Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


Kreditlarning foiz stavkasiga ta‟sir etuvchi omillarga


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet235/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

Kreditlarning foiz stavkasiga ta‟sir etuvchi omillarga to‗xtalib 
o‗tish maqsadga muvofiq. Ulardan asosiylari quyidagilar: 
1. Pul bozoridagi talab va taklifning nisbati, ya‘ni bozorda qancha 
miqdorda kreditga talab bor va unga nisbatan qancha miqdorda qarzga 
beriladigan pul bo‗yicha taklif bor. Kreditga talabning oshishi 
foizlarning ham oshishiga, taklifning oshishi esa foizlarning 
kamayishiga olib keladi. 
2. Qarzga olinadigan pulni ishlatishdan kutiladigan naf darajasi, 
aniqrog‗i shu pulning iste‘mol qiymati. Kredit xo‗jalik subyekti 
faoliyati, ehtiyoji uchun juda zarur bo‗lsa, u bo‗yicha foiz ham yuqori 
bo‗lishi, aks holda u pasayishi mumkin.
3. Qarzni to‗lash muddati va sharti. Agar qarz uzoq muddatga 
berilib, uni sekin-asta yoki kichik-kichik summalarga bo‗lib, bemalol 
qaytarish shartiga kelishilgan bo‗lsa, bu holda bank qarzdordan yuqori 
foiz to‗lashni talab qilishi mumkin. Agar kredit qisqa vaqtga berilsa, uni 
bir yo‗la to‗lash shart bo‗lsa, qarzdor past foizni ma‘qul ko‗radi. Demak, 
qarz qanchalik uzoq muddatga berilsa, shunchalik uni ishlatib daromad 
ko‗rish mumkin va shu hisobdan foiz to‗lash yengil bo‗ladi. 
4. Kreditning qaysi valyutada berilishi. Agar kredit erkin 
konvertirlangan valyutada berilsa, foiz yuqori belgilanadi, agar u milliy 
valyutada berilsa, foiz nisbatan past o‗rnatiladi. 
5. Inflyatsiya darajasi. Inflyatsiya yuz bersa, kreditga berilgan pul 
egasiga qaytib kelgunicha o‗z qadrini qisman yo‗qotadi. Bunda pul egasi 
yutqazadi. Shu sababli, yuqorida ta‘kidlanganidek, foiz stavkasi 
inflyatsiya sur‘atlarini hisobga olib o‗rnatiladi. 
6. Pulni kreditga berishdan ko‗ra boshqa yo‗l bilan ishlatishdan 
tushadigan daromad. Bunda pul egasining afzal ko‗rish prinsipi amal 
429
 
 
XIII BOB. ALOHIDA KREDIT TURLARI VA USULLARI 
 
1-§. Alohida ssuda hisob varag„idan kreditlash tartibi 
 
Kredit - vaqtincha bo‗sh turgan pul mablag‗larini m‘lum muddatga 
haq to‗lash sharti bilan qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan kelib 
chiqqan iqtisodiy munosabatlar yig‗indisi bo‗lganligi bois, jahon 
amliyotida turli xil bank kreditlaridan foydalaniladi.  
Tijorat banklari xo‗jalik yurituvchi subyektlarga ta‘minot asosida 
yoki ta‘minotsiz - blank kreditlari (ishonch kreditlari) deb nomlanuvchi 
kreditlarni berishi to‗g‗risidagi qaror qabul qilishi mumkin.
Tijorat banki tomonidan ta‘minotsiz kreditlarni berish katta risk 
bilan bog‗liq. Bank qarz oluvchining kredit tarixini yaxshi bilsa, uning 
faoliyati moliyaviy jihatdan barqaror va qarz oluvchining to‗lovga 
layoqatligiga shubha bo‗lmasa, bunday hollarda bank mijozga ishonch 
krediti berishi mumkin. Kredit qarz oluvchi tomonidan berilgan kredit 
buyurtmasi asosida ajratilib, kredit shartnomasi va muddatli 
majburiyatnoma bilan rasmiylashtirilishi hamda belgilangan muddatda 
to‗lanishi shart.
Ishonch krediti belgilangan muddatda qaytarilmasa, qarz oluvchi 
o‗zining moliyaviy holatini yaxshilash yuzasidan chora-tadbirlar qabul 
qilgunga qadar uni berish, to‗xtatib qo‗yilishi lozim.
Ta‘minlangan va ta‘minotsiz ssudalar ssudaning maqsadiga ko‗ra, u 
bo‗yicha mijozga ochiladigan kontokorrent hisob varag‗i overdraft 
bo‗yicha hamda alohida ssuda hisob varaqlaridan beriladi.
Kreditni to‗lash muddati kelsa va qarz oluvchida pul mablag‗lari 
bo‗lmasa, muddatida to‗lanmagan ssudalarni hisob varag‗idan undirib 
olishga taqdim etiladi, unga doir majburiyatlar esa ikkinchi kartotekaga 
joylashtirilib, kalendar navbati tartibida to‗lanadi. 
Tijorat banklari hozirgi kunda ko‗pincha xo‗jalik yurituvchi 
subyektlarga alohida ssuda hisob varaqlaridan «kredit liniyasini 

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling