Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet231/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

Nominal foiz stavkasi joriy davrdagi bozor foiz stavkasi hisoblansa, 
real foiz stavkasi inflyatsiya jarayonlari ta‘sirida pulning qadrsizlanish 
darajasini inobatga olib, nominal stavkaning qayta ko‗rib chiqilgan 
salmog‗i hisoblanadi.
Bank amaliyotida foizlarni hisoblashning turli xil metod va usullari 
mavjud bo‗lib, ko‗proq oddiy va murakkab foiz stavkalar qo‗llanadi. 
Oddiy foizlar asosan qisqa muddatli kreditlashda foydalaniladi. 
Unda shartnoma bo‗yicha kelishilgan muddatlar, har chorak yoki boshqa 
aniq muddatda foizlar hisoblanadi va kreditorga to‗lab boriladi.
Hozirgi kunda tijorat banklari ko‗pincha oddiy usulda foiz 
stavkasini hisob-kitob qilishdan foydalaniladi. Bunda qarzning asosiy 
summasini hisobga olgan holda qarzdorning jami to‗lovlari hajmini 
quyidagicha aniqlash mumkin: 
Ts = Bq * (1+k*fs). 
Bu yerda, Ts – boshlang‗ich qarzni hisobga olgan holda kredit
bo‗yicha to‗lovlar summasi; 
Bq – boshlang‗ich qarz; 
fs – foiz stavkasi; 
k – ssudaning muddati, yillar (360 yoki 365 kun) yoki kunlar 
bo‗yicha kredit munosabatlarning davriyligi. 
Masalan, xo‗jalik subyektiga 200 mln so‗m kredit, yillik foiz 
stavkasi 12 foizdan, 6 oy muddatga berilgan bo‗lsa, kredit bo‗yicha 
to‗lovlar summasi: 
Ts =200 000000*(1 + 0,12*180 kun/ 365 kun) =211 835 616,4 
so‗mni tashkil etadi. Mijozning bank kreditidan foydalanganligi uchun 
to‗laydigan foiz summasi 11 835616,4 so‗mga teng bo‗ladi. 
Bankning mablag‗larni jalb qilishi bilan bog‗liq foiz stavkasini 
quyidagi formula orqali aniqlash mumkin. 
Mtf = Ds * Fs / 100/ 12 * Dm.
Bu yerda, Mtf – mijozga to‗lanishi kerak bo‗lgan foiz miqdori; 
Ds – depozit summasi; 
Fs –foiz stavkasi; 
Dm – depozit muddati. 
Buni quyidagi misol orqali ko‗rishimiz mumkin. Masalan, tijorat 
banki mijoz – jismoniy shaxsdan 3 000000 so‗mni 20 foiz stavka bilan 3 


418
oylik muddatli omonotga jalb qildi. Mijozga tegishli bo‗lgan foiz 
miqdori
= 3 000000 * 20 / 100 / 12 *3 =150 000 so‗mni tashkil qiladi. 
Bank amaliyotida murakkkab foizlar ham qo‗llanishi mumkin. 
Ular odatda uzoq muddatli kreditlashda qo‗llanilib, hisoblangan foiz 
summalari 
shartnoma 
muddati 
tugallanmaguncha 
kreditorga 
to‗lanmaydi, balki qarzning asosiy summasini ko‗paytiradi. Bizning 
bank amaliyotimizda murakkab foiz hisoblash metodi asosan yuridik va 
jismoniy shaxslarning depozit va omonat schyotlari bo‗yicha qo‗llanadi. 
Bu usuldan foydalanganda hisoblangan mablag‗lar hajmi qarzga 
qo‗shiladi va ularga nisbatan foiz hisoblanib boriladi. 
Foiz hisoblashning usullari ko‗p jihatdan berilgan kreditning 
muddatiga bog‗liq bo‗ladi. Bularga muvofiq tarzda quyidagi murakkab 
foizlarni hisoblashning variantlari qo‗llanadi: 

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling