Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
Download 5.53 Mb. Pdf ko'rish
|
bank ishi (2) (1) (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Norezident jismoniy shaxslar
Rezident - jismoniy shaxslarning (shuningdek, yuridik shaxs
maqomiga ega bo‗lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarning) hisob varaqlariga qo‗yilgan mablag‗lar hisob varaq egasining ko‗rsatmasiga asosan ishlatilishi mumkin. Jumladan: - xorijdagi jismoniy shaxslarning nomiga 5000 AQSh dollari ekvivalentdagi oshmagan miqdorda, xorijda to‗lovnoma, invoyslar va boshqa tasdiqlovchi hujjatlar asosida o‗qish, davolanish, sug‗urtalanish, xorijda patentlar va mualliflik guvohnomalarini rasmiylashtirish, berish va ulardan foydalanish uchun bog‗liq bo‗lgan xarajatlarni to‗lash, chet el davlatlari konsullik va boshqa rasmiy muassasalari tomonidan ko‗rsatilgan xizmatlar bo‗yicha to‗lovlarni amalga oshirish, sud va notarial organlari hukmlari, qarorlari va ajrimlari asosida pul mablag‗lari to‗lovi uchun konkurslar, ko‗rgazmalar va musobaqalarda ishtirok etish, shuningdek, shartnomalar bo‗yicha ishga joylashish bilan bog‗liq xarajatlar hamda nosavdo tusdagi boshqa operatsiyalarni amalga oshirish, hisob varaq egasining O‗zbekiston Respublikasining qonunchiligi talablariga muvofiq chet el banklarida ochilgan hisob varaqlariga yoki O‗zbekiston Respublikasi boshqa banklaridagi hisob varaqlariga o‗tkazish uchun; - naqd chet el valyutasida (chet el valyutasidagi to‗lov hujjatlarida), shu jumladan, xorijga olib chiqib ketish (amaldagi me‘yoriy hujjatlar bilan belgilangan summa miqdorida) uchun to‗lov amalga oshirish; - amaldagi qonunchilik va O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankining me‘yoriy hujjatlarida ko‗zda tutilgan boshqa maqsadlar uchun ishlatilishi, respublika hududida xorijiy valyutani amaldagi sotib olish kursi bo‗yicha so‗mda to‗lovlarni to‗lashi yoki o‗tkazishi mumkin. Norezident jismoniy shaxslar hisob raqamiga quyidagilar kirim qilinadi: - hisob raqam egasi nomiga xorijdan yuborilgan yoki O‗zbekiston Respublikasining boshqa banklarida ochilgan hisob varaqlaridan o‗tkazilgan xorijiy valyuta, xorijdan hisob varaq egasining nomiga yuborilgan chet el valyutasidagi to‗lov hujjatlari aks ettirilgan mablag‗, hisob varaq egasi chet eldan olib kelgan chet el valyutasidagi to‗lov hujjatlari plastik to‗lov va kredit kartochkalaridagi mablag‗lar, O‗zbekiston Respublikasi hududida o‗tkazma yozuv kiritilmagan, chet el valyutasida yuritiladigan hamda egasining nomi yozilgan holda bankka taqdim etilgan to‗lov hujjatlaridagi mablag‗lar, vakolatli banklar ruxsati bilan chet el valyutasida yozib berilgan boshqa to‗lov hujjatlari asosida to‗lanishi lozim bo‗lgan chet el valyutasi, hisob varaq egasi chet eldan 179 Bunda valyutani valyuta bitimi tuzilgan kundan boshlab 2 ish kunida almashtirib berish shart hisoblanadi. Download 5.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling