Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
Download 5.53 Mb. Pdf ko'rish
|
bank ishi (2) (1) (1)
576 bo‗lgan foyda yo‗qotilishini minimallashtirish imkoniyatiga ega bo‗linganligidir. Tijorat banki moliyaviy barqarorligining yana bir komponenti bank faoliyatining foydaligidir. Bank foydasining o‗ziga xos xususiyati shundan iboratki, agar ishlab chiqarish sohasida xarajatlar o‗zgaruvchan kapital va qisman qo‗shimcha qiymat hisobidan qoplansa, banklarda esa muomala xarajatlari to‗la, faqatgina qo‗shimcha qiymat qismidan qoplanadi. Foyda olish - bank faoliyati ko‗lamini kengaytirish manbalaridan biridir. Agar bank ishida kapitalga daromad boshqa tijorat tashkilotlariga nisbatan past bo‗lsa, kapital qo‗llash foydaliroq bo‗lgan boshqa sohalarga yo‗naltiriladi. Bundan tashqari, foyda rahbariyat faoliyatini rag‗batlantiradi, chunki ular operatsiyalar hajmini oshirish va takomillashtirish, xarajatlarni kamaytirish va xizmatlar sifatini oshirganliklari uchun foydaning bir qismini mukofot shaklida olishlari mumkin. Bank foydasining eng muhim funksiyalaridan biri ko‗zda tutilmagan yo‗qotishlar holati uchun zaxiralar shakllantirishdir. Tijorat bankining zararsiz faoliyati uning moliyaviy asosini mustahkamlaydi va, aksincha, uzoq muddat mobaynida zarar bilan faoliyat ko‗rsatish bankni bankrotlikka olib borishi mumkin. Banklar muomala sohasi korxonasi sifatida o‗z foydasini bank operatsiyalarining natijasi bo‗lgan bank mahsulotini sotish asosida shakllantiradi. Bank faoliyatining foydalilik darajasi bank faoliyati harakteri, ixtisoslashuvi, uning kapitalining kattaligi, strukturasi va filiallarining mavjudligi hamda mustaqillik darajasiga bog‗liq. Bank faoliyatining foydaliligi rentabellikning muhim ko‗rsatkichlari majmuyi bilan aniqlanadi. Bu ko‗rsatkichlarga: kapitalga foyda me‘yori, yalpi aktivlarning daromadliligi va foydaliligi, sof foiz marja, foizsiz yuk, aktivlar tizimi va ―ishlovchi‖ aktivlar salmog‗i, passivlar tizimi va to‗planadigan passivlar salmog‗i, ishlovchi aktivlarning daromadliligi, foizli tashlanma kiradi. Ichki tahlil nuqtayi nazaridan faoliyatning moliyaviy ishonchliligi va rentabellik tahlili juda muhim ahamiyatga ega. O‗zbekiston iqtisodiyotida mavjud bo‗lib turgan ma‘lum darajadagi inflyatsiya sharoitida foydalilik tahlilining dolzarbligi yanada oshadi. Foydani kamaytirishga sabab bo‗luvchi omillar quyidagilardir: balansning nolikvidligi, bunda likvidlik kamomadini to‗ldirish uchun qo‗shimcha kredit resurslarini jalb qilish zarurati tug‗iladi; 561 mijozlarning boyliklarini har xil yo‗llar bilan yo‗qotishlarining oldini oladi. -Menejment xizmati bo‗yicha daromadlar. -Tijorat banklari chet el valyutasida olib boradigan barcha oper- atsiyalardan, uning oldi-sotdisidan ham daromad oladi. Bunda tijorat banki ma‘lum bir kursda chet el valyutasini sotib oladi va uni yuqoriroq narxda sotadi, ya‘ni chet el valyutasidagi bank operatsiyalari bo‗yicha sotilmagan musbat kurs tafovutlari bank, jumladan, ochiq valyuta pozitsiyasi bo‗yicha sotilgan musbat kurs tafovutlari bank daromadlari safiga kiritiladi. Kafolatlar va kafilliklar bo‗yicha operatsiyalarni amalga oshirishda ko‗rsatilgan xizmatlar uchun olingan daromadlar; - bankning boshqa xususiy mulklarining ijarasidan olingan daromadlar; - bank mulklarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda; - bank kassasidan chiqqan ortiqcha pullar, jumladan bank, kassasida turgan amaldagi mablag‗ qoldig‗i bilan hisob hujjatlarida ko‗rsatilgan ma‘lumotlar orasidagi musbat tafovut; - qarzdor zimmasiga yuklangan yoki u tan olgan jarimalar, penyalar, turli to‗lovlar hamda shartnoma shartlarini buzganlik uchun qo‗llaniladigan boshqa turdagi jazo choralari, shuningdek, bankka yetkazilgan zarar qoplamasi sifatidagi daromadlar hamda olingan boshqa jarima va penyalar. Mijoz shartnomada belgilangan to‗lovni to‗lay olmaganida har bir kechikkan kuni uchun bankka penyalar yoki jarimalar to‗laydi. Bank xodimlari tomonidan ularning aybi bilan bank ko‗rgan zarar va chiqimlar o‗rnini qoplash uchun to‗lagan summalar ham bankning foizsiz daromadiga misol bo‗la oladi. Bankning avvalgi yillarda olingan, lekin hisobot yilida aniqlangan foydasi joriy yildagi operatsiyalarda tijorat banklari mijozlarga belgilangan summadan yuqori to‗lasa bank kamchiliklarni topib uni qaytarib undirib olish, avvalgi yillardagi bajargan operatsiyalarga vositachilik haqi, bank foizlari joriy yilda undirib olinadi. Mijozlar ilgari bank ko‗rgan zarar hisobiga o‗tkazib yuborilgan qarzlarni qaytarishi va boshqa foizsiz daromadlar. Bu mablag‗lar bankning foizsiz daromadlari safiga kiradi. Tijorat banklari omonat bo‗yicha to‗laydigan foizni o‗zlari taqdim etadigan ssudalar uchun oladigan ssuda foizidan pastroq qilib belgilaydi. Olingan va to‗langan foizlarning summalari o‗rtasidagi farq banklarning 562 yalpi foydasini tashkil etadi. Unga boshqa har xil operatsiyalardan ko‗rilgan daromadlar ham kiradi. Bank yalpi foydasining bir qismini o‗z xarajatlarini qoplashga, soliqlarni to‗lashga yo‗naltiriladi, qolgan qismi esa sof foydani tashkil qiladi. Tijorat bankining daromadlari manbalari ichida aktivlari asosiy o‗rinni egallaydi. Daromad keltirishiga qarab bank aktivlari: daromad keltiruvchi aktivlar va daromad keltirmaydigan aktivlarga bo‗linadi. (oldingi mavzuda ham bu haqda ta‘kidlangan edi). Download 5.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling