Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet230/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

Khfm kred. oper = (Kf - Rtf) / K o‗q yoki Khfm kred. oper.
(kredit bo‗yicha olingan foizlar – kredit resurs bo‗yicha to‗langan 
foizlar) / shu davrdagi kredit qarzdorlikning o‗rtacha qoldig‗i. 
Bu yerda: Kf – kreditdan olingan foizlar, 
Rtf - kredit resurs bo‗yicha to‗langan foizlar, 
K o‗q - shu davrdagi kredit qarzdorlikning o‗rtacha qoldig‗i. 
409
Tijorat banklarining foiz siyosati ular faoliyatining tijorat xarakteri 
bilan bog‗liq bo‗lganligi sababli foiz siyosati bankning foyda olishiga 
yoki foyda olish uchun barcha sharoitlarni yaratishga, depozitlar va 
kredit operatsiyalari bo‗yicha foizlarni muvofiqlashtirish va ularni 
bankka foyda keltiradigan darajada o‗rnatish orqali bank operatsiyalari 
va faoliyati rentabelligini ta‘minlash, depozit va ssuda operatsiyalarining 
summalari, foizlari, muddatlari bo‗yicha bir-biriga aloqadorligi va 
mutanosibligini ta‘minlash, bank balansi likvidligini ta‘minlash, foiz 
riskini minimallashtirish va boshqalarni ta‘minlashga zamin yaratadi. 
Tijorat banklari foiz siyosatining samaradorligi resurslarni jalb 
qilish va ularni joylashtirish borasida foizlarni optimal o‗rnatish va 
ularni boshqarish orqali yuqori foyda olish bilan birga omonatchilar 
omonatlarining ijtimoiy-iqtisodiy kafolatlanganligini ta‘minlashdan 
iboratligi bilan belgilanadi. 
Banklar foiz siyosatini amalga oshirishda omonatlar bo‗yicha 
to‗laydigan foizni ularning o‗zlari taqdim etadigan ssudalar uchun 
oladigan ssuda foizidan pastroq qilib belgilaydi. Sodda qilib aytganda, 
olingan va to‗langan foizlarning summalari o‗rtasidagi farq banklar 
foydasining asosini tashkil etadi. Bank foydasiga boshqa turdagi 
operatsiyalardan ko‗rilgan daromadlar ham kiradi. Bank foydaning bir 
qismini soliqlarni to‗lashga, o‗z xarajatlarini (bank xizmatchilariga, 
xodimlariga ish haqi to‗lash, binolarni saqlash, idora chiqimlari, reklama 
xarajatlari, transport xarajatlari va boshqalar uchun mablag‗ sarflash) 
qoplashga ishlatadi, soliqlar to‗lagandan qolgan qismi esa bankning sof 
foydasini tashkil etadi. 
Ma‘lumki, tijorat banklari yuqori foyda olish maqsadida o‗zlarining 
foiz siyosatini yuritadilar. Ammo banklarda yuqori foyda olish 
imkoniyatlari keng bo‗lsada, ular bu imkoniyatlardan ehtiyotkorlik bilan 
foydalanishlari lozim. Chunki yuqori foyda olish doimo yuqori riskli 
jarayonlarni amalga oshirishni talab etadi. Yuqori risk ostida faoliyat 
olib borish hamma vaqt ham muvaffaqiyat keltirmasligi mumkin. 
Birinchidan, katta marja ortidan quvish mijozlardan mahrum bo‗lib 
qolishga olib kelishi muqarrar, chunki ular haddan tashqari yuqori 
qo‗yilgan foiz stavkali kreditlardan voz kechishlari mumkin. 
Ikkinchidan, banklararo raqobat sharoitida boshqa tijorat banklari bir 
qadar samaraliroq ishlar uchun ancha arzon kreditlar taklif etishlari 
mumkin. Foyda olish qoidasi tijorat banklari faoliyatining asosiy 
qoidalaridan hisoblanadi va bunday maqsadni qo‗ymagan bank bozor 
munosabatlari sharoitida to‗laqonli faoliyat ko‗rsata olmaydi. Bank 


432
mijoz ixtiyoriy vaqtda bank bilan qo‗shimcha muzokaralar olib 
bormasdan va rasmiyatchiliklarsiz ssuda olish imkoniyatiga ega. Ammo 
bank, agarda mijozning moliyaviy holati yomonlashgani haqida 
ma‘lumotga ega bo‗lsa, u belgilangan limit chegarasida ham ssuda 
berishdan bosh tortish huquqiga ega. Odatda, kredit liniyalari yaxshi 
obro‗-e‘tibor va barqaror moliyaviy holatga ega bo‗lgan mijozlarga 
ochiladi. Mijoz iltimosiga ko‗ra kredit limiti qayta ko‗rib chiqilishi 
mumkin.
Kredit liniyalari tiklanadigan va tiklanmaydigan kredit liniyalariga 
bo‗linadi. Qayta tiklanmaydigan kredit liniyasi ochilganda, ssuda 
berilishi qoplangandan so‗ng bank va mijoz o‗rtasidagi munosabatlar 
to‗xtatiladi, qayta tiklanadigan (revolver) kredit liniyasida kredit 
belgilangan limit chegarasida avtomatik tarzda beriladi va to‗lanadi. 
Agarda kredit liniyasi mijozga bir shartnoma miqyosidagi ma‘lum bir 
tovarlar uchun to‗lashga ochiladigan bo‗lsa, u maqsadli kredit liniyasi 
deb ataladi.
Kredit liniyasida (bir) martalik kredit shartnomasiga qaraganda 
ikkala tomon uchun ham qulayliklari bor: qarzdor uchun – bu birmuncha 
aniqlashgan tijorat faoliyatining istiqboli, hujjatlarga ketadigan xarajat 
va vaqtni tejaydi. Bu qulayliklar kreditorga ham tegishlidir. Biroq 
shartnoma shartlari ikkala tomon orqali qayta ko‗rib chiqilishi mumkin. 
Qarzdor u yoki bu sabablarga ko‗ra kredit liniyasidan to‗liq yoki qisman 
foydalanmasligi mumkin. Misol uchun, qarz oluvchining moliyaviy 
ahvoli sezilarli ravishda yomonlashsa va shartnomaning boshqa 
shartlarini bajarmasa, bank kelishilgan shartnoma muddati tugamasdan 
turib kredit berishni to‗xtashishi mumkin. Chet el amaliyotida (misol 
uchun, AQSh) kredit liniyasi 1 yil muddatga, ba‘zida 2 yillik muddatga 
ochiladi. Ko‗pgina shartnomalarda mijoz konpensatsion qoldiqni bankda 
joriy hisob varag‗ida kredit liniyasi summasining 20% idan kam 
bo‗lmagan miqdorda saqlash sharti mavjud bo‗ladi. 
Agar kreditor qarzdor bozorida uzoq yillarga o‗rnashib olishga 
intilsa, u kredit liniyalarini uzoq muddatga taqdim etadi. Bunga misol 
bo‗lib, nemis banki ‖Kreditanshtalt fyur Videraufbau‖ 10 yil muddatga 
‖Tadbirkorlikni rivojlantirish banki‖ga ochgan kredit liniyasi 
hisoblanadi. Bu mablag‗lar kichik va o‗rta biznesni kreditlash uchun 
mo‗ljallangan.
Chet elda, avvalambor, AQShda, kredit liniyalarining bir necha 
turlari keng tarqalgan, shu jumladan, tiklanadigan va mavsumiy. 
417
Va nihoyat, foiz stavkalarining keyingi darajasi – bu korxona va 
jismoniy shaxslarga beriladigan, risk darajasi yuqoriroq bo‗lgan ssudalar 
bo‗yicha stavkalardir. 
Foiz stavkalari yana nominal va real foiz stavkalariga bo‗linadi. 

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling