Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

Kreditlar muddatiga ko‗ra qisqa muddatli, o‗rta muddatli va uzoq 
muddatli turlarga bo‗linadi. 
Qisqa muddatli kredit amal qilish muddati 12 oydan oshmaydigan 
ssuda bo‗lib, uning muddatining uzaytirilishi kreditlanayotgan 
tadbirlarni o‗tkazish muddati, ularning qoplanishi va boshqa shartlardan 
kelib chiqqan holda belgilanadi. Qisqa muddatli ssudalar kreditlarning 
233
boshqa turlariga nisbatan likvidliroq hisoblanadi va 1yil muddatgacha 
beriladi. 1 yildan ortiq muddatga berilgan kreditlar, odatda, uzoq 
muddatli kreditlar hisoblanadi. Ba‘zi davlatlar amaliyotida 1 yildan 3 
yoki 5 yilgacha berilgan kreditlar o‗rta muddatli kreditlar, 5 yildan ortiq 
muddatga berilgan kreditlar uzoq muddatli kreditlar deb qaraladi. 
Kreditning muddatlilik tamoyili uning qaytarishlik tamoyili bilan 
uzviy bog‗liq bo‗ladi. Kreditlashning muddatliligi ikki tomonlama xa-
rakterga ega. Birinchidan, kreditning mohiyati vaqtincha foydalanishga 
berilgan mablag‗larning qaytarilishinigina bildirib qolmay, balki bu qay-
tarilishning aniq muddatlarini belgilashni ham taqozo etadi. Kreditning 
muddati, bir tomondan, foydalanishga berilayotgan kredit resurslarin-
ing bo‗sh turish muddati bilan belgilansa, ikkinchi tomondan, qarz 
oluvchining mablag‗larga bo‗lgan vaqtinchalik ehtiyojlarining muddati-
ga bog‗liq. Kreditlash muddatliligining bu ikki tomonlama xarakteri ino-
batga olinganda, vaqtinchalik foydalanishga berilgan mablag‗larni to‗liq 
va belgilangan muddatda qaytarilishini ta‘minlash mumkin. Kreditning 
muddatliligiga rioya qilish banklar uchun ham, qarz oluvchilar uchun 
ham muhim ahamiyatga ega. Buning hisobiga bank kredit resurslarining 
aylanishini jadallashtirsa va ulardan oqilona foydalanishga erishsa
xo‗jaliklar o‗z daromadlarini ko‗paytirish, o‗z va qarz mablag‗laridan 
foydalanish samarasini oshirishlari mumkin. Kredit muddatini uzaytirish 
aksariyat hollarda bankning ruxsati bilan amalga oshiriladi. Kredit 
muddati qarz olingan mablag‗larning qaysi davrgacha foydalanishini 
hisobga olgan holda belgilanadi 

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling