Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


-§. Bank marjasi va foiz stavkalariga ta‟sir qiluvchi omillar


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet234/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

4-§. Bank marjasi va foiz stavkalariga ta‟sir qiluvchi omillar 
 
Bank kreditidan foydalanilganlik uchun haq to‗lash kredit 
bahosining asosini tashkil etadi, kredit bahosi hisobot davr 
boshlangunga qadar bank bo‗yicha yuzaga keladigan o‗rtacha foiz 
stavkasi va marjani o‗z ichiga oladi.
Bank oladigan va to‗laydigan foiz o‗rtasidagi farq foiz marja deb 
yuritiladi. Ya‘ni foiz marja – bank aktivlaridan olinadigan foizli 
daromad va bank majburiyatlari bo‗yicha to‗lanadigan foizli xarajatlar 
o‗rtasidagi farqdir. Foizli marjani foizlar bo‗yicha keladigan sof 
daromad ham deb atashadi. U quyidagi formula orqali hisoblanadi: 
Df – Rf 
Mf = * 100•
Ad 
Mf – foizli marjaning hajmi. 
Df – foizli daromadlar. 
Rf – foizli to‗lovlari bo‗yicha xarajatlar. 
Ad – foiz ko‗rinishida daromad keltiradigan aktivlar. 
Kredit narxi Markaziy bankning ―qayta moliyalash‖ stavkalarining 
me‘yorlari bilan tartibga solinadi hamda mahsulot va xizmat tannarxi 
darajasini hisobga olgan holda belgilanadigan chegara ko‗rsatkichlaridan 


420
oshmasligi lozim. Amalda qayta moliyalash stavkasi ―O‗zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki to‗g‗risida‖gi qonunning tegishli moddasi-
ga muvofiq Markaziy bank tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. 
Hozirgi kunda Markaziy bankning qayta moliyalashtirish foiz 
stavkasi oyiga 0,75 % ni, hamda yiliga 9 % ni tashkil etadi. Markaziy 
bankning qayta moliyalash stavkasi tijorat banklari tomonidan 
kreditlarga o‗rnatiladigan foiz stavkalarining eng past chegarasi 
hisoblanadi. Demak, joriy davrdagi qayta moliyalashtirish stavkasi 
orqali Markaziy bank tijorat banklari kredit narxining minimal miqdorini 
belgilaydi. Tijorat banklari o‗z kredit siyosati talablaridan kelib chiqib 
qayta moliyalash stavkasi asosida o‗z kreditlari bo‗yicha foiz 
stavkalarini o‗zi mustaqil belgilaydi.

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling