Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

5. Berilish usullari bo‗yicha kreditlar qoplash uchun va to‗lov 
uchun kreditlarga bo‗linadi. Birinchi holatda kredit qarz oluvchining 
hisob varag‗iga xarajatlarni qoplash uchun o‗tkaziladi. Bunda yana 
avans xarakteridagi ssuda mablag‗larining o‗tkazilishi ham nazarda 
tutiladi. Ikkinchi holatda bank ssudasi bevosita naqd pulsiz hisob-
kitoblarda hisob hujjatlarini to‗lash uchun beriladi. 
Shu bilan birga, bir martalik kreditlar ham bo‗ladi, ya‘ni 
shartnomada belgilangan muddat va summada taqdim etiladi. Biroq 
ko‗pchilik mamlakatlarda kredit liniyalari keng qo‗llaniladi.
6. Bank kreditlarini qaytarilish tartibi bo‗yicha 2 guruhga 
ajratish mumkin. Talab qilib olinadigan va muddatli kreditlar.
Muddatli kreditlar qisqa, o‗rta va uzoq muddatli kreditlarga 
bo‗linadi. 


244
Shuningdek, qaytarishlik vaqtiga qarab, bir vaqtda qaytariladigan 
kreditlar va bo‗lib-bo‗lib to‗lanadigan kreditlar kiradi. 
Odatda, yuridik shaxslar va aholiga joriy ehtiyojlarni qoplash uchun 
naqd pul mablag‗lari kerak bo‗lganda, beriladigan qisqa muddatli 
kreditlar, bir vaqtda qaytariladigan kreditlar hisoblanadi. Bu yerda 
asosiy qarz va foizlarni yagona summada kredit muddati tugashi bilan 
qaytariladi.
Bir necha muddatda qaytariladigan kreditlar bu ikki yoki undan 
ortiq to‗lovlar bilan amalga oshiriladigan ssudalar hisoblanadi. (odatda, 
har oy, har kvartal yoki har yarim yilda). Bu guruhga turli xil kreditlar: 
tijorat, ochiq schyot bo‗yicha, veksel, lizing, faktoring, forfeyting va 
boshqalar kiradi.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarda bir kecha muddatda 
qaytariladigan kreditlar yuridik va jismoniy shaxslarga tovarlar va 
ko‗chmas mulklarni sotib olish uchun beriladigan o‗rta va uzoq muddatli 
kreditlashda keng qo‗llaniladi. 
 

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling