4-§. Ichki valyuta bozorida xorijiy valyutani sotish
va sotib olish tartibi
O‗zbekiston Respublikasida chet el valyutasida ichki valyuta
bozorida operatsiyalarni amalga oshirish valyuta operatsiyalarini amalga
oshirish bo‗yicha litsenziyaga ega bo‗lgan banklar tomonidan
o‗tkaziladi.
185
Valyuta litsenziyasiga ega bo‗lgan banklar chet el valyutasini sotish
va sotib olish huquqiga egalar.
O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankining «Ochiq valyuta
pozitsiyasini yuritish» qoidasida ochiq valyuta pozitsiyasi uchun
quyidagi limitlar o‗rnatilgan:
- ixtiyoriy valyutada ochiq valyuta pozitsiyasi limiti har bir
operatsion kun oxirida valyutali banklarda o‗z mablag‗ining 50% idan
oshmasligi va bankning umumiy ochiq valyuta pozitsiyasining limiti har
operatsion kunning oxirida uning o‗z mablag‗larining 20% idan
oshmasligi lozim;
- summar ochiq valyuta pozitsiyasi uzun valyuta pozitsiyasi
ko‗rinishida o‗rnatiladi. Valyutani sotish va sotib olishda bank faqatgina
ochiq valyuta pozitsiyasidan foydalanmaydi, kunora banklarda umumiy
valyuta pozitsiyasi «Nostro» hisob varag‗i bo‗yicha olib boriladi. Agar
to‗lovlar kirim bilan qo‗shilib ketsa, bir hisobdan boshqa hisob varag‗i
mablag‗larni o‗tkazishda xatolikka yo‗l qo‗yilsa, bunda bank kunora
ochiq maxsus hisob varag‗i bo‗yicha tekshirish o‗tkazadi.
Chet el valyutasini sotish va sotib olishda bank valyuta pozitsiyasi
limitiga rioya qilishi kerak. Bank valyuta operatsiyalarini bajarganda
valyuta zaxiralarining bir qismini sarflaydi. Bunda bankning xorijiy
valyutalar bo‗yicha majburiyati va talablari orasidagi nisbat o‗zgaradi.
Bankning xorijiy valyutalarni sotish va sotib olish jarayonidagi
valyutalar bo‗yicha talab va majburiyatlari nisbati holati banklarning
valyutaviy holati yoki valyuta pozitsiyasi deyiladi. Valyutaviy holat
Do'stlaringiz bilan baham: |