Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


Moliyaviy iste‟mol krediti o„ziga xos xususiyatlarga ega


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet243/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

Moliyaviy iste‟mol krediti o„ziga xos xususiyatlarga ega bo‗lib, 
bank va boshqa kredit tashkilotlari tomonidan pul shaklida beriladi. 
Bunda: 
* shartnoma iste‘molchi tomonidan tovarni (xizmatni) sotib olishga 
doir shartnoma kuchga kirguniga qadar yoki kuchga kirganidan keyin 
tuzilishi mumkin; 
* iste‘molchi moliyaviy iste‘mol krediti olish to‗g‗risida iste‘mol 
tovarlarini (xizmatlarni) ishlab chiqaruvchi korxonani yoki realizatsiya 
qiluvchi tashkilotni oldindan yozma shaklda xabardor qilishi shart. 
Moliyaviy iste‘mol krediti berish O‗zbekiston Respublikasida 
ishlab chiqarilgan iste‘mol tovarlarini (xizmatlarni) ishlab chiqaruvchi 
korxona yoki realizatsiya qiluvchi tashkilotning bankdagi hisob 
varag‗iga bank yoxud boshqa kredit tashkiloti tomonidan pul 
mablag‗lari o‗tkazish yo‗li bilan amalga oshiriladi. 
Moliyaviy iste‘mol krediti naqd pulda berilmaydi.
433
Tiklanadigan kredit liniyasini odatdagi kredit liniyasidan farqi 
shundaki, bunda ssuda berishning qat‘iy majburiyati bo‗ladi. Mijoz 
ma‘lum muddatda qarz olish huquqi uchun komission haq to‗laydi. Shu 
bilan birga tiklanadigan kredit shartnomasida, odatda, ‖Mijoz holatining 
yomonlashuvi to‗g‗risida‖ sharti ham bo‗ladi. Bu shartda, agar 
qarzdorning moliyaviy holati qoniqarsiz bo‗lib qolsa, bank-kreditor qarz 
berishni to‗xtatadi. 
Tiklanadigan kredit liniyasi ishlab chiqarish va sotish hajmini 
kengaytirish uchun aylanma mablag‗lari yetmayotgan mijozlarga taqdim 
etiladi. Odatda, bunday kredit muddati 1 yildan oshmaydi. Kreditning 
bir qismini qaytargan qarzdor belgilangan limit chegarasida va 
shartnoma kuchga ega bo‗lgan muddatda yangi ssuda olishi mumkin. 
Misol uchun, tiklanadigan kreditni ulgurji savdo qiluvchi mijoz olishi 
mumkin, bunda uning operatsiyalari kengayib boradi va shuning uchun 
u qo‗shimcha moliyalashtirishga muhtoj bo‗ladi. 
Agar firmada ishlab chiqarishning mavsumiy tsikli yoki omborda 
tovar zaxiralarini shakllantirish zarurligi bilan bog‗liq bo‗lgan, vaqti-
vaqtida aylanma mablag‗larga ehtiyoj vujudga kelsa, bank mavsumiy 
kredit liniyasini taqdim etadi. Bunday kredit bahorda urug‗, o‗g‗it, 
qishloq xo‗jaligi mashinalari, transport sotib olish uchun muhtoj bo‗lgan 
fermerlarga berilishi mumkin. Yana bunday kredit oluvchi mavsumiy 
kiyim va poyafzal ishlab chiqaradigan tadbirkor ham hisoblanadi. 
Kredit liniyasi ochilishi spetsifik operatsiyalarga bog‗liq bo‗ladi, 
bular orasida rezerv (kafolatli) krediti (‖stendbay‖ krediti deb atashadi) 
bor. Bu kreditni zarur bo‗lganda shartnomada kelishilgan muddat 
davomida olish mumkin. Undan boshqa kredit operatsiyalarini qo‗llab-
quvvatlash uchun hamda balanslashmagan tashqi hisob-kitoblarni 
qoplash uchun foydalaniladi. 
XVFga a‘zo mamlakatlarga, odatda, 1-3 yilgacha rezerv yoki 
kengaytirilgan kredit beriladi. 
Ko‗pincha ‖stendbay‖ krediti rezerv (kafolatli) akkreditiv orqali 
amalga oshiriladi. Bunday akkreditiv kafolatli kredit olayotgan 
kompaniya iltimosiga binoan, bank kreditor foydasiga ta‘minlanganlik 
sifatida ochiladi. Akkreditiv mijozga xizmat ko‗rsatadigan bankda 
ochiladi. 

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling