Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


month LIBOR range – Shveytsariyada


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet242/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

3 month LIBOR range – Shveytsariyada uch oylik zayomlar 
bo‗yicha foiz stavkalar xaridori bo‗lib, Shveytsariya Milliy banki qisqa 
muddatli foiz stavkalarni nazorat qilish maqsadida Shveytsariya franki 
bo‗yicha LIBOR uch oylik foiz stavkani 1% diapazonida o‗rnatadi va 
ushlab turadi. 
LIBOR_-_London_Interbank_Offered_Rate'>LIBOR - London Interbank Offered Rate – London banklararo 
stavka bo‗lib, bu foiz stavka bo‗yicha yirik banklar London pul 
bozorida kreditlarini joylashtiradi. LIBOR stavkasi turli vositalar 
bo‗yicha har xil muddatlarga o‗rnatiladi.
Hozirgi paytda eng muhim stavka LIBOR hisoblanib, yevrovalyuta 
bozoridagi birinchi darajali banklar o‗rtasidagi kreditlashda eng ko‗p 
qo‗llaniladigan stavkadir. 
Odatda, “LIBOR stavkasi‖ deyilganda, funt-sterling va AQSh 
dollaridagi depozitlar bo‗yicha foiz stavkalari tushuniladi. 
Funt-sterlingdagi LIBOR stavkasi har kuni ertalab 11:00 da 
(London vaqti) quyidagi banklar qat‘iy stavkalarining o‗rtacha arifmetik 
kattaligi sifatida hisoblanadi. Mana shu tamoyil asosida AQSh 
dollaridagi LIBOR stavkasi aniqlanadi, bunda Barklayz, Benk of Tokio, 
Bankers Trast, Neshnl Vestminster bank kabi banklarning qat‘iy 
stavkalari ishlatiladi. Yevrokreditlar bo‗yicha LIBOR stavkasi odatda 
12 ta valyuta bo‗yicha va bir necha davrlar bo‗yicha (1 hafta, 1, 2, 3, 6, 9 
oy va 1 yil) hisoblanadi. 
Banklar kredit bo‗yicha foiz stavkalarini hisoblashda turli xil 
usullardan foydalanishadi. Misol uchun, AQShda eng ko‗p tarqalgan 
usullar bu - yillik foiz stavkasi usuli, oddiy foiz usuli, diskont stavka 
usuli, qo‗shish usuli hisoblanadi. 
Yillik foiz stavkasi usuli - kredit bo‗yicha yig‗ilgan to‗lovlarni 
kredit summasiga bo‗lgan nisbatini ko‗rsatadi, ya‘ni daromadlilik 
stavkasini 
ifodalaydi. 
Bu 
usul 
kreditning 
qanchalik 
tez 


448
• bank yoki sug‗urta kompaniyasining kafolati va sug‗urta 
kompaniyalari kreditni qaytarilmaslik xatarining sug‗urtalanganligi 
to‗g‗risidagi sug‗urta polislari; 
• yuridik va jismoniy shaxslarning kafilligi; 
• mol-mulk garovi (ko‗chmas va harakatlanuvchi mol-mulk).;
• moliyaviy barqaror bo‗lgan yuridik shaxslarning muomalaga chi-
qarilgan qimmatli qog‗ozlari garovi.
Mijozning to‗lagan boshlang‗ich badali garov sifatida depozitga 
olinadi va bank ushbu depozitga olinayotgan kreditga o‗rnatilgan foiz 
stavkasining yarmi miqdorida foiz to‗lovini to‗laydi. Masalan, mijoz 
bankdan yillik 12 % ustama to‗lash sharti bilan kredit oldi. Uning 
boshlang‗ich badal sifatidagi depozitiga bank yillik 6 % miqdorida 
to‗lov to‗laydi. 
Iste‘mol kreditlari bo‗yicha taqdim etilgan barcha ta‘minot 
turlarining qiymati (miqdori) berilgan kredit miqdorining kamida 125% 
miqdorini tashkil etishi lozim.
Iste‘molchining daromadlari hajmi, shuningdek, shartnoma 
bo‗yicha majburiyatlar bajarilishining iste‘molchi tomonidan taqdim 
etilgan ta‘minoti iste‘mol krediti summasini qaytarish va mazkur kredit 
bo‗yicha hisoblangan foizlarni to‗lash uchun yetarli bo‗lishi kerak. 
Iste‘mol krediti bo‗yicha olingan tovarning sifatiga e‘tirozlar 
bo‗lgan holda iste‘molchi bu tovarni boshqa xuddi shunday tovarga 
almashtirib olishga yoki iste‘mol kreditini rad etib tovarning pulini 
qaytib olishga haqlidir. 

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling