Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

O„zbekiston 
Respublikasining 
g„azna majburiyatlari – 
emissiyaviy qimmatli qog‗ozlar bo‗lib, ular emissiyaviy qimmatli 
qog‗ozlar egalari tomonidan O‗zbekiston Respublikasining Davlat 
byudjetiga pul mablag‗lari kiritganligini tasdiqlaydi va bu qimmatli 
qog‗ozlarga egalik qilishning butun muddati mobaynida qat‘iy 
belgilangan daromad olish huquqini beradi. G‗azna majburiyatlari butun 
aylanish davrida aniq chegaralangan foizni to‗lab berish majburiyatini 
guvohlovchi qimmatli qog‗ozdir. 
Depozit sertifikati – bankka qo‗yilgan omonat summasini va 
omonatchining (sertifikat saqlovchining) omonat summasini hamda 
sertifikatda shartlashilgan foizlarni sertifikatni bergan bankdan yoki shu 
bankning istalgan filialidan belgilangan muddat tugaganidan keyin olish 
huquqini tasdiqlovchi noemissiyaviy qimmatli qog‗ozdir. Depozit 
sertifikati bank tomonidan beriladi. 
Veksel – veksel beruvchining yoxud vekselda ko‗rsatilgan boshqa 
to‗lovchining vekselda nazarda tutilgan muddat kelganda, veksel 
egasining vekselda ko‗rsatilgan summani to‗lab berishiga doir qat‘iy 
majburiyatini tasdiqlovchi noemissiyaviy qimmatli qog‗oz va to‗lov 
vositasi hisoblanadi. 
O‗zbekiston Respublikasining g‗azna majburiyatlari va O‗zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolat bergan organ tomonidan 
chiqarilgan obligatsiyalar, shuningdek, O‗zbekiston Respublikasi 
Markaziy bankining obligatsiyalari, odatda, davlat qimmatli qog„ozlari 
deb yuritiladi. 
Qimmatli qog‗oz hosilalari – bular shunday qimmatli qog‗ozlarki, 
ularning foydasi yoki zarari bir nechta bozor ko‗rsatkichlari bilan, ya‘ni 
bozor indekslari bilan bog‗liqdir. Qimmatli qog‗ozlar hosilalari – 
«opsion» yoki «fyucherslar» ko‗rinishida bo‗ladi. Opsion – emissiyaviy 
qimmatli qog‗oz bo‗lib, u o‗z emitentining muayyan miqdordagi 
223
tadbirkorlar, ikkinchi tomonda vositachilik haqi evaziga mijozlarning 
topshirig‗ini bajaruvchi brokerlar va uchinchi tomon qimmatli 
qog‗ozlarga muhtoj shaxslar. Har uchala tomonning manfaatini 
birlashtiruvchi joy – bu fond birjasidir. 
Qimmatli qog‗ozlarning birjadagi harakatini ifodalovchi ko‗rsatkich 

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling