Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


Jismoniy shaxslar-rezident va norezidetlar


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

Jismoniy shaxslar-rezident va norezidetlar xorijiy va milliy 
valyutada talab qilib olinguncha depozit hisob varag‗larini ochish uchun 
bankka hisob raqam ochish to‗g‗risdagi ariza, shuningdek, shaxsini 
tasdiqlovchi hujjatlar, pasport yoki boshqa shunga tenglashtirilgan 
hujjatlar taqdim qiladi.
Vakolatli banklar tomonidan chet el valyutasidagi: 
- xorijdan hisob raqam egasi nomiga kelib tushgan valyuta 
o‗tkazmalari, xorijdan hisobraqam egasiga yuborilgan valyutadagi to‗lov 
hujjatlari, hisob varaqning egasi chet eldan olib kelgan chet el 
valyutasidagi to‗lov hujjatlari, O‗zbekiston Respublikasi hududida 
o‗tkazma yozuv kiritilmagan, chet el valyutasida yuritiladigan plastik 
to‗lov va kredit kartochkalari bo‗yicha hamda egasining nomi yozilgan 
holda bankka taqdim etilgan to‗lov hujjatlari asosida, vakolatli banklar 
ruxsati bilan chet el valyutasida yozib berilgan boshqa to‗lov hujjatlari 
asosida to‗lanishi lozim bo‗lgan chet el valyutasi; 
- hisob varaq egasi nomiga respublikasining boshqa banklaridan 
yoki rezident yuridik shaxslar topshirig‗i bilan o‗tkazilgan chet el 
valyutasi; 
- naqd chet el valyutasi, shu jumladan, hisob varaq egasi tomonidan 
kiritilgan yoki pochta orqali yuborilgan naqd valyuta va xorijdan olib 
kelingan, shuningdek, vakolatli banklar, ularning filiallari va 
ayirboshlash shoxobchalari orqali sotib olingan valyutalar; 
- xorijiy valyuta bo‗yicha foizlar,
- O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki normativ hujjatlari va 
amaldagi qonunchilikka zid kelmaydigan, olingan va o‗tkazilgan naqd 
shakldagi boshqa summalar jismoniy shaxs - mijozning hisob varag‗iga 
o‗tkazilib boriladi. 


188
valyuta hisob varaqlarida saqlanadi va ular tomonidan qonun hujjatlariga 
muvofiq mustaqil ravishda ishlatilishi mumkin.
Davlat ro‗yxatidan hali o‗tmagan, xorijiy investitsiyalar ishtirokida 
ochilayotgan korxonalarga vaqtinchalik jamg‗arma valyuta hisob varag‗i 
ochiladi va unga qonun talablari asosida o‗rnatilgan hajmlarda, xorijiy 
davlatlardan kelib tushadigan chet el valyuta mablag‗lari kiritiladi. 
Bu hisob varag‗idagi mablag‗lardan tashkil topayotgan korxonaning 
ustav fondiga badal to‗lash uchun foydalaniladi. Agarda xorijiy korxona 
davlat ro‗yxatidan o‗tkazilmasa ushbu mablag‗lar egasi bo‗lgan 
investorga qaytariladi. 
Rezident – yuridik shaxslarning valyuta hisob varaqlariga chet el 
valyutasidagi tashqi savdo tushumlari, vakolatli banklar orqali 
O‗zbekiston Respublikasi hududida sotib olingan mablag‗lar, qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda olingan naqd chet el valyutasi, 
qonunchilikda belgilangan tartibda olingan kreditlar, chet el 
investitsiyalari va qarz bo‗yicha o‗tkazilgan mablag‗lar hamda ularni 
amalga oshirish bilan bog‗liq to‗lovlar, qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda 
yuridik 
shaxslarning 
ustav 
fondi 
(ustav 
kapitali)ga 
o‗tkazilayotgan mablag‗lar, plastik to‗lov va kredit kartochkalari 
bo‗yicha to‗lovlarga, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda savdo bilan 
bog‗liq bo‗lmagan pul jo‗natmalari va qonunchilik hujjatlarida 
belgilangan boshqa holatlarda kelib tushgan mablag‗lar summalari 
hisoblab yozib (o‗tkazilib) boriladi. 
O‗zbekiston Respublikasida joylashgan norezident - yuridik 
shaxslar, shu jumladan, immunitet hamda diplomatik imtiyozlarga ega 
bo‗lgan chet el diplomatiya va boshqa rasmiy vakolatxonalari, xalqaro 
tashkilotlar 
hamda 
ularning 
filiallari, 
shuningdek, 
xorijiy 
tashkilotlarning mamlakatimizda xo‗jalik yoki boshqa tijorat faoliyati 
bilan shug‗ullanmaydigan vakolatxonalari valyuta hisob varaqlarini 
ochishga haqlidir. Norezident yuridik shaxs – hisob varaq egasining 
nomiga chet eldan hamda mamlakatimizning boshqa banklarida 
ochilgan hisob varaqlaridan o‗tkazilgan xorijiy valyuta, vakolatli banklar 
tomonidan xorijdan hisob varaq egasining nomiga yuborilgan chet el 
valyutasidagi to‗lov hujjatlaridagi mablag‗lar, hisob varaqning egasi 
chet eldan olib kelgan chet el valyutasidagi to‗lov hujjatlari, jumladan, 
plastik to‗lov va kredit kartochkalaridagi valyuta mablag‗lari, 
O‗zbekiston Respublikasi hududida o‗tkazma yozuv kiritilmagan, chet el 
valyutasidagi egasining nomi yozilgan holda bankka taqdim etilgan 
to‗lov hujjatlaridagi mablag‗lar, vakolatli banklar ruxsati bilan chet el 
181
yutasidagi kreditlarning foiz stavkasidan yuqori bo‗lsa, olingan natija 
diskont hisoblanadi va, aksincha, bo‗lsa u ustama hisoblanadi. 
Banklar valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda valyutani sotish 
va sotib olish kursini o‗rnatadi. Bu kurslar sotuvchining kursi va xari-
dorning kursi deb ataladi. 

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling