2-§. Plastik kartochkalar muomalasini tashkil etish va ular orqali
hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi
Plastik kartochkalari bir vaqtning o‗zida depozit, hisob-kitob, kassa
va kredit instrumenti funksiyalarini bajaradi. Ko‗plab rivojlangan
mamlakatlar to‗lov tizimida plastik kartochkali naqd pulsiz hisob-
kitoblarda muhim o‗rinni egallaydi.
Texnikaviy
tomondan
plastik
kartochkalar
magnitli
va
mikroprotsessorlilarga ajratiladi. Bizdagi ko‗pchilikka ma‘lum to‗lov
kartochkasi magnitli hisoblanadi, ma‘lumotlar kartochkaning ichida
bo‗luvchi tor magnitli chiziqda saqlanadi
Kartochka
tizimida
magnitli
kartochkalardan
tashqari
mikroprotsessorli yoki ―smartkartochka‖lar ham ishlatiladi.
Plastik kartochkalarning emitenti – plastik kartochkani chiqargan,
mijozlarning hisob-kassa operatsiyalarini ro‗yobga chiqaruvchi bank
hisoblanadi.
Plastik kartochkaning egasi – jismoniy yoki yuridik shaxs bo‗lgan
mijoz, bank emitent bilan shartnoma tuzadi (bankdagi hisob
shartnomasi,
bankdagi
jamg‗armasi,
kredit
shartnomasi
v.h.),
belgilangan chiqim limiti doirasida plastik kartochka ishlatilganda
operatsiyani ro‗yobga chiqaruvchi bo‗lib jarayonlarda qatnashadi.
Jismoniy shaxslar turli plastik kartochkalarga ega bo‗lishlari
mumkin.
Hisob-kitob kartochkasi – bank kartochkasining turi bo‗lib, bankda
hisob raqamga ega bo‗lgan shaxslarga plastik kartochka egasining
emitent bilan tuzgan shartnomaga muvofiq belgilangan limitda pullik
hisob-kitob bajarishga, tovarlar va xizmatlar uchun to‗lovlarni amalga
oshirishda ishlatiladi, naqd pul olinishi mumkin (bunday plastik
kartochkalarni debet kartochkalar deb ham yuritiladi).
Kredit kartochkasi – bankning kredit kartochkasi bo‗lib, bunda
plastik kartochkaning egasi emitent bilan tuzilgan shartnoma shartlariga
muvofiq emitent tomonidan ajratilgan kredit liniyasi va xarajat limiti
541
Do'stlaringiz bilan baham: |