Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

birja indekslari deyiladi. 
Birjada qo‗llaniladigan eng mashhur indekslardan biri bu – Dou-
Jons indeksidir. U AQShdagi 30 ta yirik sanoat korporatsiyalari 
aksiyasining birjadagi kursi bilan belgilanadi. Dou-Jons indeksini 
hisoblash uchun kundalik bozor narxini o‗sha davrdagi aksiyalar 
guruhidagi sonlarga ko‗paytirib umumiy aksiyalar soniga bo‗lish kerak: 
AiPi 
Dou-Jons indeksi = --------------• 

Bunda, Ai – kompaniyalarda chiqarilgan aksiyalar soni; 
Pi – tegishli kompaniyalar aksiyalarining bozor narxi; 
A - umumiy aksiyalar soni. 
Professionallar fond bozorida faoliyat ko‗rsatish jarayonida turli 
«o‗yinlarni» qo‗llaydilar. 
«Ayiqlar» o‗yini – daromad olish maqsadida qimmatli qog‗ozning 
bozor narxini pasaytirishga qaratilgan jarayon. Professional ma‘lum 
qimmatli qog‗ozning bozor narxining pasayishini oldindan sezgan holda 
uni ma‘lum muddatga qarzga olib turadi. Qarzga olingan qimmatli 
qog‗ozning narxi pasaymasdan payt poylab darrov sotib yuboriladi. 
Qarz muddati yetib kelgan qimmatli qog‗ozning narxi pasayib 
ketadi va shu pasaygan narx bo‗yicha «ayiq» qarzga olgan qimmatli 
qog‗oz uchun o‗z qarzini to‗laydi. Bunda, «ayiq»ning daromad qarzga 
olingan qimmatli qog‗ozni sotish narxi va qarzni to‗lash vaqtida uning 
bahosi tafovuti ko‗rinishida ifodalanadi. 
«Buqa» - qimmatli qog‗ozlarni naqd pulga sotib oladi va ularni 
qimmatroq narxda sotish maqsadida bozor narxining ko‗tarilishini 
poylab turadi. 
Qimmatli qog‗ozlar bozorida bank faoliyatining umumiy asoslari 
«Banklar va bank faoliyati to‗g‗risida»gi qonunda aks ettirilgan. 
Banklarning bank operatsiyalarini amalga oshirish to‗g‗risidagi 
litsenziyasi banklarga qimmatli qog‗ozlarni chiqarish, sotish, sotib olish, 
hisobini yuritish, saqlash va boshqa operatsiyalarni amalga oshirish 
imkoniyatini beradi. 


222
Xalqaro qimmatli qog‗ozlar bozorining professional ishtirokchilari 
va ularga xizmat ko‗rsatuvchi kommunikatsiya tizimlarining rivojlani-
shi, pirovard natijada, ular o‗rtasidagi raqobat muhitining keskinlashuvi-
ga olib keladi. Buning natijasida ko‗satilayotgan xizmatlar uchun oli-
nadigan to‗lovlarning kamayishi yuz berdi. Ular mijozlarga an‘anaviy 
birjalar yopilgandan keyin ham savdo qilish imkoniyatini yaratadi, in-
vestitsiyalar uchun turli xildagi instrumentlar foydalanishni taklif qiladi 
va kotirovkalarning sir tutilishini kafolatlaydi. 
2000-yilning boshiga kelib g‗arbiy Yevropadagi barcha yirik fond 
birjalari to‗liq elektron birjalarga aylanadi. Bu esa, o‗z navbatida, savdo 
ishtirokchilari sonini keskin oshirish, savdo chiqimlarini kamaytirish 
imkonini beradi. 
Bir qator mamlakatlarda fond birjalari o‗zlarining raqobat pozitsiya-
larini mustahkamlamoqda. Bu holat moliyaviy bozorlarning xizmatlari-
dan foydalanuvchilar uchun bir necha xizmat turlarini bir joyda 
markazlashtirayotganligida yaqqol namoyon bo‗lmoqda. Parij, Amster-
dam, Frankfurt, Xelsinki , Bryussel birjalari birlamchi va ikkilamchi bo-
zorlarni, hosila institumentlari bozorlarini, kliring va hisob-kitoblarni 
birlashtiradi. 
Ayni vaqtda, AQShning birjadan tashqari savdo tizimi NASDAQ 
global ahamiyatiga ega bo‗lgan xalqaro qimmatli qog‗ozlar bozoriga 
aylanib bormoqda. U Amerika bozorida muvaffaqiyatli tarzda faoliyat 
yuritish bilan birga, jahonning 10 ta yirik fond birjasidan biri sifatida 
e‘tirof etilmoqda va u aksiyalar savdosining hajmi va o‗sishi sur‘ati 
bo‗yicha Nyu-York fond birjasini ortda qoldirdi.
Fond birjalarida banklar listing operatsiyalari bilan ham 
shug‗ullanadi. Listing – bu qimmatli qog‗ozlarni birjaga qo‗yish, ya‘ni 
joylashtirishdir. Qimmatli qog‗ozlar listingga qo‗yilgan va birja 
ro‗yxatidan o‗tgan bo‗lsa, ularni savdoga qo‗yish mumkin. 
Birjada qimmatli qog‗ozlar bilan oldi-sotdi operatsiyalarini faqat 
vositachilar bajaradi. Ularga jismoniy shaxslar, yuridik shaxslar, 
investitsiya kompaniyalari, brokerlik firmalarining topshirig‗i bilan 
brokerlar bitimlarni amalga oshirib, qimmatli qog‗ozlarni sotib oladi 
yoki o‗zinig hisobidan keyinchalik qayta sotish uchun xarid qiladi. 
Birjada faqat listingda qayd qilingan qimmatli qog‗ozlar sotiladi. 
Baho (birja kotirovkasi – bu birjada sotiladigan qimmatli 
qog‗ozlarning e‘lon qilingan narxi) fond birjasida talab va taklifdan 
kelib chiqqan holda ochiqdan-ochiq o‗rnatilib, birja tablosida e‘lon qilib 
turiladi. Birjada uch tomon qatnashadi. Bir tomonda birja, emitentlar va 
211
qimmatli qog‗ozlarini unda nazarda tutilgan muddatda, qat‘iy 
belgilangan narx bo‗yicha sotib olishga bo‗lgan huquqini tasdiqlaydi 
Hozirgi davrga kelib qimmatli qog‗ozlarga qo‗yilmalar tobora 
ko‗payib bormoqda. Rivojlanayotgan davlatlarda aksionerlashtirish va 
mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, korxona va tashkilotlarni 
xususiylashtirish orqali aktsionerlik jamiyatlariga aylantirish va ular 
tomonidan har xil qimmatli qog‗ozlarni muomalaga chiqarishi fond 
bozorlarini rivojlantirishga turtki bo‗lmoqda. Qimmatli qog‗ozlar 
jahonning katta bir boyligi hisoblanib, boshqa boyliklarga nisbatan ham 
umumiy qiymati bo‗yicha, ham hajmi bo‗yicha oldingi o‗rinlarga 
chiqmoqda. 
Qimmatli qog‗ozlarni muomalaga chiqarib, pullarni bir necha o‗n 
yillarga muddatsiz foydalanishga olish mumkin. Bu korxona va tashki 
lotlar uchun nihoyatda muhim ahamiyat kasb etib, ularga ishlab 
chiqarish, hamda moddiy-texnika bazasini rivojlantirish uchun bank 
ssudalaridan foydalanmasdan turib pul resurslarini jalb qilish 
imkoniyatini beradi. Qimmatli qog‗ozlar aholi uchun ham juda katta 
ahamiyatga ega, ular pullarni ko‗lda ushlab turmasdan, qimmatli 
qog‗ozlarga egalik qilish yo‗li bilan o‗z jamg‗armalari hisobiga daromad 
oladilar va korxonalarni boshqarishda amalda ishtirok etadilar. 
Xo‗jalik yurituvchi subyektlar va aholi vaqtincha bo‗sh turgan 
mablag‗larini omonatga qo‗yishdan ko‗ra qimmatli qog‗ozlarga 
sarflashlari ma‘lum afzalliklarga ega, masalan, sarflangan mablag‗lar 
muddatidan ilgari foydalanish zarurati tug‗ilganda uni sotishi hamda 
undan qulay va hech qanday sarf-xarajatsiz to‗lov yoki kredit olish 
uchun garov vositasi sifatida foydalanishi mumkin. 

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling