Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet223/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

 
 
XII BOB. TIJORAT BANKLARINING FOIZ SIYOSATI 
1-§. Tijorat banklarining foiz siyosati to„g„risida tushuncha 
 
Tijorat banklari daromadlarining shakllanishi ularning foiz siyosati 
orqali amalga oshiriladi. Bank kredit bera turib mijozning faoliyatini 
moliyaviy jihatdan qo‗llab-quvvatlab, uning foyda olishi uchun shart-
sharoit yaratar ekan, demak, bu orqali o‗zining maqsadli manfaatini ham 
amalga oshirgan bo‗ladi. Bank boshqaruvida foiz siyosatini ishlab 
chiqish va boshqarish muhim o‗rin tutadi. Tijorat banklarining foiz 
siyosati bank umumiy siyosatining muhim elementlaridan biri sifatida 
bankning pul mablag‗larini jalb qilish va joylashtirish sohasida foizlar 
o‗rnatish bilan bog‗liq chora-tadbirlar majmuasidan iborat bo‗lib, 
bankning likvidligi va rentabelligini ta‘minlashga yo‗naltirilgan. Foiz 
siyosatiga kengroq ta‘rif beradigan bo‗lsak, u foiz stavkalarini 
boshqarish 
orqali 
iqtisodiy 
munosabatlarni 
muvofiqlashtirishga 
qaratilgan chora-tadbirlar yig‗indisidir. Shu bois, foiz siyosati bank 
operatsiyalarining 
samarali 
bo‗lishini 
va 
bank 
faoliyatining 
barqarorligini ta‘minlashning asosi hisoblanib, tijorat bankining sof foiz 
daromadini ko‗paytirish va bank balansi likvidliligini boshqarishga 
yo‗naltiriladi.
Tijorat banklarining foiz siyosati va uni amalga oshirishga ichki va 
tashqi omillar ta‘sir ko‗rsatadi. 
Foiz siyosatiga ta‘sir qiluvchi tashqi omillarga quyidagilarni 
kiritish mumkin:
Moliya bozorining holati
Mamlakatda mavjud inflyatsiya darajasi 
Banklararo raqobat va bank xizmatlariga bo‗lgan talab
Pul bozoridagi taklif
Markaziy bankning pul–kredit siyosati
Iqtisodiyot tarmoqlari va hududlar rivojlanishining o‗ziga xos 
xususiyatlari 
Foiz siyosatiga ta‘sir qiluvchi ichki omillarga quyidagilar kiradi:
Bank xizmatlarining ko‗lami va turlari
Bank mijozlarining tarkibi va moliyaviy holati


404
Bank xodimlarining malakasi va tajribasi 
Bank resurs bazasining barqarorligi, miqdori, hajmi, muddati va 
h.k. 

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling