Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


-§. Aylanma aktivlarni tashkil qilish manbalari


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

 
2-§. Aylanma aktivlarni tashkil qilish manbalari 
Korxona va tashkilotlar o‗zida mavjud zaxira va xarajatlar 
summasini xom cho‗t qilish asosida o‗tgan davrda mavjud mablag‗lar va 
kutilayotgan o‗zgarishlarni hisob-kitob qilish yo‗li bilan kreditga 
bo‗lgan talabni aniqlaydilar.
Xo‗jalik subyektlarining aylanma aktivlari quyidagi manbalar 
hisobidan tashkil qilinadi:
1. Korxonaning o‗z mablag‗lari. 
2. Bank kreditlari. 
3. Kreditor qarzlar.
4. Boshqa manbalar. 
Xo‗jalik subyektlari ishlab chiqarish va tovarlarni sotish jarayonini 
normal olib borish uchun tovar-moddiy boyliklar va ishlab chiqarish 
xarajatlarining minimal miqdorida o‗z aylanma mablag‗lariga ega 
bo‗lishi kerak.
Korxonalarning o„z aylanma mablag„lari quyidagi manbalar:
a) davlat korxonalarida budjetdan ajratmalar hisobidan;
b) yuqori tashkilotlarning ajratmalari; 
d) ta‘sischilarning pay badallari; 


262
e) aksiyador korxonalarda aksiyalar chiqarish va sotish yo‗li bilan 
vujudga keladigan mablag‗lar (kapitali) va boshqa manbalar hisobidan 
tashkil topadi. 
Korxonaning o‗z aylanma mablag‗lari uning kapitalida o‗z ifodasini 
topadi. Ustav kapitali asosan foyda hisobidan yoki qo‗shimcha aksiyalar 
chiqarish va sotish hisobidan ko‗paytirib boriladi. Korxonaning o‗z 
kapitalining miqdori qancha yuqori bo‗lsa, uning faoliyati shunchalik 
boshqa 
kreditorlarga 
bog‗liq 
bo‗lmaydi, 
ya‘ni o‗z aylanma 
mablag‗larining yuqori salmog‗i korxonaning moliyaviy jihatdan 
mustaqilligidan dalolat beradi.
Aylanma aktivlarning ikkinchi manbasi - bank krediti va boshqa 
qarz mablag‗lari hisoblanadi. Korxonaning normal faoliyatini olib borish 
uchun o‗z aylanma mablag‗lari yetarli bo‗lmasa, xo‗jalik subyekti o‗z 
faoliyatini normal olib borishi uchun oborotiga qisqa muddatli bank 
kreditlarini jalb qilishi mumkin. Xo‗jaliklar faoliyatida bunday ahvol 
mavsumiy va vaqtinchalik zaxiralar va xarajatlarni qoplash, akkreditiv 
ochish va boshqa hisob-kitoblarni amalga oshirish jarayonida va boshqa 
shunga o‗xshash holatlarda yuzaga keladi.
27-jadval 

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling