Kredit resurslarini taqdim qilishning banklararo stavkalari eng
ko‗p qo‗llaniladigan bazis stavka sifatida LIBOR – London banklararo
427
qiladi. Masalan, ssuda bozorida Libor - 6 % bo‗lsa, bank spredi - 1 %
bo‗lishi rejalashtirilgan bo‗lsa, demak, kredit narxi - 7% ni tashkil etadi.
Agarda ssuda bozorida Libor 5 % ga tushgan holda ham bank spredi 1 %
ligicha qolishini inobatga olsak, kredit narxi 6 % ni tashkil qiladi. Bu
holda tijorat banki ma‘lum miqdorda foydaga ega bo‗ladi.
Tijorat banklarining foiz siyosati doimo risk bilan bog‗liq. Foiz
stavkasi riski (interest rate risk) – bu foiz stavkalarining o‗zgarishi
natijasida moliyaviy yo‗qotishlarning yuzaga kelishini anglatadi. Foiz
riski bank tomonidan jalb qilingan depozitlar, qarzga olingan mablag‗lar
bo‗yicha foizlarning kredit bo‗yicha foizlardan oshib ketishi natijasida
yuzaga keladi. Foiz riski kredit va depozitlarning foiz stavkalari va
muddatiga bog‗liq bo‗ladi. Foiz stavkalari bo‗yicha risklarning yuzaga
kelishining quyidagi sabablarini keltirish mumkin. Bular:
1. Foiz stavkasini noto‗g‗ri tanlash (yuqorida ko‗rib o‗tganimizdek,
o‗zgarmas yoki o‗zgaruvchan – suzib yuruvchi foiz stavkalardan birini
tanlash).
2. Kredit shartnomasida foiz stavkasining o‗zgarishi mumkinligini
ko‗zda tutmaslik.
3. Markaziy bank foiz siyosatining o‗zgarishi.
4. Kredit muddatining boshidan oxirigacha bir xil foizning
o‗rnatilishi.
5. Bankda foiz siyosatining ishlab chiqilmaganligi yoki uning
mukammal emasligi.
6. Kredit bahosi yoki foiz stavkasining noto‗g‗ri hisoblanganligi
v.b.
Foiz siyosatini olib borishda tijorat banklari GAP tahlil usulidan
oqilona foydalanishlari lozim. Bu usul foiz riskini o‗lchash va tahlil
qilish usullaridan hisoblanadi va bankning jalb qilgan mablag‗lariga
to‗lanadigan foizlar bilan kreditga joylashtirishdan oladigan foizlari
o‗rtasidagi farqni ifodalaydi.
Foiz riskiga ichki va tashqi omillar ta‘sir ko‗rsatadi. Tashqi
omillarga:
- bozor konyunkturasining nobarqarorligi;
- foiz riskini boshqarishning huquqiy asoslari;
- siyosiy-iqtisodiy holat;
- bank xizmatlari bozoridagi raqobat;
- bank va mijoz o‗rtasidagi munosabat;
- xalqaro ahvol va boshqalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |