Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
Download 5.53 Mb. Pdf ko'rish
|
bank ishi (2) (1) (1)
«Spot-kurs» bu naqd (kassa) bitimlarining kursidir. Spot-kurs - bu
bir mamlakat pul birligining shartnoma tuzilgan vaqtda o‗rnatilgan baho bo‗yicha boshqa mamlakatlar pul birliklarida ifodalangan bahosidir. 191 olib kelgan va O‗zbekiston Respublikasiga olib kirishda bojxona tomonidan ro‗yxatga olingan yoxud hisob varaq egasi uchun vakolatli bank nomiga qiymati ko‗rsatilib, xat jildda (paketda) yuborilgan, shuningdek, ilgari vakolatli banklarning tegishli ma‘lumotnomasi asosida hisob varalardan berilgan naqd chet el valyutasi, O‗zbekiston Respublikasiga olib kirishda bojxona deklaratsiyasini to‗ldirish talab qilinmaydigan va bojxona tomonidan ro‗yxatga olinmaydigan naqd chet el valyutasi, hisob varaq egasi nomiga chet eldan pochta jo‗natmalari orqali yuborilgan naqd chet el valyutasi, xorijiy valyutadagi foizlar, amaldagi qonunchilik va O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankining me‘yoriy hujjatlariga muvofiq o‗tkazilgan yoki naqd pulda olingan boshqa summalar hisoblab yozilishi mumkin. Norezident - jismoniy shaxslarning hisob varaqlaridagi mablag‗lar hisob varaq egasining ko‗rsatmasiga ko‗ra hisob varaq egasining O‗zbekiston Respublikasi boshqa banklarida ochilgan hisob varaqlariga, shuningdek, bankda qabul qilingan shaklda (bank o‗tkazmasi, chek va h.k.) xorijga o‗tkazilishi, naqd chet el valyutasida (chet el valyutasidagi to‗lov hujjatlarida to‗langan), shu jumladan, me‘yoriy hujjatlar bilan belgilangan summa miqdorida xorijga olib chiqib ketish, xarid kursi bo‗yicha respublika hududida so‗mda to‗lanishi yoki o‗tkazilishi, amaldagi qonunchilik va O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankining me‘yoriy hujjatlarida ko‗zda tutilgan boshqa maqsadlarda ishlatilishi mumkin. Vakolatli banklar bajaradigan operatsilari uchun mijozlardan komission haq undiradilar. Banklar aholidan valyutani talab qilib olguncha, muddatli, depozit va boshqa jamg‗armalarga qabul qilishlari mumkin. Qo‗yilmalar mahalliy va xorijiy fuqarolardan qabul qilinadi. Jarg‗armalarning turini, ular bo‗yicha minimal qo‗yilma miqdorini, daromad darajasini, to‗lash shartlarini bank mustaqil o‗zi belgilaydi. Bu operatsiyalar bo‗yicha shartlarni bank o‗zining strategiyasidan kelib chiqqan holda belgilaydi va odatda qo‗yilmalar bo‗yicha foizlar qo‗yilma miqdori va muddatiga bog‗liq bo‗ladi. Qo‗yilmalar bo‗yicha daromadlar soliqdan ozod etiladi va odatda chet el valyutasida yoki so‗mda to‗lanadi, muddatli omonatni muddatidan oldin olinsa foiz kam miqdorda to‗lanadi yoki umuman to‗lanmasligi mumkin. Muddatli depozitlar bo‗yicha daromadlar quyidagi formula orqali aniqlanadi: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling