Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet225/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

5. Valyutani ayirboshlash kursi xorijiy davlatlarda investitsiya va 
kreditlar bo‗yicha foiz stavkalarining yuqori bo‗lgan hollarda milliy 
valyutadagi investitsiyalarning foiz stavkasini ham yuqori o‗rnatish 
orqali milliy valyuta kursining tushib ketishining oldini olish mumkin. 
Shuningdek, bank risklari darajasi, kreditdan foyda olish, mijozlarning 
turi, faoliyati xususiyatlari, barqarorligi, ularning joylashuv o‗rni va 
boshqalar ham kredit munosabatlarini o‗rnatish va kredit bahosini 
belgilashda muhim ahamiyatga ega. 
Kreditning asosiy sharti – bu kredit uchun haq to‗lash. Bu haq 
kreditga berilgan mablag‗ga nisbatan foiz hisobida olinganidan, uni 
kreditning foiz stavkasi deb yuritiladi. Kreditning foiz stavkasi pul 
bozorida amal qiladi. Bozorga chiqarilgan pulning narxi foizda 
belgilanadi. Boshqa tovarlardan farqli o‗laroq kreditning narxi - bu 
uning mijozning moliyaviy mablag‗ga bo‗lgan ehtiyojini qondirishdek 
xususiyatidan foydalanilganlik uchun beriladigan haq hisoblanadi. 
Kredit kapital sifatida odatdagi to‗lov yoki xarid vositasida ishlatiladi. 
Shuning uchun ham qarz oluvchi shaxs pul egasiga foiz stavkasini 
to‗laydi. 
Foiz stavkasining turi, miqdori yoki darajasi kredit shartnomasida 
belgilanadi. Foiz darajasi (FD) kredit foizining (Kf) berilgan kredit 
miqdoriga (Km) nisbati bo‗yicha aniqlanib, foizlarda ifodalanadi: 
 
Kf 
FD = ------------ * 100• 
Km 
Kredit foizlari tijorat bank daromadining asosiy manbayi 
hisoblanadi va foiz stavkalari mamlakatning ssuda kapitallari bozoridagi 
talab va taklifdan kelib chiqib shakllanadi. Umuman olganda, foiz 
siyosati pul-kredit munosabatlarini muvofiqlashtirib turuvchi iqtisodiy 
usul hamdir. 
Tijorat banklari kredit munosabatlarida foiz normasini hisoblaganda 
quyidagilarni e‘tiborga olishi lozim: 
ta‘minlangan ssudalar bo‗yicha moliyaviy barqaror, kreditga 
layoqatli mijozlar uchun aniq muddatga beriladigan bazaviy foiz 
stavkasining darajasini; 
har bir kredit shartnoma shartlarini, mijoz faoliyatining 
xususiyatlari va boshqa jihatlarni inobatga olgan holda risk uchun 
qo‗shimcha to‗lovni. 
405
mablag‗lar va ularni aktivlarga joylashtirishda foizlarning nomutanosib 
bo‗lishi, aktivlar bo‗yicha olingan foizlar jalb qilingan mablag‗lar 
bo‗yicha foizlar to‗lashga yetarli bo‗lmasdan foiz riskini yuzaga keltirib 
yo‗qotishlarga olib kelishi mumkin.
Odatda, passiv operatsiyalar bo„yicha foiz stavkalarini 
shakllantirishda quyidagi omillarga, ya‘ni:
- jalb qilingan resurslar bo‗yicha foiz stavkalari muddati, hajmi, 
mijoz tavsifi, pul mablag‗lari qaysi valyutada jalb qilinganligi v.b;
- Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi va majburiy rezerv 
me‘yoriga;

jalb 
qilingan 
mablag‗lar 
bo‗yicha 
real 
foiz 
stavka 
o‗rnatilganligiga, ya‘ni aktiv operatsiyalar bo‗yicha o‗rnatilishi mumkin 
bo‗lgan foiz stavkasi va marja miqdorini hisobga olgan holda 
o‗rnatilishiga bog‗liq bo‗ladi. 
Tijorat banklarining resurslarni jalb qilish bo‗yicha foiz siyosati 
ularning depozit siyosati singari quyidagi omillarga: 
- resurslarni jalb qilish borasida qo‗llaniladigan bank vositalari va 
usullariga; 
- depozit munosabatlarining subyektlari (jismoniy va yuridik 
shaxslar)ga;
- resurslarni jalb qilish muddatlari (qisqa muddatli, o‗rta muddatli 
yoki uzoq muddatli foiz siyosati)ga;
- mablag‗larni jalb qilish maqsadlari (investitsiya uchun, kreditlash 
yoki joriy likvidlikni ta‘minlash va h.k.)ga;
- jalb qilingan resurslar bo‗yicha baho siyosati va amalga oshirilgan 
operatsiyalarning risklilik darajasiga bog‗liq bo‗ladi. 
Mablag‗larni jalb qilish borasida tijorat banklarining foiz siyosati 
quyidagi tamoyillarga tayanadi: 
- bankka jalb qilingan mablag‗larning miqdori va bankda saqlanish 
muddatiga qarab foiz stavkalarini differentsiatsiyalash tamoyili; 

jamg‗armalar 
bo‗yicha 
foizlarni 
differentsiatsiyalashda 
―ijtimoiylik‖ (bolalar, yoshlar, yosh oilalar, qariyalar uchun, davlat 
dasturlarida belgilangan yo‗nalishlar bo‗yicha imtiyozli jamg‗armalar) 
tamoyili; 
- bank faoliyatining rentabelligini ta‘minlash tamoyili; 
- jamg‗armachilar mablag‗larini saqlash va himoya qilish tamoyili 
v.b. 
Aholi jamg‗armalari bank resurslarining bir qismini tashkil 
etganligi bois ular bo‗yicha foiz stavkalarini o‗rnatishda jamg‗armaning 


406
miqdori va muddatiga e‘tibor berish lozim. Chunki depozitlar bo‗yicha 
foiz stavkalarining o‗zgarishi kredit bahosining ham o‗zgarishiga olib 
keladi. 
Banklarnig mablag‗larni jalb qilish borasidagi foiz siyosatining 
asosiy prinsipi-minimum xarajatlar bilan bank faoliyatini samarali olib 
borish uchun zarur bo‗lgan optimal miqdor va muddatdagi passivlar 
tarkibini ta‘minlashdan iborat.
Bankning foiz siyosatida mablag‗larni jalb qilishda ularning 
qiymatiga o‗z ta‘sirini o‗tkazuvchi boshqa omillar ham mavjud. Bular: 
1. Markaziy bankning majburiy zaxiralariga ajratmalar normasi 
miqdori va ba‘zi jalb qilingan mablag‗larning turiga qarab bu 
normalarning turlichaligi.
2. Mijozlarni jalb qilish va ularga xizmat ko‗rsatish bilan bog‗liq 
bankning operatsion xarajatlari darajasi. 
3. Bank reklamasiga sarflanadigan xarajatlar. 
4. Bank mablag‗larining oborotdan chetlashtirilishi va daromad 
keltirmaydigan operatsiyalarga jalb qilinishi. 
5. Jalb qilingan mablag‗larning miqdori va muddati, ular bo‗yicha 
foiz hisoblash va to‗lash tartibi v.b. 
Bank resurslarini joylashtirish sohasida bankning foiz siyosatida: 
- O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash 
stavkasi miqdorini; 
- resurslarni aniq vositalar (tijorat krediti, iste‘mol krediti, 
banklararo kredit, majburiyatlarni to‗lash v.b.)ga joylashtirishning bozor 
shartlariga rioya qilish; 
- aktiv operatsiyalarning muddati, hajmi, qiymati, valyutasidan 
kelib 
qo‗shimcha 
resurslarni 
jalb 
qilish 
bo‗yicha 
bankning 
imkoniyatlari; 
- bankning o‗z mijozlari, yuridik va jismoniy shaxslar hamda 
boshqa banklar bilan hamkorlik munosabatlarini inobatga olish lozim.
Tijorat 
banklarining 

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling