Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


-§. Mijozning kreditga layoqatliligi va


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

3-§. Mijozning kreditga layoqatliligi va
uni baholashning manbalari 
 
Kreditga layoqatlilik – bu mijozning moliyaviy faoliyatiga har 
tomonlama berilgan baho bo‗lib, u qarz oluvchining so‗ralayotgan 
kreditni (asosiy qarz summasi va u bo‗yicha foizlarni) o‗z vaqtida 
qaytarish va boshqa qarz majburiyatlarini to‗lay olish qobiliyatini 
ko‗rsatadi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‗jalik subyektlarining, banklar 
faoliyatining tijoratlashuvi yuzaga keladi. Keyingi yillarda turli xil 
mulkchilik shakliga asoslangan korxonalar tashkil topmoqda. Bozor 
munosabatlari sharoitida korxonalar qaysi mulkchilik shakliga 
asoslangan bo‗lishiga qat‘i nazar iqtisodiy jihatdan to‗liq mustaqil 
bo‗lib, o‗z xarajatlarini o‗z daromadlari hisobidan qoplashlari lozim. 
Xo‗jalik subyektlari o‗z faoliyatlarini tashkil qilish va olib borishda 
iqtisodiy jihatdan mustaqil bo‗lsalarda ular faoliyatini kengaytirish
yangilash va boshqa rivojlanish jihatlari ularda qo‗shimcha pul 
mablag‗lariga ehtiyojni yuzaga keltiradi va bu ehtiyoj zarur bo‗lganda 
bank kreditlari hisobidan qoplanishi mumkin. Shu sababli, bozor 
iqtisodiyoti sharoitda kredit va uning muhim elementlaridan biri kreditga 
layoqatlilikni baholashning o‗rni va roli muhim ahamiyat kasb etadi. 
Chunki banklar ham bozor munosabatlarining mustaqil subyektlaridan 
bo‗lib, iqtisodiy jihatdan faoliyat natijalari uchun o‗zlari javobgar 
hisoblanadilar. 
Biz 
oldingi 
paragraflarda 
ta‘kidlaganimizdek, 
banklarning maqsadi ham korxonalarnikiga o‗xshash bo‗lib, ular o‗z 
xarajatlarni o‗z daromadlari hisobidan qoplab yuqori foyda olishga 
intiladilar. Banklarning foyda bilan ishlashi ularning yanada keng 
tarmoqli faoliyat olib borishiga, mijozlarga ko‗rsatadigan xizmat turlari 
va sifatini kengaytirishga, ustav kapitalini oshirishga, bank xodimlarini 
moddiy 
rag‗batlantirishga, 
ko‗proq 
mablag‗ 
ajratishga, 
o‗z 
aksionerlariga ko‗proq dividendlar to‗lashga va bularning barchasi 
bankka bo‗lgan ishonchning yanada oshishiga imkoniyat yaratadi. 
Tijorat banklari faoliyatida qo‗ygan maqsadga erishish va bergan 
kreditlarining samara bilan bankka qaytib kelishini ta‘minlashi uchun 
mijozning moliyaviy holatini uning kreditni o‗z vaqtida qaytara olish 
imkoniyatlarini tekshirib ko‗rishi lozim.
Korxona va banklar uchun kreditga layoqatlilik ko‗rsatkichining 
ahamiyati muhimligini hisobga olib biz kreditga layoqatlilik 
ko‗rsatkichining iqtisodiy mohiyati to‗g‗risida fikr yuritmoqchimiz. 
263
1. Kreditning xo‗jalik oborotida ishtirok etishi aylanma 
mablag‗larni iqtisod qilishga olib keladi.
2. Kredit xo‗jaliklar faoliyatida uchrab turuvchi mavsumiy ehtiyoj, 
boshqa pul mablag‗lari etishmasligi sababli yuzaga keluvchi salbiy 
holatlar bilan bog‗liq bo‗linishlarning oldini olishga yordam beradi.
3. Kredit ishlab chiqarish, tayyorlov va sotish jarayonini 
tezlashtiradi va hajmini oshiradi.
4. Kredit o‗z vaqtida hisob-kitoblarni amalga oshirishga imkoniyat 
yaratadi.
5. Bank korxonalarga kredit berish yo‗li bilan ularning faoliyatini 
yaxshilanishiga ta‘sir ko‗rsatadi.
Aylanma aktivlarning uchinchi manbasi - kreditor qarzlardir
Kreditor qarz shaklidagi mablag‗lar korxonaga tegishli bo‗lmagan 
mablag‗lar bo‗lsa-da, ular korxona oborotida doimo ishtirok etadi. Shu 
tufayli ular aylanma aktivlarning manbayi hisoblanadi. Kreditor 
qarzlarga quyidagilar kiradi:
1. Mol yetkazib beruvchilar bilan hisoblar. 
2. Byudjet bo‗yicha qarzlar.
3. Mehnatga haq to‗lash bo‗yicha qarzlar. 
4. Ijtimoiy sug‗urta va ta‘minot bo‗yicha qarzlar. 
5. Mulkiy va shaxsiy sug‗urta bo‗yicha qarzlar. 
6. Byudjetdan tashqari to‗lovlar bo‗yicha qarzlar. 
7. Shu‘ba korxonalariga qarzlar.
8. Uyushma korxonalariga qarzlar
9. Boshqa kreditorlar.
Aylanma aktivlarning boshqa manbalariga moddiy rag‗batlantirish 
fondi va boshqa fondlar qoldiqlari kirishi mumkin. Korxonalarning 
moliyaviy ahvoli ijobiy bo‗lsa, u o‗z vaqtida bank kreditini to‗lashi, mol 
yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitob qilishi, ish haqini to‗lashi, 
byudjetga to‗lovlarni, o‗z vaqtida, amalga oshirishi mumkin.
Korxonaning moliyaviy ahvoli yomonlashganda to‗lanmagan 
qarzlar hosil bo‗ladi. To‗lanmagan qarzlar:
a) bank kreditlari bo‗yicha; 
b) mol yetkazib beruvchilarga o‗z vaqtida to‗lanmagan qarzlar;
d) ish haqi bo‗yicha to‗lanmagan qarzlar va boshqalar bo‗yicha 
yuzaga keladi.
To‗lanmagan qarzlarning yuzaga kelish sabablari korxona 
ko‗zlagan rejalarining amalga oshirilmaganligi, aylanma aktivlardan 
foydalanishida samaraga erisha olmaslik va boshqalar bo‗lishi mumkin.


264
Aylanma aktivlardan foydalanishda bo‗ladigan kamchiliklar: 
• korxonalar o‗z aylanma mablag‗lari bilan yetarli ta‘minlanmagan 
sharoitida; 
• aylanma aktivlar aylanishi sekinlashganda;
• korxonada talabdan ortiqcha tovar moddiy boyliklar zaxiralari 
yig‗ilib qolganda;
• aylanma aktivlar ko‗zda tutilganidan boshqa maqsadlarga 
ishlatilganda yuzaga keladi. 
Korxona o‗z aylanma aktivlarining holatini, ularning samaradorlik 
ko‗rsatkichlarini doimiy nazorat qilib borish lozim.
Aylanma 
aktivlardan 
foydalanishning 

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling