Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

Altman modeli 
Ko„rsatkichlar 
Mos ko„rsatkichlarning nisbati 
Koeffitsiyentlar 
Index1 
Sof aylanma aktivlar/Umumiy aktivlar 
K1= +1,2 
Index2 
Rezervlar/Umumiy aktivlar 
K2= +1,4 
Index3 
Yalpi foyda/Umumiy aktivlar 
K3= +3,3 
Index4 
O‗z (xususiy) kapital/Umumiy qarzdorlik K4= +0,6 
Index5 
Umumiy aylanmalar/ umumiy aktivlar 
K5= +0,9 
Doimiy 
ko‗rsatkich 
-2,675 


320
-kasbi: kichik riskdagi kasb uchun – 0,55, yuqori riskdagi kasb 
uchun – 0, 0,16 – boshqa kasblar uchun; 
-bandligi – 0,059 – bir korxonada ishlagan har bir yili uchun (mak-
simum – 0,59); 
- moliyaviy ko‗rsatkichlari: 0,45 – bankdagi mablag‗lari uchun; 
0,35 – ko‗chmas mulkka egaligi uchun, 0,19 – hayoti sug‗urta polisi u-
chun va h.k. 
Bu koeffitsiyentlarni qo‗llash bilan Dyuran ―yaxshi‖ va ―yomon‖ 
mijoz o‗rtasidagi chegarani 1,25 ball deb oldi. 1,25 balldan yuqori balli 
mijozlar kreditga layoqatli hisoblangan, bundan kam ball yiqqanlar esa 
kreditga layoqatsiz deb topilgan. 
Hozirda AQSh banklari individual shaxslarni kreditlashda turli xil 
yondashuvlar ishlab chiqmoqdalar. Har bir bank o‗zining xususiy tizimi 
orqali mijozlarning kreditga layoqatliligini baholashmoqda. Ko‗pgina 
Amerika banklari o‗z amaliyotida mijozlarning kreditga layoqatliligini 
baholashda ikki xil usuldan foydalanadilar: 
- mijozni bank talablari yuzasidan tekshirib chiqadi va kredit berish 
yoki bermaslikni hal qiladi; 
- kreditga layoqatlilikni baholashda ball tizimi, matematik 
korrelyatsion tahlil va omillar tahlilidan foydalaniladi. 
Banklar mijoz balansining moddalari va bo‗limlari orasidagi turli 
proporsiyalarni ta‘riflovchi boshqa moliyaviy koeffitsiyentlarni ham 
hisoblaydi. Bu koeffitsiyentlarning me‘yoriy kattaliklarini belgilaydilar 
va mavjud kattaliklarni ular bilan solishtirib, so‗ng solishtirish 
natijalariga ko‗ra mijozning kreditga layoqatliligi hisoblanadi. Har bir 
koeffitsiyentga (uning normativga yaqinligiga), berilgan ballar 
yig‗indisiga qarab mijozning moliyaviy holati yuqori, o‗rta yoki past 
guruh likvidlik bo‗yicha ajratiladi. Mijozning reytingi bo‗yicha qaysi 
gurhga mansubligiga qarab bank kredit talablarini susaytirishi, 
kuchaytirishi 
yoki 
umuman kreditlashni 
rad 
etishi 
mumkin. 
Koeffitsiyentlarning me‘yoriy chegarasi turli tarmoq, hudud va 
boshqalardagi korxonalar uchun turlicha bo‗lishi mumkin. Bunday 
baholashlar haqiqatga yaqinroq bo‗lishi uchun uzoq muddat orasidagi 
mijozning moliyaviy ahvolini nazorat qilib borish, o‗zgarishning aniq 
yo‗nalishlarini, davrlarini, qonuniyatlarini aniqlovchi xususiy statistik 
ma‘lumot bazasini yaratadilar. 
Qarz oluvchi moliyaviy holatini baholash bilan birga bank uning 
faoliyat jarayonini, ishlab chiqarish, mol yetkazib beruvchilar va 
xaridorlar bilan munosabatlarini, korxona egalari bilan yollanma 
305
layoqatliligini aniqlashda, ba‘zi bir ilg‗or xorijiy tajribalarni o‗z 
amaliyotiga joriy qilib borishlari, kreditlashda, birinchi navbatda, kredit 
riski darajasini inobatga olishi, uni to‗g‗ri aniqlash va hisob-kitob 
qilishga e‘tibor qaratishi muhim ahamiyatga ega bo‗ladi. Shuningdek, 
inson (subyekt) omiliga e‘tibor qaratish hamda kreditlashda differensial 
(mijozning kredit tarixi va moliyaviy barqarorligidan kelib chiqib) 
yondashuvni amalga oshirish bo‗yicha banklar faoliyatining 
takomillashtirilishi ham mamlakatimiz iqtisodiyotining uzluksiz o‗sish 
sur‘atlarini yanada oshirishga zamin yaratadi.

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling