4-§. Bank kreditlarining turlari va shakllari
Endi banklar tomonidan berilayotgan kreditlarning turli belgilari va
shakllarini ko‗rib chiqamiz.
Jahon amaliyotida bank kreditlarining yagona, umumlashgan tasnifi
yo‗q, chunki kreditlarni turli xil shakllari har bir mamlakatning iqtisodiy
rivojlanish darajasiga, ularning urf-odatlariga, aholi orasida ssudalarni
berish va qaytarish tarixan shakllangan usullariga bog‗liq bo‗ladi.
Shunday bo‗lsa ham banklarning eng ko‗p uchraydigan kredit
operatsiyalarini turli xil mezonlar va o‗lchovlaridan kelib chiqqan holda
guruhlashtirishga harakat qilib ko‗ramiz:
1. Bank kreditlarini qarz oluvchilarning guruhlari bo„yicha:
davlat, boshqa banklar, xo‗jalik subyektlari, turli moliya tashkilotlari,
aholi va boshqa subyektlarga tasniflash mumkin.
2. Kreditlar maqsadi yoki qaysi sohaga yo„naltirilishi bo„yicha:
sanoat, qishloq xo‗jaligi, savdo, investitsion, iste‘mol va boshqa
kreditlarga bo‗linadi.
Bank kreditlari kapitalga yo„naltirilishiga qarab 2 xil bo‗lishi
mumkin: asosiy kapitalni moliyalashtirish uchun yoki aylanma kapitalni
moliyalashtirish uchun ssudalar beriladi. Bular, o‗z navbatida, ishlab
chiqarish yoki muomala (savdo) sohasiga yo‗naltiriladigan kreditlarga
bo‗linadi. Inflyatsiya sharoitida tijorat banklari amaliyotida savdo va
spekulyativ (chayqovchilik) operatsiyalarini moliyalashtirishga yo‗nal-
tirilgan ssudalar aksariyat qismni tashkil etadi.
3. Hajmi bo„yicha kreditlar katta (yirik), o‗rta, kichik va
mikrokreditlarga bo‗linadi. Lekin xalqaro amaliyotda kreditlarning
hajmi bo‗yicha umum qabul qilingan yagona o‗lchov (mezon) mavjud
255
o‗z kreditlarini savdo va sanoat sohasini kreditlashga, shuningdek,
ko‗chmas mulk bilan bog‗liq operatsiyalarni amalga oshirishga
yo‗naltiradi.
25-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |