Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

Sotuvchi kursi - bankning valyutani sotish kursi.
Xaridor kursi - bankning valyutani sotib olish kursi. 
Bu kurslar o‗rtasidagi farq valyuta bo‗yicha marja deb ataladi va u 
xizmat 
xarajatlarini 
qoplashga 
va 
ma‘lum darajada foydani 
shakllantirishga yo‗naltiriladi.
Valyutaning eng muhim sifat belgisi uning konvertirlanganligidir. 
Konvertirlanganlik darajasiga ko‗ra valyuta kursi uchga bo‗linadi. 
Erkin «suzib» yuruvchi, cheklangan darajada «suzib»yuruvchi va 
qayd etilgan valyuta kurslaridir. 
Erkin «suzib» yuruvchi valyuta kursi ma‘lum valyutaga bo‗lgan 
bozor talabi va taklifi ta‘sirida o‗zgarib turishi mumkin. Masalan, AQSh 
dollari, Yaponiya iyenasi, Angliya funt sterlingi, yevro kabi valyutalar 
jahon valyuta ayirboshlashida keng ishtirok etadi. 
Cheklangan darajada «suzib» yuruvchi valyuta kurslarining 
o‗zgarishi ayrim valyutalar yoki bir guruh valyutalar (valyuta savati) 
kursi o‗zgarishiga bog‗liq. Misol uchun «uchinchi dunyo»ning 
ko‗pchilik mamlakatlari o‗z valyutalarini AQSh dollariga, Yevropa 
mamlakatlarining ―EURO‖siga va boshqa xorijiy valyutalarga 
bog‗laydilar. Cheklangan darajada ―suzib‖ yuruvchi valyuta kurslari 
kiritilgan mamlakatlar o‗z valyutalarining tebranish chegarasini o‗zlari 
hamkorlik qilayotgan mamlakatlar bilan kelishib oladilar. 
Qayd etilgan valyuta kursi - bu xorijiy valyutada ifodalangan 
milliy pul birligining davlat tomonidan rasmiy o‗rnatilgan bahosi bo‗lib, 
unga valyuta bozorlaridagi talab va taklifning o‗zgarishi ta‘sir qilmaydi. 
Hozirgi vaqtda qayd etilgan valyuta kursi kam rivojlangan 
mamlakatlarda yoki iqtisodiy jihatdan tashqi bozorga yetarli darajada 
kirib bormagan mamlakatlarda‚ ularning moliya tizimini va milliy ishlab 
chiqarishini kuchli xorijiy raqabatchilaridan himoya qilish va ularni 
qo‗llab-quvvatlash maqsadida qo‗llaniladi. 
Barcha mamlakatlar ma‘lum muddatda o‗z valyuta kurslari 
to‗g‗risidagi axborotni e‘lon qilib boradilar. Masalan, O‗zbekiston 
Respublikasi valyuta birjasi ish yakunlari matbuotda, televideniyeda 
e‘lon qilib boriladi. Bunda nominal valyuta kursi belgilanadi. Lekin 
kuchayib borayotgan inflyatsiya sharoitida jahon bozorida milliy 


182
mahsulotga bo‗lgan talabni, uning raqobatdoshligini aniqlashda milliy 
va xorijiy tovarlar baholari o‗rtasidagi nisbatini ham bilish kerak bo‗ladi. 
Ya‘ni milliy valyutaning real almashtirish kursini hisoblab chiqish 
kerak. 
Real kurs = nominal kurs - o‘z mamlakatida ishlab chiqarilgan 
tovarlar bahosi, xorijiy tovarlar bahosi. Bu tenglikni umumiy 
ko‗rinishda shunday yozish mumkin. Real valyuta kursining nominal 
valyuta kursi baholar darajasi nisbatlari past valyuta kursida milliy 
tovarlar nisbatan arzonroq, xorijiy tovarlar esa nisbatan qimmatroq 
turishini ko‗rsatadi. Shuning uchun eksport o‗sib boradi, import esa 
qisqarib boradi. Va, aksincha, yuqori real valyuta kursida milliy tovarlar 
nisbatan qimmatroq, xorijiy tovarlar esa nisbatan arzonroq turadi. 
Natijada import o‗sib, eksport qisqarib boradi.

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling