Таълим вазирлиги тошкент молия институти «ИҚтисодиёт» кафедраси


Download 262.31 Kb.
bet1/25
Sana05.01.2022
Hajmi262.31 Kb.
#207503
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
obidjonov.o.mm56.KursIshi


ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС

ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ

ТОШКЕНТ МОЛИЯ ИНСТИТУТИ

«ИҚТИСОДИЁТ» КАФЕДРАСИ
«МАКРОИҚТИСОДИЁТ » фанидан
КУРС ИШИ

Мавзу: НАРХ БЎЙИЧА ТАЛАБ ЕЛАСТИКЛИГИ ВА УНИ БИЗНЕС АМАЛИЁТИДА ҚЎЛЛАНИЛИШИ

Бажарди: Молия факультети, MM-56 гуруҳи талабаси Обиджонов Олимжон Олмос ўғли
Текширди: _______________________________

Курс иши тақризга топширилган сана

«____» _______202 й.




Курс иши тақриздан қайтарилган сана

«____» _______202 й.

Курс иши ҳимоя қилинган сана

«____» _______202 й.
Баҳо «_____» _________


___________

(имзо)

___________

(имзо)

___________

(имзо)

Комиссия аъзолари:

__________________

__________________

__________________




ТОШКЕНТ – 2021

Mavzu: Narx bo’yicha talab elastikligi va uni biznes amaliyotida qo‘llanilishi

Reja:

Kirish


  1. Elastiklik nazariyasining qo’llanilishi

  2. Biznesni boshqarish muammolarida talabning elastikligidan foydalanish

  3. Narxlar o’zgarishi oqibatlarini baholashning amaliy usuli. Daromad va foydani maksimal darajada oshirish

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati

  Kirish
Har bir korxona o’z foydasini oshirishni ko’zlaydi albatta va buning uchun esa o’sha korxona o’z xarajatlarini maksimal darajada qisqartirib daromadini esa maksimal darajagacha olib chiqa olsa erishadi. Bunday mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun esa korxona qancha miqdorda mahsulotni ishlab chiqarishi ya’ni talabni o’rganib chiqishi talab etiladi.

Ayniqsa, bugungi kunda hukm surayotgan raqobatlashuv sharoitida iste’molchilar talabining o`zgarishi, real sektorda yaratilayotgan tovar va xizmatlar narxining shakllanishi, foydani maksimallashtirish, noaniqlik sharoitida qaror qabul qilish, shuningdek, narxga va boshqa omillarga bog`liq talab va taklif elastikligining mazmun mohiyati, davlatning bozorga aralashuvi, ya’ni tovarlarga minimal va maksimal narxlarni o`rnatish ham va hattoki uning oqibatlari bilan bog`liq tushunchalar, qarashlarni sababliy bog`liqlikda tizimli tahlil etishda elastiklik alohida o`rin tutadi. Ko`plab mashhur iqtisodchi olimlar shuni ta`kidlab o`tishadiki, tovarning elastikligi prujinaga o`xshaydi va tovaring elastikliligini to`g`ri baholash va uni tahlil qilish yuzaga kelgan muammolarni hal qilishda va yuqori tavakkalchilik muammolarini hal qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Biz shuni bilamizki tovarlarga bo`lgan talab faqat uning narxiga bog`liq bo`lmay balki yana biz iste`molchilar daromadiga va boshqa tovarlarning narxiga bog`liq. Ammo taklif esa har ikkalasiga bog`liq ya`ni narxga ham ishlab chiqarish xarajatlarining o`zgarishiga bog`liq ravishda o`zgarib turadi. Ko`pgina hollarda biz qancha miqdorda tovar xarid qilishni bilmay qolamiz va bunday hollarda faraz qilaylik narx 10% ga oshgan bo`lsin shunda unga talab qanday o`zgaradi yoki bo`lmasa daromadimiz 5% ga oshganda u qanchaga o`zggarishini hisoblashimizda biz elastiklik tushunchasidan foydalanamiz. Ammo bunga faqat iste`molchilar daromadi emas, yana boshqa tovarlarning narxi ham ta`sir qilmasdan qolmaydi. Bunday holatlarda o`rnini bosuvchi tovarlar, bir-birini o`rnini to`ldiruvchi tovarlar ham elastiklikning qanday o`zgarishiga ta`sir qiladi.

Hamda, Davlatimiz rahbari O'zbekiston bozor iqtisodiyotiga qat'iy o'tishi jarayonida raqobat masalasi printsipial ahamiyatga ega ekanini ta'kidladi.

Buda, “Meni tashvishlantiradigan masala shuki, korxonalarimiz tashqi raqobatga bardosh bera oladimi? CHetdan tovar kirib kelsa, yurtimizda ishlab chiqarilgan xuddi shunday mahsulot unga raqobatchi bo'la oladimi? Mahalliy mahsulotlarning tannarxini pasaytirsak, xorijdan o'zlari olib ketishadi. Bugungi kunda 31 ta tovarlar guruhi va 82 turdagi xizmatlar bozorida 245 ta korxona monopol holatda saqlanib qolmoqda. Lekin bir qator yo'nalishlarda raqobat muhiti shakllanib bo'lgan 19 xil mahsulot va xizmatlar bo'yicha 70 ta korxonani monopolistlar reestrdan chiqarish mumkin. Raqobat bo'lmasa, sifat bo'lmaydi, narx tushmaydi. Zamon o'zgaryapti, lekin monopol korxonalar o'zgara olmayapti. Qat'iy choralar ko'rish vaqti-soati keldi. Iqtisodiyotda bu hayot-mamotimiz. Agar rahbarlar shunga munosib bo'lsa, ishlaydi, bo'lmasa – ketadi”1 – dedi Prezident.

Bugungi kunda ko`plab rivojlangan va jahon iqtisodiyotida yetakchi o`rin tutadigan mamlakatlar tajribasi shuni so`zsiz isbotlab bermoqdaki, raqobatdoshlikka erishish va dunyo bozorlariga chiqish, birinchi navbatda iqtisodiyotni izchil isloh etish, tarkibiy jihatdan o`zgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal rivojlanishini ta’minlash, faoliyat ko`rsatayotgan quvvatlarni modernizatsiya qilish va texnik yangilash jarayonlarini tezlashtirish hisobidan amalga oshirilishi mumkin. Talab va taklif o`rtasidagi nomutanosiblikning yuzaga chiqqanligi, iste’mol tovarlariga bo`lgan talabning pasayishi oqibatida hosilaviy bozorlar (mehnat bozori, qimmatli qog`ozlar bozori)ga ham jiddiy ta’sir ko`rsatayotganligi, aynan mikroiqtisodiy tushunchalardan elastiklik haqida nazariy-amaliy o`rganish va tadqiq etish lozimligini ko`rsatmoqda.

Talab va taklifning elastikligi nazariyasi katta amaliy ahamiyatga ega. Keling, uning qo'llanilishini aniq misollar bilan tasvirlab beraylik. Ishlab chiqarish xarajatlarining oshishi kompaniyani mahsulot narxini oshirishga undaydi. Savdo nima bo'ladi? U sezilarli darajada kamayadimi yoki umuman o'zgarmaydimi? Narxlarning ko'tarilishi iste'molchilar talabining bir qismi yo'qolishi sababli foydaning kamayishini qoplaydimi? Ushbu savollarga javob berish va korxona uchun to'g'ri narx strategiyasini tanlash uchun biz ma'lum bir mahsulotga talab va taklifning egiluvchanligi to'g'risida ma'lumotga ega bo'lishimiz kerak va biz ushbu holatni batafsil ko’rib chiqamiz.



Talabning elastikligi talab qilinadigan miqdorning boshqa tashqi omil o'zgarishiga nisbatan sezgirligini anglatadi. Talab egiluvchanligining ko'p turlari mavjud. Biroq, korxonalar uchun eng dolzarb bo'lgan narsa, narxning o'zgarishi natijasida talab o'zgarishini o'lchaydigan talabning narx egiluvchanligi. Turli xil mahsulotlar turli xil egiluvchanlikni namoyish etadi, bu esa o'z navbatida firmaning narx qarorlariga ta'sir qiladi.

Bizning bu kurs ishida elastiklik tushunchasi, elastiklik koeffitsientini hisoblash talabni narxga ko`ra elastikligi, talab va taklif funksiyasi uchun elastiklik koeffitsientini hisoblash, yoysimon elastiklik va uni hisoblash, elastik va elastik bo`lmagan talab, absolyut elastik va absolyut elastik bo`lmagan talab, talab elastikligiga ta’sir qiluvchi omillar, talabning iste’molchi daromadiga ko`ra elastikligi, kesishgan talab elastikligi koeffitsientini hisoblash, normal tovarlar, past kategoriyali, oliy kategoriyali va birlamchi ehtiyoj tovarlar, taklif elastikligi, Engel chiziqlari, elastiklik nazariyasining amalda qo`llanilishi, sotuvchi daromadini talab elastikligiga ko`ra tahlil qilish, soliq yukini kamaytirishga qaratilgan oqilona soliq siyosatining mazmun-mohiyati, soliq yukini elastiklik nazariyasiga ko`ra taqsimlanishini taqlil qilish, bozor sharoiti o`zgarishi oqibatlarini prognoz qilish va baholash kabi nazariy tushunchalarni to`liqligicha tahlil qilamiz.




Download 262.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling