Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
-§. Kredit munosabatlarining obyektlari va subyektlari
Download 5.53 Mb. Pdf ko'rish
|
bank ishi (2) (1) (1)
2-§. Kredit munosabatlarining obyektlari va subyektlari Bozor iqtisodiyoti sharoitida kreditning asosiy turi bo‗lib, bank krediti, ya‘ni tijorat banklari tomonidan beriladigan har xil turdagi va ko‗rinishdagi kreditlar hisoblanadi. Kredit munosabatlari yuzaga kelishi uchun uning obyektlari va subyektlari bo‗lishi lozim. Kreditlarning turiga qarab kredit munosabatlarining ishtirokchilari, ya‘ni kreditning 234 zaxirasi, tugallanmagan ishlab chiqarish yoki tayyor mahsulot hamda mavjud moddiy boyliklarni ta‘minlash uchun beriladi. Bu tamoyil aso- san korxonalarga berilgan ssudalar yoki tomonlar majburiyatlari bilan real ta‘minlanadi. O‗zbekiston Respublikasida banklar faoliyatining xalqaro bank amaliyotiga yaqinlashib borayotgan sharoitda kreditning ta‘minlanganligi sifatida tovar-moddiy boylik va xarajatlardan tashqari garov, kafolat va kafillik kabi shakllari ham amaliyotda keng qo‗llanilmoqda. Bu holat bank risklarini kamaytirgan holda kreditlarning bankka o‗z vaqtida qaytishini ta‘minlaydi. Ssudaning o‗z vaqtida qay- tarilishini ta‘minlash uchun kredit shartnomasiga ko‗ra qarz oluvchi ga- rovga ma‘lum qiymatga ega bo‗lgan mol-mulkni qo‗yib rasmiylashtiradi. Agar kredit oluvchi kreditni o‗z vaqtida qaytara ol- masa, u holda garovni sotish choralari ko‗riladi. Kredit bo‗yicha ta‘minotning miqdori kredit miqdorining 125 foiziga teng bo‗lishi lozim. Xo‗jalik subyektining faoliyati yoki ta‘minotga olinayotgan mulkning qiymati nobarqaror bo‗lgan hollarda kredit miqdori garovga qo‗yilgan mulk qiymatining 50-60 foizi miqdorida ham bo‗lishi mumkin. Kreditlashning yana bir tamoyili - olingan kreditning to„lovliligidir. Bunda shartnomaga ko‗ra kredit oluvchi korxona o‗z ehtiyoji uchun kreditga olgan pul mablag‗laridan vaqtincha foyda- langanligi uchun bankka belgilangan haqni to‗lashi lozim. Amaliyotda bu tamoyil bankning foiz mexanizmi orqali amalga oshiriladi. Bankning foiz stavkasi bu kreditning «narxidir». Kredit uchun haq to‗lash korxo- nalarni xo‗jalik hisobiga, shu jumladan, resurslarning ko‗payishiga hamda jalb qilingan mablag‗lardan foydalanishga ta‘sir etadi. Bank muassasalari kredit foizi hisobidan o‗z xarajatlarini qoplaydi. Kredit uchun haq to‗lash tamoyili qarzga olingan mablag‗lardan unumli foyda- lanish va kreditni qaytarish muddatini tezlashtirish maqsadida korxon- aga iqtisodiy ta‘sir ko‗rsatish vositasidir. Bank foizi kredit turlariga qarab turlicha belgilanadi. Qaytarilish muddati o‗tib ketgan kreditlar uchun oshirilgan miqdorda foiz olinadi, bu esa qaytarish muddati shartlariga qat‘iy ravishda rioya qilishga yordam beradi. Download 5.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling