Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
Download 5.53 Mb. Pdf ko'rish
|
bank ishi (2) (1) (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- ingliz iqtisodchisi Kristofer A Blumfild kafolat berayotganda
- “bank kafolati chaqiriladigan xarakterga ega”
Xalqaro talablarga muvofiq bank kafolatida prinsipal garant va
benefitsarlar nomlari, shartnoma shartlari, to‗lanishi kerak bo‗lgan maksimal summa, to‗lov valyutasi nomi, kafolatning amal qilish muddati, to‗lovni talab qilish usuli, majburiyat summasini kamaytirish imkoniyatlari kabi ma‘lumotlar aks ettirilishi, shuningdek, kafolat matnida kafolatning chaqirilmaydigan xarakterda ekanligi to‗g‗risida ko‗rsatilishi kerak Bank kafolati va kafillikning qo‗llanishidan maqsad majburiyat (kreditni qoplash bo‗yicha)ni bajarishni ta‘minlash usuli bo‗lganligi bilan ularning mohiyati umumiy tavsifga ega Ammo bank kafolati va kafil o‗rtasida quyidagi aniq farqlar mavjud: 1. Bank kafolati (kafillikdan farqli ravishda) asosiy majburiyatga bog‗liq emas 2. Majburiyat subyektlari bo„yicha Qonun bo‗yicha bank garantlari sifatida faqat kredit muassasalari va sug‗urta tashkilotlari qatnashishi kafil sifatida esa turli yuridik va jismoniy shaxslar qatnashishi mumkin 3. Munosabatlarni o„rnatish shakli bo„yicha Bank-garantlar bank-mijozlari bilan bank kafolati shartnomasini tuzadilar yoki ularga kafolat xati yuboradilar Kafillilik munosabatlari esa bank-kreditor va kafil o‗rtasida kafillik shartnomasi tuzilishi natijasida o‗rnatiladi Tajribali ingliz iqtisodchisi Kristofer A Blumfild kafolat berayotganda kafolatlanayotgan shartnomaning mustahkamligiga ishonish hosil qilish, berilgan kreditni qoplash bo‗yicha masalalarni yaxshilab ko‗rib chiqish, bank-kreditor bilan kafolatni taqdim etish to‗g‗risida kelishish bunda kafolat summasining aktivlar qiymatidan yuqori bo‗lmasligiga e‘tibor berishni maslahat beradi Xorijiy mamlakatlar amaliyotida bank kafolatining qator turlari qo‗llaniladi. Chaqirilmaydigan kafolat – kafolat chaqirilishi bekor qilinishi yoki o‗zgartirilishi (agar oldindan kelishib olingan bo‗lmasa) mumkin emas Ammo ba‘zi xorijiy davlatlar qonunchiligida chaqiriladigan kafolatni qo‗llash ham ta‘qiqlanmagan Agar bank kafolati to‗g‗risidagi shartnomada: “bank kafolati chaqiriladigan xarakterga ega” deb aniq belgilangan bo‗lsa bunda garant xohlagan paytida bergan kafolatini bekor qilishi mumkin Shuning uchun kreditorlar kafolat turiga juda e‘tibor bilan qarashlari lozim 338 Bank-kreditor qarz oluvchi va garant o‗rtasidagi munosabatlarda eng muhim jihati – bu bank kafolatining kuchga kirish vaqtini aniqlash hisoblanadi Odatda, bank kafolati berilganiga qarz oluvchi garantga mukofot to‗laydi Bu omil amaliyotda kafolatning kuchga kirishida rol o‗ynashi mumkin. Masalan, bank kafolati qarz oluvchi garantga kafolat summasidan aniq foiz hisobida komission mukofot o‗tkazilgandan keyin yoki qarz oluvchining hisob raqamiga barcha kredit summasi o‗tkazilgandan keyin yoki kredit shartnomasida ko‗rsatilgan maqsadlar bo‗yicha kredit ishlatilganda va boshqa hollarda kuchga kirishi mumkin. Bank kafolatining ijro etilishi to‗g‗risidagi kreditor talabi, u tomonidan yozma shaklda kafolatda ko‗rsatilgan hujjatlar bilan birga garantga taqdim etilishi kerak. Kreditor va garant o‗rtasidagi barcha munosabatlar bank kafolati shartnomasida aniqlanadi Bu qoidaga rioya qilmaslik yoki yozma shaklda shartoma tuzmaslik shartnoma haqqoniy emasligidan dalolat beradi Kafolat yoki ikki tomonlama shartnoma garant tomonidan kreditorga yuborilgan kafolat xati orqali rasmiylashtiriladi Kafolat xati – bank-kreditor va garant o‗rtasida shartnomani tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi Kafolat xati ssuda oluvchi tomonidan bankka kredit berish masalalari hal etilguncha topshirilishi lozim. Kafolat beruvchi, ssuda oluvchiga kafolat xatini berishdan oldin, kafolat xati haqida o‗z bankiga ariza berishi lozim va ushbu arizada kafolat berish zarurligi va maqsadi haqida yoritish lozim. Bank kafolati shartnomasida qaysi majburiyatni ijro etilishi uchun kafolat berilganligi kimga (kreditor nomi) berilganligi va kim uchun (qarz oluvchi nomi) berilganligiga ko‗rsatilishi kerak Arbitraj sudlarining amaliyotidan kelib chiqqan holda bank kafolati shartnomasida qaysi majburiyatni ijro etilishi uchun kafolat shartlari aniq ko‗rsatilmagan bo‗lsa shartnoma tuzilgan deb hisoblanmaydi Umumiy qoida sifatida garant kreditor oldida subsidiar (qo‗shimcha) javobgarlikni o‗ziga oladi Garantning va qarz oluvchining solidar javobgarligi bank-kreditorga nisbatan faqatgina qonunchilikda va shartnomada ko‗rsatib o‗tilganda belgilanadi Jahon amaliyotida bank-garantning kreditor oldidagi majburiyatlarining bajarilishi quyidagi hollarda: 1) kafolat berilgan summa kreditorga to‗langanda; 2) belgilangan kafolat muddati tugagan paytda; 351 qondirishga erishishi mumkin. Chunki kreditor oldida qarzdor ham, ishonch bildiruvchi subyekt ham mas‘uliyatga ega bo‗ladi. Qarz oluvchi va ishonch bildiruvchi kreditor oldida bir qarzdor (birga ish olib boruvchi shaxs) sifatida javob beradilar. 49-jadval Download 5.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling