Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
Download 5.53 Mb. Pdf ko'rish
|
bank ishi (2) (1) (1)
Fyuchers operatsiyalari mohiyati forvard bitiminikiga o‗xshash.
Fyuchers operatsiyalari ham bitim tuzgandan so‗ng 3 kundan kechiktir- masdan valyutani yetkazish bilan amalga oshiriladi va bunda kelajakda 205 bitimi pasportini, TIAVning import shartnomaning ro‗yxatga olinganligi to‗g‗risidagi sertifikati kabilarni bankka taqdim etishlari lozim. Shartnomalar O‗zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida import shartnomalarini ro‗yxatga olish tartibining uchinchi bandiga asosan rasmiylashtirilishi lozim. Bundan tashqari, vakolatli banklar shartnomalarining majburiy shartlari bo‗lgan - shartnomada chet ellik hamkorning to‗liq rekvizitlari ko‗rsatilgan bo‗lishini (mamlakat, mol jo‗natuvchining to‗liq nomi, xizmat ko‗rsatayotgan bank nomi, hisob raqamining nomeri v.b.), shartnoma summasining 15% da oldindan to‗lov, chet el hamkorining bankidan bank kafolatnomasi mavjud bo‗lishi, shartnomaning to‗lov shartiga tegishli barcha o‗zgarishlar tomonlarning qo‗shimcha kelishuvida aks etirilganligi kabilarni tekshirishi lozim. Vakolatli bank taqdim ettilgan hujjatlarni ikki kun mobaynida ko‗rib chiqib, ro‗yxatga oladi, agarda taqdim etilgan hujjatlar qonunda belgilangan tartibda javob bermasa, bank barcha kamchiliklarini ko‗rsatgan holda yozma rad xatini beradi va hujjatlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun mijozga qaytaradi. Ro‗yxatga olish vaqtida import shartnomalariga indentifikatsiya nomeri beriladi. Shartnomaning asl nusxasiga, uning ko‗chirma nusxalarining barcha varaqalariga va import bitimi pasportining barcha nusxalariga bank muhri bosiladi va vakolatli bank xodimi imzosi bilan tasdiqlanadi, shundan so‗ng shartnomaning asl nusxasi mijozga qaytarilib, uning nusxasi bankda ish jildiga tikiladi. Mahsulotlarni bojxona xizmatida rasmiylashtirish tartibiga asosan importyor kelib tushgan mahsulotlarni rasta qilish maqsadida hisob raqamida mablag‗lari mavjudligi to‗g‗risidagi ma‘lumotnoma yoki kafolatnoma olish uchun bankka yozma murojaat qiladi. Mijozning yozma arizasiga asosan vakolatli bank amalga oshirilayotgan oldindan to‗lov uchun ochilgan akkreditiv, bank kafolati berilganligi, ushbu shartnoma bo‗yicha kelib tushgan molning pulini to‗lash uchun boshqa mablag‗lar zaxiralanganligi yoki o‗z mablag‗lari mavjudligi to‗g‗risidagi ma‘lumotnoma beradi. Rezerv qilingan mablag‗lardan faqat ushbu shartnoma bo‗yicha kelib tushgan mahsulotlar va xizmatlarning pulini to‗lash maqsadida foydalaniladi. Mablag‗larni rezerv qilishning asosiy shartlaridan biri bu 204 Vakolatli banklar eksport-import operatsiyalari bo‗yicha quyidagi hujjatlar tikiladigan yig‗ma ish jildi ochishlari lozim: - korxonaning arizasi; - ro‗yxatga olingan shartnomaning nusxasi; - shartnomaga identifikatsiya nomeri berilganligi to‗g‗risidagi ma‘lumotnoma; - hisob-kitoblar ma‘lumotnomasi; - mahsulotlarning O‗zbekiston Respublikasidan chiqarganligini tasdiqlovchi bojxona reyestori; - haqiqatda eksportyor tashqi lotga valyuta tushumi kelib tushganligini tasdiqlovchi bildirishnoma. Belgilangan tartibda valyuta tushumidan majburiy sotuvni amalga oshirish va qoldiqni asosiy hisob varag‗iga o‗tkazish. Zarurat bo‗lganda xizmat ko‗rsatayotgan vakolatli bank tomonidan ushbu shartnomaga tegishli bo‗lgan har xil turdagi yozishmalar, yuqori tashqi lot bilan soliq idoralari, bojxona xizmatiga oid hujjatlar talab qilinishi mumkin. Barter shartnomalari ham shu tartibda amalga oshiriladi. Barter shartnomalarini tuzish uchun tashkilotlar tegishli idoralar (Vazirlar Mahkamasi, hokimiyatlar)dan ruxsat olishlari kerak. Ruxsatnoma olganlaridan keyin barter shartnomasini 10 kun muddat ichida bankka taqdim etishlari lozim. Bunaqa hisob yuritish eksport – barter shartnomalarining bajarilishini kerakli darajadan nazorat o‗rnatish uchun valyuta tushumlarini o‗z vaqtida va to‗liq ravishda ta‘minlash, shuningdek, belgilangan tartibda majburiy sotuvni amalga oshirishlari uchun zarur. Qonunda belgilangan muddatda tushum bo‗lmasa yoki mahsulot kelib tushmasa, vakolatli bank bir hafta mobaynida chora ko‗rish uchun tegishli organlarga xabar berishi lozim. Xat nusxasi O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tashqi aloqalar va valyutani boshqarish departamentiga, Davlat Soliq qo‗mitasiga yuborilishi lozim. Shuningdek, import shartnomalari tashkilotning valyuta hisob raqami ochilgan vakolatli banklarda ro‗yxatga qo‗yilishi kerak. Import shartnomalarini xizmat ko‗rsatayotgan bankda ro‗yxatga qo‗yish uchun mijozlar belgilangan shaklda ariza, shartnomaning asl nusxasini, import 197 shartnoma amalga oshirish narxi bitim tuzilgan kunda belgilanadi. Forvard va fyuchers operatsiyalarining o‗xshash tomonlari bo‗lgani bi- lan bir-biridan farq qiluvchi belgilari ham mavjud. Birinchidan, fyuchers opreatsiyalari, odatda, birja bozorida, forvard esa banklararo bozorda amalga oshiriladi. Bundan shu kelib chiqadiki, fyuchers shartnomalarini amalga oshirish muddatlari ma‘lum sanalarga bog‗liq bo‗ladi va muddat, hajm hamda yetkazib berish shartlari bo‗yicha standartlashtirilgan bo‗ladi. Forvard shartnomalarida esa muddat va hajm o‗zaro tomonlar kelishuvi bo‗yicha belgilanadi. Ikkinchidan, fyuchers operatsiyalari ma‘lum chegaralangan valyuta birliklari bilan amalga oshiriladi (AQSh dollari, Yevro, yapon iyenasi, funt-sterling v.b.). Forvard shartnomalarida esa ko‗proq turdagi val- yutalardan foydalaniladi. Uchinchidan, fyuchers bozorida yirik investorlar ham, shuningdek individual va kichik institutsional investorlar ham ishtirok etishi mum- kin. Forvard bozorida esa uncha katta bo‗lmagan firmalar ishtiroki che- garalangan, chunki ko‗p hollarda forvard shartnomasini tuzish uchun minimal summa 500000 AQSh dollaridan iborat. To‗rtinchidan, fyuchers operatsiyalarining 95% ofset (qaytarish) bitimi bilan tugallanadi, bunda valyutani real yetkazib berish amalga oshirilmaydi, ishtirokchilar esa faqatgina shartnomalarning boshlang‗ich narxi bilan qaytarish bitimi amalga oshirish kunidagi narx orasidagi farqnigina oladilar. Forvardda esa 95% holda valyutani yetkazish shartnoma asosida amalga oshiriladi. Beshinchidan, shartnomalarning standartlashtirilgani shuni bil- diradiki, fyuchers bitimlari individual mijoz va bank o‗rtasidagi tuzilgan forvard bitimlariga qaraganda arzonroqqa tushadi. Xuddi shuning uchun forvard bitimlari odatda qimmatroq, ya‘ni ularda sotish va sotib olishda katta spred kuzatiladi. Bu esa muddatdan ilgari ochiq pozitsiyani yop- ganda mijoz uchun katta xarajatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Grafik ko‗rinishda forvard va fyuchers operatsiyalari orasidagi farqni quyidagicha ko‗rsatish mumkin. Download 5.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling