Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet228/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

Qarz oluvchi tomondan 
Kreditor tomondan 
407
mijozning moliyaviy holati, likvidliligi kreditga va to‗lovga 
layoqatliligi va boshqalarni inobatga olish lozim. 
Tijorat bankining kredit siyosati ―baho-foyda-foiz‖ mexanizmiga 
tayanadi. Kreditga talabning oshib borishi ssuda kapitaliga bo‗lgan talab 
va taklif o‗rtasidagi nisbatining o‗zgarishiga olib keladi, ssudalar 
bo‗yicha foiz stavkalar oshadi. Bu, o‗z navbatida, kredilashning ko‗lami 
va hajmini ko‗paytiradi, bank tomonidan qo‗shimcha kredit pullar 
muomalaga chiqariladi, bankning likvidlilik kvotasi kamayadi. Odatda, 
bank foiz stavkasining yuqori va past chegaralari belgilanadi. Kredit 
bo‗yicha foiz stavkaning yuqori chegarasi bozor munosabatlari asosida 
talab va taklifdan kelib chiqib shakllanadi. Foiz stavkasining past 
chegarasi bankning mablag‗larni jalb qilish bilan bog‗liq xarajatlari va 
kredit tashkiloti faoliyatini olib borishga ketgan sarflardan kelib chiqib 
belgilanadi.
Tijorat banklarining resurslarni joylashtirish bo‗yicha foiz 
siyosatining asosiy tamoyili – aktivlarning balanslashtirilgan tarkibi va 
joylashtirilgan resurslarning minimal darajadagi riskiga erishgan holda 
bankning maksimal daromad olishini ta‘minlashdan iborat bo‗lib, u 
quyidagi tamoyillarga tayanadi: 
- mablag‗larni joylashtirish yo‗nalishi, muddati, mijozning 
moliyaviy holati, likvidliligi, to‗lovga layoqati, ta‘minot darajasiga 
qarab foizlarni differensiatsiyalash; 
- bank operatsiyalarining (resurslarning real bahosidan kelib chiqib) 
rentabelligini ta‘minlash; 
- yuqori darajada likvidlilikga erishish va uni barqaror ushlash; 
- aktiv operatsiyalarga joylashtirilayotgan mijozlar mablag‗larining 
maksimal qayta kelishiga erishish tamoyillaridir.
Tijorat banklari foiz siyosatini amalga oshirishda foiz marjasini 
hisoblab boradi. Foiz marjasi foizli daromadlar va foizli xarajatlar 
o‗rtasidagi farqni tashkil etadi yoki bank tomonidan jalb qilingan 
resurslar uchun amalga oshirilgan to‗lovlar va joylashtirilgan 
mablag‗lardan olingan foizlar o‗rtasidagi farq foiz marjasi sifatida 
shakllanadi. Foiz marjasi bank bo‗yicha umumiy hamda alohida olingan 
moddalar bo‗yicha ham aniqlanishi mumkin. Foiz marjasining 
salmog‗ini aniqlash uchun foiz marjasi koeffitsiyenti qo‗llaniladi. Foiz 
marjasi koeffitsiyenti tijorat banki marjasining haqiqiy va yetarli bo‗lgan 
miqdorini ko‗rsatadi. Foiz marjasi miqdorining haqiqiy holati foiz 

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling