish va aktivlar o‗sishini moliyalash bilan birgalikda depozitlar va qarz mablag‗lari darajasining pasayishini samarali boshqarish deb ta‘rif berilgan. Iqtisodiy adabiyotlarda to‗lovga layoqatlilik likvidlikka nisbatan keng, ba‘zi adabiyotlarda esa tor kategoriya sifatida qaraladi. Keng kategoriya sifatida o‗rganilganda to‗lovga layoqatlilik ichki va tashqi omillar doirasida ko‗rib chiqiladi, likvidlik esa faqat ichki omillar doirasida qaraladi. Ba‘zi qarashlarga ko‗ra, likvidlik bankning dinamik holatini belgilaydi, to‗lovga layoqatlilik esa ma‘lum bir sanaga to‗g‗ri keluvchi holatini, ya‘ni majburiyatlarini qoplay va to‗lay olish qobiliyatini bildiradi. Umuman, to‗lovga layoqatlilik bankning zarur muddatlarda qarz va majburiyatlarini to‗lay olish layoqatini bildiradi. Shuni ta‘kidlash lozimki, likvidligi bo‗lmagan bank to‗lovga layoqatli bo‗la olmaydi. Amalda aynan likvidlik darajasi to‗lovga layoqatsizlikning asosiy sababi bo‗lib, banklarning bankrot bo‗lishiga va bank tizimining beqarorligiga olib kelishi mumkin. Tijorat banklarining likvidliligi uning balans tuzilmasi bo‗yicha belgilanib, unda aktivlar passivga doir muddatli majburiyatlarni qoplash uchun o‗z qiymatini tushirmagan holda yo‗qotishlarsiz pul mablag‗lariga aylantirilishi lozim. To‗lovga layoqatsizlik esa faqat balans likvidliligiga bog‗liq bo‗lib qolmasdan, balki boshqa bir qator omillarga ham bog‗liqdir. Bazel qo‗mitasi tashabbusi bilan yuzaga kelgan Bazel bitimi bank likvidligi bo‗yicha umumiy qoidalarni belgilab berdi. Ushbu bitimga muvofiq, likvidlikni tahlil qilish banklarning o‗z majburiyatlarini muddatidan va zarar ko‗rmagan holda bajarish layoqatligini aniqlash zaruratini ko‗zda tutadi. Banklarning likvidligi hamda to‗lovga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling