Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet313/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   309   310   311   312   313   314   315   316   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

 
 
XXI BOB. TIJORAT BANKLARINING TO„LOVGA 
LAYOQATLILIGI VA LIKVIDLILIGI 
 
1-§. Tijorat banklarining likvidliligi va to„lovga layoqatliligi haqida 
tushuncha 
 
Tijorat bankining likvidligi - bu bankning barcha mijozlari va 
boshqa subyektlar oldidagi qarz va majburiyatlarini to‗liq va o‗z vaqtida 
to‗lay olishidir. Bank likvidligi bank o‗z kapitalining yetarliligi, uning 
optimal joylashtirilganligi va balansning aktiv va passiv qismlaridagi 
mablag‗larning vaqt oralig‗ida muvofiq kelishi bilan aniqlanadi. 
Tijorat bankining likvidligi uning faoliyati asosini tashkil qiluvchi 
uch asosiy qism - bank kapitali, jalb qilingan mablag‗lar va 
joylashtirilgan mablag‗lar o‗rtasidagi doimiy subyektiv mutanosiblikni 
saqlashdan iboratdir. Bu mutanosiblik esa yuqoridagilarning tarkibiy 
elementlarini operativ boshqarish yo‗li bilan amalga oshiriladi. 
Tijorat banklarining moliyaviy holatiga baho berishda ularning 
foydaliligi, likvidligi va to‗lovga qobiliyatligiga e‘tibor qaratiladi. 
Aynan shu omillar bankning moliyaviy ahvoli qay darajada ekanligini 
belgilaydi. Banklarning likvidligi va to‗lovga qobiliyatligi nafaqat bitta 
bank yoki bank tizimining barqarorligini, balki butun bir iqtisodiyotning 
muvozanatini ta‘minlaydi. Bank tizimida, eng avvalo, banklarning 
likvidligi va to‗lovga qobiliyatligi ko‗rib chiqiladi, chunki foydalilik 
faqatgina bankning o‗z manfaatini ifodalasa, likvidlik va to‗lovga 
qobiliyatlilik kengroq, ya‘ni jamiyatning ko‗pchilik qatlami, bank 
mijozlari manfaatlarini ko‗zlaydi. 
Bank likvidligi uning omonatchilar va kreditorlar oldidagi 
majburiyatlarini o‗z vaqtida to‗la-to‗kis bajara olish qobiliyatidir. 
"Likvidlik" atamasi lotincha ―Liquidus‖ - oquvchan, suyuqlik 
ma‘nosini anglatadi. Shularni hisobga olgan holda jahon banki 
nazariyasi va amaliyotida likvidlikka „zaxira‖ yoki «oqim» deb qaraladi. 
Likvidlik zaxira shaklida tijorat bankining mijozlari oldidagi o‗z 
majburiyatlarini belgilangan vaqt mobaynida aktivlar tarkibini ularning 
hali ishlatilmagan zaxiralariga aylantirish yo‗li bilan qoplashni ko‗zda 
tutadi. 
Likvidlik tijorat banki faoliyatida ma‘lum vaqt mobaynida yuzaga 
kelgan noqulaylikning oldini olish, aktiv va passivlarning mos 
567
sohasi obyektlarini (uy-joy-kommunal xo‗jaliklari, o‗quv markazlari
bolalar maktabgacha tarbiya muassasalari, tibbiy, sog‗lomlashtirish va 
boshqa muassasalar) saqlash, jumladan, shunday obyektlarni barcha 
turlarda ta‘mirlashga qilinadigan, lekin ulardan foydalanish orqali 
olingan daromadlar (xonadon haqi, ota-onalar tomonidan bolalar 
bog‗chasiga to‗lanadigan badallar, yo‗llanmalar to‗lovlari v.b.) bilan 
qoplaydigan xarajatlar, shuningdek, yuqorida aytilgan obyektlardan ijara 
shartlarida foydalanganlik hollarida shu obyektlar bo‗yicha to‗lanadigan 
ijara haqi kabi xarajatlar bankning foizsiz xarajatlariga kiradi. 
Banklar o‗z xodimlari sog‗lig‗ini saqlash va ular dam olishini 
tashkil etish tadbirlari (davolanish va dam olish uchun yo‗llanmalar, 
ekskursiya va sayohatlar yo‗llanmalari, sport bilan shug‗ullanish, 
madaniy va sport tomosha tadbirlariga borish uchun haq, dam olish 
xonalarini tashkil etish va saqlash bilan bog‗liq va boshqa xarajatlar) 
uchun xarajatlarni amalga oshiradi. 
Tijorat banklarining xarajatlarini tarkibiy jihatdan chuqurroq ko‗rib 
chiqishimiz mumkin. 
Jadval ma‘lumotlari shuni ko‗rsatadiki, bankning foizli xarajatlari 
ichida asosiy o‗rinni banklararo kreditlar uchun foizlari egallaydi. 
Foizsiz xarajatlar ichida asosiy o‗rinni ish haqi xarajatlari, soliqlar va 
boshqa majburiy to‗lovlar egallaydi. 
Bozor munosabatlari sharoitida tijorat banklari moliyaviy 
natijalarini yakuniy holati foyda yoki zarar bilan tugallanadi. 
Bank muassasalarining moliyaviy natijalari yakunida asosiy 
ko‗rsatkich foyda hisoblanadi. 
Bank muassasalarining asosiy ish prinsipi kamroq xarajat qilib, 
ko‗proq daromad olishch hamda moliyaviy natijalar yakunida maksimal 
foyda olish hisoblanadi. 
Bank tizimini erkinlashtirish munosabati bilan banklar davlat 
tasarrufidan 
chiqarilishi sababli xarajatlarni minimallashtirishga 
qaratilishini taqozo etmoqda. Bank faoliyati natijasini tahlil qilishda 
olingan barcha daromadlardan qilingan xarajatlar chegirib tashlash 
orqali oxirgi natija-foyda yoki zarar aniqlanadi. 
Bank faoliyati asosan 2 ta asosiy moliyaviy hisobotlar, ya‘ni 
buxgalteriya balansi hamda foyda va zararlar to‗g‗risidagi moliyaviy 
hisobotlarni tahlil qilish orqali yakunlanadi. 


568
Moliyaviy natijalarda bank xarajatlarining salmog‗ini jadval 
ko‗rinishida tahlil etsak maqsadga muvofiq bo‗ladi. 
66-jadval 

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   309   310   311   312   313   314   315   316   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling