Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


Quyidagi tayanch so„zlarga ta‟rif bering


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

 
Quyidagi tayanch so„zlarga ta‟rif bering 
 
Valyuta kursi 
Kotirovka 
Valyuta pozitsiyasi 
Ochiq valyuta pozitsiyasi 
Kross-kurs 
Valyuta siyosati 
Foiz dinamikasi 
Diskont 
Yopiq valyuta pozitsiyasi 
Sotuvchi kursi 
Xaridor kursi 
Valyuta real kursi 
SPOT 
SVOP 
Tratta kvota 
Forvard 
Fyuchers 
Qisqa valyuta pozitsiyasi 
Uzun valyuta pozitsiyasi
O„z bilimini tekshirish uchun savollar 
- Valyuta kursi nima va uning turlarini tushintiring. 
- Xalqaro hisob-kitob shakllarini sanang va ularning mohiyatini 
tushuntiring. 
- Kotirovka nima, uning turlarini misollar yordamida tushuntiring. 
- Valyuta sotish va sotib olish qoidalarini izohlang. 
- Valyuta depozit hisob varag‗ini ochish tartibini tushuntiring. 
- Valyuta kursiga qanday omillar ta‘sir ko‗rsatadi. 
- Naqd xorijiy valyutani sotish, sotib olish qanday amalga 
oshiriladi. 
195
teng bo‗lishi mumkin. Ammo amaliyotda bunday holat juda kam 
uchraydi. Agar forvard kurs spot-kursdan yuqori bo‗lsa (FR>SR), u 
holda valyuta «mukofot» bilan kotirovka qilinadi; agar forvard kursi 
spot kursidan past bo‗lsa, u holda valyuta «diskont» bilan kotirovka 
qilinadi. 
Valyuta bo‗yicha forvard diskonti yoki mukofoti qiymati quyidagi 
formula orqali aniqlanadi: 
t
x
x
Sr
Sr
FR
Dis
Pm
FD
360
%
100
)
;
(
bu erda
FD (Pm;Dis) – forvard differensiali (mukofot yoki diskont). 
FR – forvard kursi; 
SR – spot-kurs; 
t – forvard shartnomasi amal qilish muddati (kunlarda). 
Forvard bitimidan olingan daromadlar bilan boshqa pul bozoridan 
olingan daromadni taqqoslab borish uchun valyuta bo‗yicha mukofot va 
diskontlar yillik bazisga kiritib boriladi. 
Har kuni The Wall Street Journal va Financial Times kabi xalqaro 
moliyaviy nashriyotlar 30, 90 va 180 kun uchun joriy «spot» kurs (spot 
rate)larni va forvard kursi (forward rate)larni chop etib boradi. Bundan 
tashqari «Reuters» agentligi ham yuqorida aytib o‗tilgan axborotlarni 
berib boradi. 
Forvard bozorida banklar tomonidan, shuningdek, valyutaning so-
tish va sotib olish kurslari kotirovka qilinadi va mos ravishda kross-kurs 
hisoblanadi. Bunda valyuta sotib olish kursi va sotish kursi orasidagi 
marja (AFR-BFR) forvard operatsiyasidagi nisbatan kattaroq va yillik 
0,125-0,25% ni tashkil qiladi, «spot» kursi bo‗yicha esa u bor yo‗g‗i yil-
lik 0,08-0,1% ni tashkil qiladi. 
Forvard kursi asosan 2 usul bilan kotirovka qilinadi: 
«autrayt» usuli va «svop-stavka» usuli. 
«Autrayt» usuli bilan kotirovkalashda banklar mijozlarga to‗liq 
spot-kurs, forvard kursi, shuningdek, valyutani yetkazib berish muddati 
va summasini belgilab beradilar. 
Ammo, ko‗pgina hollarda, banklararo bozorda forvard kursi svop-
stavka yordamida kotirovka qilinadi. Forvard marja (svop-stavka) 
quyidagi sabablarga ko‗ra keng tarqaladi: a) ular odatda o‗zgarishsiz qo-
ladi, «spot» kursi esa juda tez o‗zgarib turadi; shu sababli, mukofot va 
diskontni o‗zgartirish uchun ehtiyoj kam bo‗ladi; b) ko‗rgina bitimlarni 


196
tuzishda butun forvard kursini emas, balki forvard marjasining 
o‗lchamini bilish yetarli hisoblanadi. 

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling