Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet320/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

Mablag„lar manbasi 
Mablag„larni joylashtirish 
38-rasm. Umumiy fond mablag„lari modeli yordamida aktivlar-
ni boshqarish 
 
 
39-rasm. Aktivlarni taqsimlash modeli yordamida aktivlarni 
boshqarish 
 
Bu metod orqali mablag‗lar manbalarini majburiy zaxiralar va 
ularning aylanish tezligi normalariga mos chegaralashga harakat qi-
Mablag„lar manbasi («lik-
vidlilik-daromadlilik markazla-
ri») 
«Likvidlilik-daromadlilik 
markazlari» orqali mablag„larni 
joylashtirish 
Talab qilinguncha 
qo‗yilmalar 
Jamg‗arma 
qo‗yilmalar 
Muddatli 
qo‗yilmalar 
Aksionerlik 
kapitali va 
rezervlar 
Umumiy fond 
mablag„lari 
Imorat va uskunalar 
Boshqa qimmatli 
qog‗ozlfr 
Ssudalar 
Ikkinchi darajali 
rezervlar 
Birinchi darajali 
rezervlar 
Talab qilinguncha qo‗yilmalar 
Jamg‗arma qo‗yilmalar 
Muddatli qo‗yilmalar 
Aksionerlik kapitali va rezervlar 
Imorat va uskunalar 
Boshqa qimmatli qog‗ozlar 
Ssudalar 
Ikkinchi darajali rezervlar 
Birinchi darajali rezervlar 


588
bo‗lgan metod – bu umumiy fond mablag‗lari metodidir (rool-of-funds 
approach). Bu metodni ko‗pgina banklar mablag‗lar ko‗p bo‗lgan davrda 
qo‗llaydilar. Tijorat bank boshqaruvchisi joylashtirilishi uchun javobgar 
bo‗lgan mablag‗lar turli manbalardan: talab qilib olinguncha 
qo‗yilmalar, jamg‗arma, muddatli qo‗yilmalar, shuningdek, bank o‗z 
kapitalidan kelib tushadi. Ko‗rib chiqilayotgan metod asosida bu 
resurslarni birlashtirish g‗oyasi yotadi. So‗ngra mablag‗lar to‗plami mos 
hisoblangan aktivlar turlari (ssudalar, davlat qimmatli qog‗ozlari, 
kassadagi naqd pul va h.k.) o‗rtasida taqsimlanadi. Umumiy fond 
mablag‗lari metodida ma‘lum aktiv operatsiyani amalga oshirishda, 
agarda ularning joylashtirilishi bank o‗z oldiga qo‗ygan maqsadlarga 
erishishga yordam bersa mablag‗lar qaysi manbadan kelib tushganligi 
ahamiyat kasb etmaydi. Bu metod sxematik ravishda 1-rasmda 
ko‗rsatilgan. Bu metod bank boshqaruvidan likvidlilik va daromadlilik 
prinsiplarini teng amal qilishini talab etadi. Shuning uchun mablag‗lar 
shu prinsipga mos keladigan aktiv operatsiyalar turlariga joylashtiriladi. 
Mablag‗larni joylashtirish orqali operativ bo‗lim boshliqlariga likvidlilik 
va daromadlilik nisbatlari muammolarini hal etishga ko‗mak beruvchi 
ma‘lum prioritetlar asosida amalga oshiriladi. Bu prioritetlar bank 
ixtiyoridagi mablag‗ning qaysi qismi daromad keltirish uchun birinchi 
yoki ikkinchi galdagi zaxiralarga joylashtirilish, ssuda yoki qimmatli 
qog‗ozlar sotib olishga ishlatilishini ko‗rsatib beradi. Mablag‗larni yer 
uchastkalariga, imorat va ko‗chmas mulkka investitsiyalash odatda 
alohida ko‗rib chiqiladi.
Ikkinchi metodning vujudga kelishi – aktivlarni taqsimlash yoki 
mablag‗larni konversiyalash (asset allocation or consersion of funds ap-
proach) – birinchi metod ba‘zi kamchiliklarni bartaraf etish bilan 
bog‗liq. Yuqorida ko‗rsatib o‗tilganidek, umumiy fond mablag‗lari 
pozitsiyasidan mablag‗larni joylashtirishda haddan ziyod diqqat likvid-
likka berilib, talab qilinguncha qo‗yilmalar va asosiy kapital bo‗yicha 
likvidlikka bo‗lgan talab hisobga olinmaydi. Ko‗pgina mutaxassislar 
fikrlari bo‗yicha, bu kamchilik Amerika tijorat banklarining foyda nor-
masi qisqarishining o‗sib borishiga sabab bo‗ldi.
Bu vaqt ichida talab qilinguncha qo‗yilmalarga nisbatan kamroq 
likvidlilikni talab etuvchi muddatli va jamg‗arma qo‗yilmalar yuqori 
templar bilan o‗sib bordi. Aktivlarni taqsimlash metodi umumiy fond 
mablag‗lari metodi kamchiligini yengish imkonini berdi. Bu metod 
bankka zarur bo‗lgan likvid mablag‗lar miqdori fondlarni jalb qilish 
581
Likvidlik holatini boshqarishda 2 ta yo‗nalishni ajratishimiz 
mumkin: 
Birinchisi, zaxiralarni doimiy nazorat qilish siyosati. Bu shuni 
anglatadiki, bankda daromad keltirmaydigan aktivlarni oshishiga yo‗l 
qo‗ymaslik kerak. 
Ikkinchisi, zaxiralarni bir darajada saqlab turishni qo‗llab-
quvvatlash siyosati, ya‘ni majburiy zaxira normalari, jalb qilingan 
depozitlarga zaxiralar va h.k. 
Likvid mablag‗larga bo‗lgan talabni rejalashtirishda naqd pullarni 
boshqarish, ya‘ni mijozlarning talabini qondirish maqsadida majburiy 
zaxiralarni bir maromda saqlash lozimdir. Shularni inobatga olgan holda 
bank kassasidagi pullar kun davomida, ya‘ni pul tushum va chiqim 
bitimlarini amalga oshirish natijasida o‗zgarib boradi.
Bank amaliyoti shuni ko‗rsatadiki, likvidlilikning yetarli darajasini 
ta‘minlanmasligi bank faoliyatidagi jiddiy kamchiliklarni keltirib 
chiqaradi. Bunday holatning yuzaga kelishi odatda bankdagi 
depozitlarning yo‗qotilishiga, bu esa naqd pul mablag‗larining 
kamayishiga va bank aktivlaridaga o‗ta likvid qimmatli qog‗ozlarning 
sotilishiga sabab bo‗ladi. Bank likvidliligini boshqa banklardan olingan 
kreditlar hisobiga ham qondirish mumkin. Ammo boshqa banklar yuqori 
foiz stavkada kreditlar taqdim etadi yoki berilayotgan kreditlarga 
qo‗shimcha ta‘minot qo‗yishni talab etishadi. Bu esa bank oladigan 
daromadning kamayishiga olib keladi. 
Banklarning likvidlilik muammosini hal qilish uchun likvidlilikni 
boshqarishning bir qancha strategiyalari mavjuddir. 
Bular: 
1. Aktivlar hisobiga likvidlilikni ta‘minlash strategiyasi (aktivlarni 
boshqarish orqali likvidlilikni boshqarish). Bu strategiyaga muvofiq 
bank aktivlarni tez sotiladigan qimmatli qog‗ozlarga joylashtirishni 
nazarda tutadi. Agar likvid mablag‗larga talab yuzaga keladigan bo‗lsa, 
bank naqd pullarga bo‗lgan talabni qondirguncha o‗z aktivlarini sotadi. 
Odatda likvidlilikni boshqarishning ushbu strategiyasi aktivlarning 
transformatsiyasi deb ataladi, chunki pul ko‗rinishida bo‗lmagan aktivlar 
naqd pulga aylanishi hisobiga likvid mablag‗lar yuzaga keladi. 
Likvid aktivlar uchta xususiyatga ega bo‗lishi lozim: 
-tez pulga aylanishi uchun o‗z bozoriga ega bo‗lishi; 
-bozorlarda barqaror bahoga ega bo‗lishi ; 
-sotuvchi minimal risk orqali birlamchi investitsiyani qoplay olish 
imkoniyatining bo‗lishi lozim. 


582
Aktivlarni boshqarish orqali likvidlilikni boshqarish strategiyasi 
odatda mayda banklar faoliyatida qo‗llaniladi, chunki ushbu likvidlilikni 
boshqarish 
metodi 
qarz 
likvid 
mablag‗lari 
orqali 
aktivlarni 
transformatsiyalash strategiyasi likvidlilikni boshqarishning arzon yo‗li 
hisoblanmaydi. Aktivlarning sotilishi bankning kelgusi daromadlarining 
yo‗qolishiga sabab bo‗ladi. Shuningdek, ko‗p aktivlarning sotilishi 
qimmatli qog‗ozlar bilan bo‗ladigan operatsiyalarda brokerlarga 
to‗lanadigan komission xarajatlar bilan bog‗liqdir. Bundan tashqari, 
naqd pul mablag‗lariga ega bo‗lish maqsadida aktivlarning sotilishi bank 
balansining yomonlashuviga olib keladi, ammo bu aktivlar (misol uchun 
davlat qisqa muddatli obligatsiyalari)ning mavjud bo‗lishi bankning 
moliyaviy faoliyati barqarorligidan dalolat beradi. Aktivlarning sotilishi 
lozim bo‗lgan paytda bozorda qimmatli qog‗ozlarning bahosi 
tushayotgan davrga to‗g‗ri kelishi bank kapitalining yo‗qolishiga sabab 
bo‗lishi mumkin. Bank boshqaruvchilari kelgusi davr daromadlarini 
muqobil qiymatini minimallashtirish uchun, birinchi navbatda, minimal 
foyda potentsialiga ega bo‗lgan aktivlar sotilishini ta‘minlab berishi 
kerak. Xullas, likvid aktivlarning salmog‗i oshib borgan sari bank 
daromadlarining qisqarishiga olib keladi. 
2. Pul mablag‗lariga talabni qondirish uchun likvid qarz 
mablag‗laridan foydalanish strategiyasi (passivlarni boshqarish). 
Ko‗pgina yirik banklar likvid mablag‗larning manbasi sifatida ko‗proq 
pul bozoridagi qarz mablag‗laridan foydalanishadi. Odatda bu 
strategiyani passivlarni boshqarish deb ataladi. Bunda tijorat banklari 
o‗zlarining likvid mablag‗larga bo‗lgan talablarini yirik miqdordagi 
depozit sertifikatlarini va boshqa banklardan olingan kredit mablag‗lari 
orqali ta‘minlashadi. Passivlarni boshqarish strategiyasi orqali ma‘lum 
bir muddat uchun qarz mablag‗lari hisobiga likvidlilik ta‘minlanadi. Bu 
strategiyani yirik banklar amalga oshirishining asosiy sababi shundaki, 
banklarning o‗z mablag‗lariga nisbatan majburiyatlarining ortishi va 
bank balansida tez pulga aylana oladigan aktivlarning yetarli darajada 
bo‗lmasligi, bankning to‗lovga layoqatsiz bo‗lish riski yuzaga kelishi 
mumkin hamda bank likvid mablag‗larga bo‗lgan talabini qondira olmay 
qolishi mumkin. 
3. Aktiv va passivlarni boshqarish qarz likvid mablag‗larini 
boshqarish strategiyasining riskligini va aktivlarda likvid mablag‗larning 
yuqori 
bahosini 
hisobga 
olgan 
holda, 
banklar 
likvidlilikni 
boshqarishning 
aktiv 
va 
passivlarini 
boshqarish 
strategiyasini 
tanlaydilar. Bu strategiyaga muvofiq likvid mablag‗larga kutilayotgan 
587
taqsimlashdir. Mablag‗larni joylashtirishda asosiy diqqat qimmatli 
qog‗ozlarga, investitsiyalar va ssuda operatsiyalariga qaratiladi. 
Mablag‗larning aniq yechimida shunday aktivlarni «sotib olish» kerakki, 
u bankka eng ko‗p daromad olib kelsin. Biroq tijorat banklarida 
fondlarni boshqarish qator omillar orqali qiyinlashmoqda.
Bank tomonidan jalb qilingan mablag‗larning ko‗pchilik qismi 
mijozlarning birinchi talabi bilan to‗lanishi kerak yoki ogohlantirish 
muddati juda qisqa bo‗ladi. Shuning uchun bankni oqilona boshqarish-
ning birinchi darajali shartlaridan biri bu jamg‗armachilar talablarini 
qondirish xususiyatini ta‘minlash hisoblanadi. Ikkinchi shart – bank 
mijozlarining kreditga bo‗lgan talabini qondira oladigan yetarli 
mablag‗larga ega bo‗lish. Bunday kredit bera olish bank tijorat 
faoliyatining asosiy turidir. Mijozlarning kreditga bo‗lgan talablarini 
qondira olmaslik bank tomonidan foydali operatsiyalarni yo‗qotishiga, 
pirovardida esa sinish ehtimoliga olib keladi. 
Banklarning mamlakatning asosiy pul massasini yetkazib beruvchi 
sifatidagi roli ularga jamiyat oldida katta mas‘uliyat yuklaydi. 
Jamiyatning bank sistemasining to‗lovga layoqatliligi, likvidliligi va 
barqarorligi to‗g‗risida ishonchsizlikka sababi bo‗lmasligi kerak, 
jamg‗armachilar esa istalgan bank ishonchli ekanligiga imoni komil 
bo‗lishi kerak. Bank jamg‗armachilari va uning aksiya ushlovchilari 
maqsadlarini bir-biriga taqqoslab bo‗lmaydi. Shuning uchun bank o‗z 
mablag‗larini joylashtirayotganida hal etadigan asosiy masalalardan biri 
bu likvidlilik va foydalilik o‗rtasidagi munosabatdir. Bir tomondan bank 
boshqaruv mablag‗larni qimmatli qog‗ozlarga joylashtirish orqali yuqori 
daromad olishga ko‗z tutayotgan aksiyadorlarning bosimini his etsa, 
ikkinchi tomondan bank boshqaruvi bunday faoliyat bank likvidliligini 
sezilarli darajada yomonlashtirishini, bu esa jamg‗armachilarga o‗z 
mablag‗larini ololmasligini va eski mijozlarning kreditga bo‗lgan 
talabini qondira ololmasligini aniq biladi. 
Bank mablag‗larini turli aktivlarga joylashtirish yuqori likvidlilik 
darajasini ushlab turish va ma‘lum yuqori daromad olish ehtiyojini 
belgilab beruvchi mavjud qonun va tartibga soluvchi aktlardan kelib 
chiqadi. «Likvidlik - daromadlilik» dillemmasini yechishga urinishlari 
aktivlarni boshqarishda 3 usulni keltirib chiqardi. Bu metodlardan 
birortasini ham yetuk deb hisoblab bo‗lmaydi, chunki ularning har 
birining diqqatga sazovor va kamchilik tomonlari mavjud. Bir metodda 
alohida tijorat bankining aniq muammolarini yechish uchun qo‗llash 
mumkin bo‗lgan elementlar mavjud. Qo‗llanish nuqtayi-nazaridan sodda 


586
Ta‘minot sifatida DQMOlaridan foydalanilgan holda garov 
qiymatini, joriy diskont asosida aniqlash to‗g‗riroq bo‗ladi. Kuponli 
qimmatli qog‗ozlar qiymati ularning bozor narxi hamda hisoblangan 
foizlar miqdorida aniqlanadi. 
Hozirgi 
vaqtda 
garov 
turi 
bo‗yicha 
ma‘lum cheklovlar 
o‗rnatilmagan bo‗lsada, banklar bozorda kotirovka qilinmaydigan 
qimmatli qog‗ozlar va asosiy vositalar kabi garovning nolikvid 
shakllarini qo‗llashda o‗zlarining zimmalaridagi xatarni anglashlari 
lozim. Qimmatli qog‗ozlar bozori rivojlanishining cheklanganligi va 
likvidligi korxonalar aksiyalarini garov sifatida qo‗llanilishiga imkon 
bermaydi. Shu tufayli, davlat qimmatli qog‗ozlardan tashqari boshqa 
qimmatli qog‗ozlar garovi asosida berilgan kredit «ta‘minlangan‖ bitim 
deb hisoblanmaydi. 

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling