Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

Svop operatsiyasi – bu bir vaqtning o‗zida chet el valyutasini har 
xil sanaga turli hisob-kitoblar shartida teng summaga sotib olish va 
sotishdir. Ya‘ni svop – bu valyutani kelajakda sotib yuborish garovi bi-
lan qandaydir vaqtga sotib olishdir. Bunda bir vaqtning o‗zida valyuta 
almashuvi bo‗yicha 2 ta alohida bitim tuziladi. Bu bitimlar qarama-
qarshi yo‗nalishga va turli hisob-kitob sanasiga ega bo‗ladi. 
Svop opretsiyalari ko‗pgina banklar tomonidan o‗zlarining chet el 
valyutasidagi majburiyatlarini qoplash maqsadida foydalanadi. Svop op-
eratsiyasi ikki bank tomonidan amalga oshirilganda bir bank ikkinchi 
bankka bir valyutani, ikkinchisi ikkinchi valyutani almashadi va 
qandaydir vaqt o‗tishi bilan valyutalar qaytarib olinadi. 
Asosiysi shundaki, svop bitimlari ochiq valyuta pozitsiyasini 
keltirib chiqarmaydi va vaqtincha kurs o‗zgarishi bilan bog‗liq riskdan 
xoli bo‗lgan valyuta bilan ta‘minlaydi. Svop bitimlari, odatda, 1 kundan 
6 oygacha muddatga tuziladi, muddati 5 yilgacha bo‗lgan svop bitimlari 
esa juda kam uchraydi. 
Svop operatsiyalari tijorat banklari o‗rtasida, tijorat banki va 
markaziy bank o‗rtasida hamda mamlakatlar markaziy banklariaro 
amalga oshirilishi mumkin. 
Umumiy qilib aytganda, kassa va forvard operatsiyalarini mu-
vofiqlashtiruvchi valyuta shartnomasi svop shartnomasi hisoblanadi. 
Valyuta arbitraji – bu valyutani sotish yoki sotib olish bo‗lib, 
keyinchalik teskari bitim tuzib, valyuta kurslari farqi yordamida foyda 
olish maqsadida o‗tkazishni ifodalaydi. Arbitraj operatsiyalarini 
o‗tkazishning asosiy shartlaridan biri bozorning turli sigmentlariaro 
kapital oqimi erkin bo‗lishi, ya‘ni valyutalarning erkin konvertirlanishi, 
valyuta cheklovlarining yo‗qligi va boshqalar hisoblanadi. 
Arbitraj ikki xil – joylashuvga ko‗ra va vaqtli bo‗ladi. Ularning har 
biri ham o‗z navbatida oddiy va murakkabga bo‗linadi. Operatsiya ikki 
valyuta ishtirokida amalga oshirilsa – oddiy, uch va undan ortiq val-
yutalar bilan amalga oshirilsa – murakkab bo‗ladi. 
Joylashuvga ko‗ra arbitraj banklarning turli valyuta bozorlaridagi 
kurs farqi orqali foyda olishini bildiradi. U valyuta risk bilan bog‗liq 
emas, chunki valyuta savdosi bir vaqtning o‗zida amalga oshiriladi. Ma-
salan, bank vakili Singapurda valyutani sotib oladi (sotadi) va shu vaq-
tning o‗zida u o‗zining Londondagi korrespondenti orqali shu valyutani 
sotadi (sotib oladi). 


200
Vaqtli arbitraj vaqt o‗tishi bilan valyuta kursi orasidagi farq orqali 
foyda olishdir. Valyuta arbitraji spot va forvard sharoitida amalga oshiri-
lishi mumkin va bu turdagi operatsiyalarda valyuta risklari mavjud 
bo‗ladi. 
Arbitraj operatsiyalari tijorat banklari dillerlari ishining asosiylari-
dan hisoblanadi. Ko‗pincha, arbitraj bitimlarini o‗tkazish imkoniyatlari 
sanoqli daqiqalardagina to‗g‗ri kelishi mumkin, shuning uchun dil-
lerning arbitraj operatsiyasini tezda baholash va hisoblashi qobiliyati 
foyda va zarar masalasini hal qilishi mumkin. Arbitraj operatsiyasini 
muvaffaqiyatli o‗tkazish uchun bozorni yaxshi o‗rganish, kelajakni ko‗ra 
bilish kabilar dillerlar uchun zaruriy shartlardan biridir. 
Hozirgi vaqtda tijorat banklarining valyuta bozoridagi faoliyatining 
Markaziy bank tomonidan tartibga solinishi bank tizimidagi eng muhim 
va dolzarb masalalardan biridir. «O‗zbekiston Respublikasi Markaziy 
banki to‗g‗risida»gi qonunning 40-moddasiga muvofiq, Markaziy bank 
valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish davlat organi 
hisoblanadi. 
Tijorat banklarining valyuta faoliyatlarini tartibga solishda ochiq 
valyuta pozitsiyasining yuritilishi haqidagi hisobot muhim o‗rin tutadi. 
Bu hisobotni tahlil qilishning zarurati Markaziya bank tomonidan vako-
latli banklarga chet el valyutasi bilan bog‗liq operatsiyalarga limit 
o‗rnatilishidadir. Bu tartib bo‗yicha bankning o‗z mablag‗lariga nisbatan 
20% gacha valyuta sotib olishi va sotishiga ruxsat bor, ya‘ni bir valyuta 
turi bo‗yicha bu ko‗rsatkich 5% qilib belgilangan. Limit o‗rnatishning 
asosiy sababi, vakolatli banklar barcha aktivlarini chet el valyutalariga 
qo‗ysa va bu valyutalarning kursi jahon valyuta bozorida tushib ketsa, 
bank aktivlari kamayishi va hatto bank bankrot bo‗lishi mumkin va bu, 
o‗z navbatida, mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta‘sir qiladi. Shuning 
oldini olish maqsadida, bu limit barcha vakolatli banklar uchun joriy qi-
lingan.  

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling