Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
Daromad keltiruvchi aktivlarga quyidagilar kiradi
Download 5.53 Mb. Pdf ko'rish
|
bank ishi (2) (1) (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tijorat bankining faoliyat natijalari (ming so„m) Manbalar 01.01.2014-y. 01.01.2015-y.
Daromad keltiruvchi aktivlarga quyidagilar kiradi:
a) barcha berilgan kreditlar, jumladan, banklararo kreditlar; b) o‗z investitsiyalari; d) xazina veksellari; e) davlat obligatsiyalari; g) qimmatli qog‗ozlar. Daromad keltirmaydigan aktivlarga esa: a) pul aktivlari guruhi; b) asosiy vositalar; d) kapital xarajatlar; e) barcha moddiy aktivlar va boshqa aktivlar; g) nomoddiy aktivlar. Tijorat banklari faoliyatini tahlil qilishda bir marta bo‗ladigan daromadlarni alohida hisobga olish lozim. Bunday daromadlar neytral daromadlar deb atalib, ularga quyidagilar kiradi: bir martalik tushumlar; o‗tgan davrdagi foizlar bo‗yicha tushumlar. 64-jadval Tijorat bankining faoliyat natijalari (ming so„m) Manbalar 01.01.2014-y. 01.01.2015-y. Daromadlar: Berilgan kreditlar bo‗yicha foiz to‗lovlar 106051 90408 Qimmatli qog‗ozlar va valyuta operatsiyalaridan olingan daromadlar 3197 31879 Ko‗rsatilayotgan xizmatlar uchun komission to‗lovlar 14365 144708 Boshqalar 32256 42478 Jami daromadlar 155869 309473 Xarajatlar 128062 205192 Foyda 27807 104281 575 o‗z vaqtida bajara olishini ta‘minlovchi qobiliyatini tiklash imkoniyatini beradi. Bank likvidligi ko‗proq bank balansining likvidligi bilan belgilanadi va uning mazmuni, mohiyati aktiv va passiv operatsiyalarning muddati bo‗yicha mos kelishidan iborat. Bank balansining likvidligi ssuda va fond operatsiyalariga yo‗naltirilgan mablag‗larning xatarlilik darajasi, pul bozorining rivojlanish darajasi va boshqa omillarga bog‗liq bo‗ladi. Bundan tashqari, passivlarning qisqa muddatliligi uzoq muddatli qo‗yilmalarga ham sarflanishi imkoniyatlarini cheklab qo‗ymaydi. Bankning har doim o‗z tasarrufida ma‘lum miqdorda ―begona‖ pullari bo‗ladi. Omonatlarning bankka doimiy oqib kelishi bilan birga ularning qaytarilib olinishi ham doimo sodir bo‗lib turadi va bunda bank hisob varaqalarida doimiy turib qoladigan qarz mablag‗lari miqdori barqaror hisoblanadi. Tijorat banki likvidligini saqlab turish muammosini hal qilish uchun passivlar oqimi harakatchanligi va muddatiga ko‗ra aktivlar oqimiga mos kelishi lozim. Shunday qilib, tijorat banki likvidligi bankning ma‘lum vaqtdagi to‗lovga qobiliyatliligini ta‘minlovchi va bank likvidligining asosiy omili bo‗lgan bank aktivlari va passivlarining nisbati bilan belgilanadi. Bank likvidligini ta‘minlovchi omillardan biri bank passivlarining sifatidir. O‗zlik va jalb qilingan mablag‗lar nisbati bankning ishonchliligi va faoliyati rivojlanishining istiqbolini harakterlab beradi. Jalb qilingan mablag‗lar oqimining barqarorligi likvidlik muammosini hosil qilmasdan turib, qisqa muddatli resurslarni uzoq muddatli qo‗yilmalarga yo‗naltirish imkoniyatini beradi. Depozitlar bo‗yicha ijro muddatining aniqligi balansning likvidligini boshqarish va likvid vositalarga bo‗lgan ehtiyojni prognoz qilish imkoniyatini beradi. Bu esa bank barqarorligini ta‘minlash imkoniyatini beradi. Bank likvidligini ta‘minlovchi omillardan biri bank tomonidan qarz olish, o‗z aktivlarini sotish yo‗li bilan yoki o‗z majburiyatlarini bajarish uchun mablag‗ topa olish imkonini beradigan pul bozorining mavjudligidir. XX asrning 60-yillarida bu omilning roli nihoyatda ortdi. Bunga sabab, erkin muomalada bo‗lgan federal depozit sertifikatlari, federal fondlarning qisqa va uzoq muddatli qimmatli qog‗ozlari, REPO bitimlarining keng qo‗llanilishi va buning natijasida balansda foyda keltirmaydigan va kam daromadli aktivlarning to‗planishi bilan bog‗liq 574 Bank likvidligining asosiy sharoitlaridan biri, uning aktivlari likvidligidir. Likvid aktivlar - ularning yaxshi ma‘lum bo‗lgan bozor narxining shakllanishini ta‘minlaydigan, doimiy ravishda sotiluvchi va sotib olinuvchi aktivlarning alohida turi bo‗lib, banklar ularni qisqa muddat ichida sotib olishga tayyor bo‗lgan xaridorni topishi mumkin. Bunday aktivlar qatoriga naqd pullar, davlat qisqa muddatli obligatsiyalari, qisqa muddatli (yetti kungacha) banklararo kreditlar kiradi. Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (OESR) davlatlari hukumatlari hamda fond bozori rivojlangan davlatlarining mashhur transmilliy kompaniyalarining qimmatli qog‗ozlari ham yuqori likvidlikka egadir. Nolikvid aktivlar deb, bozor narxini kotirovka bo‗yicha aniqlash mumkin bo‗lmagan va bu turdagi aktivlarning xarid narxi sotuvchi va xaridor o‗rtasidagi kelishuv natijasida xususiy tarzda aniqlanadigan aktivlarga aytiladi. Bunday aktivlarning qiymati katta miqdordagi o‗zgarishlarga uchrab turishi taqqoslashni qiyinlashtiradi. Bu turdagi aktivlarga, masalan, kreditlar, qimmatli qog‗ozlar bozorida kotirovkaga ega bo‗lmagan yoki kotirovkasi qiyin bo‗lgan qimmatli qog‗ozlar, asosiy vositalar va boshqalar kiradi. Tezda naqd pul miqdorini oshirish uchun nolikvid aktivlarni sotish zarur bo‗lganda, bank ularni zarar ko‗rgani holda sotishi mumkin. Bank likvidligining yana bir jihati bankning to‗lovga qobiliyatliligi bo‗lib, uning asosiy belgisi bankning o‗z oldida turgan majburiyatlarini o‗z vaqtida qondira olish qobiliyatidir. ―Likvidlik‖ va ―to‗lovga qobiliyatlilik‖ mazmuni, omillari va uni ta‘minlovchi sabablarga ko‗ra bir-biriga yaqin tushunchalardir. Likvidlik muammosi tashqi jihatdan to‗lov majburiyatlarini bajarish jarayonida vujudga keladi va likvid mablag‗lar yo‗qligi bilan bog‗liq qiyinchiliklar tug‗ilganda namoyon bo‗ladi. Likvidlik nafaqat to‗lovlarni o‗z vaqtida amalga oshirishni nazarda tutadi, balki o‗zining tijorat manfaatlari bilan birga omonatchilar tomonidan ishonch bildirilgan mablag‗larning saqlanishini ta‘minlaydi. Bankning to‗lovga qobiliyatliligi bankka qo‗yilgan to‗lovlar bo‗yicha talablar ayni vaqtda qondira olish qobiliyatini bildiradi. To‗lovga qobiliyatlilikni ma‘lum moliyaviy holatning natijasi sifatida qaralishi mumkin. Shu bilan birga, to‗lovga qobiliyatlilik likvidlikka nisbatan ikkilamchidir. Chunki bankda to‗lovga qobiliyatlilik muammosi sodir bo‗lishi mumkin, ammo uning likvid balansi, bankning majburiyatlarini 563 Yuqoridagi 48-jadval raqamlaridan ko‗rinadiki, tijorat bankining o‗tgan bir yil davomidagi natijalarida berilgan kredit bo‗yicha olingan daromadlar kamaygan bo‗lsada, bank daromadlari qariyb ikki barobarga oshgan. Bu esa mijozlarning bankka bo‗lgan ishonchini orttiradi. Bank daromadlarini hisoblashning bir necha yo‗llari mavjud. Ya‘ni, har bir operatsiya bo‗yicha daromad hisoblanadi. Xususan, kredit berish operatsiyalarida daromad qarzga berilgan summadan ma‘lum foizlar ko‗rinishida olinadi. Foizlar qanday to‗lanishi va ularning qancha sum- mani tashkil etishi shartnomada belgilab beriladi. Qimmatli qog‗ozlar bilan bo‗ladigan operatsiyalarda daromad o‗zining va boshqa emitentlar aksiya kurslarining o‗sishi natijasida yuzaga keladi. Bu yerda daromadni aniqlashda aksiyalar kursining ular kapital qiymatlaridan qancha farq qi- lishi orqali, ya‘ni real kurs qiymatidan nominal qiymatni ayirish yordamida topiladi. Umuman, ushbu turdagi daromad haqida gapirgan- da, shuni aytish kerakki, bu yerda daromad aktivlar qiymatining o‗sishida namoyon bo‗ladi. Ya‘ni, naqd pul shaklidagi daromad kel- masdan, balki bank yegalik qilayotgan aktivlar qiymati oshadi. Bankning boshqa ko‗pgina turdagi operatsiyalaridan daromad komission to‗lovlar shaklida keladi. Ko‗rsatilgan xizmat uchun mijoz bankka ma‘lum summani to‗laydi. Daromad miqdorini hisoblash mijoz bilan bank o‗rtasida tuzilgan shartnomaga asosan amalga oshiriladi. Komission to‗lovlar summasi ko‗rsatiladigan xizmat turiga, xizmat ko‗rsatish davrida bo‗lishi mumkin bo‗lgan riskka e‘tibor qilgan holda belgilanadi. Banklar komission to‗lovlarni ko‗pincha passiv operatsiyalar, yuridik va jismoniy shaxslar hisob raqamlarini yuritish orqali oladilar. Download 5.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling