Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet311/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

Foizsiz xarajatlar 
Foizsiz xarajatlarga xodimlarga to‗lanadigan ish haqlari va 
qo‗shimcha to‗lovlar, uskuna yoki binolarni ijaraga olish, xarid qilish, 
shuningdek, boshqa operatsiya bilan bog‗liq xarajatlar kiradi. 
Banklar O‗zbekiston Respublikasi Pensiya fondiga, O‗zbekiston 
Respublikasi Aholini ish bilan ta‘minlash davlat fondiga, O‗zbekiston 
Respublikasi 
Ijtimoiy 
sug‗urta 
fondiga 
qonunlarga 
muvofiq 
o‗tkaziladigan majburiy ajratmalar, jumladan, bank xodimlariga 
mukofot hamda ko‗p yil ishlaganlik uchun ularni rag‗batlantirish 
bo‗yicha xarajatlarni amalga oshiradilar. Bank nodavlat fondlarga, 
ixtiyoriy tibbiy sug‗urta va ixtiyoriy sug‗urtaning boshqa turlari uchun 
o‗tkazgan ajratmalari, qonunlarga muvofiq bank mulkini va bank 
xodimlarini davlat sug‗urtasidan o‗tkazish bo‗yicha to‗lovlar ham 
bankning foizsiz xarajatlariga kiradi. 
Bank asosiy fondlarni, jumladan, ularning bank faoliyatini amalga 
oshirishda foydalanadigan alohida qismlarini, xususan, tushumni 
inkassatsiya qilish uchun avtomobil transportini ijaraga olish bo‗yicha 
xarajatlar qiladi.


566
Bank xodimlari va bank xodimlari bo‗lmagan, ya‘ni bank shtatida 
bo‗lmagan xodimlarga, ular bilan tuzilgan shartnomalar bo‗yicha 
bajarilgan ishlar uchun ish haqi to‗lash xarajatlari, amaldagi qonunlarga 
muvofiq, navbatdagi va qo‗shimcha ta‘tillar pulini, shuningdek, tibbiy 
ko‗riklardan o‗tkazish kabi xarajatlari ham foizsiz xarajatlarga kiradi.
Bundan tashqari, banklarning foizga dahli yo‗q xarajatlariga bank 
sohasida malakali kadrlar tayyorlashga sarflanadigan xarajatlari ham 
kiradi. Tijorat banklari oliy o‗quv yurtlari bilan kelishilgan shartnoma va 
to‗lov asosida bank sohasiga malakali kadrlar tayyorlash, bank 
xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash xizmatlari uchun haq 
to‗laydi.
Bizga ma‘lumki, banklarni auditorlik tekshiruvidan o‗tkazish uchun 
banklar auditorlik firmalari bilan shartnomada kelishilgan narxlarda 
to‗lovni amalga oshiradilar. 
65-jadval 

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling