Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
Download 5.53 Mb. Pdf ko'rish
|
bank ishi (2) (1) (1)
Asosiy depozitlar
L 4 = -----------------------------------*100 foiz Umumiy depozitlar Bu ko‗rsatkich banklarga qo‗yilgan depozit qay darajada barqaror ekanligini aniqlab, bank faoliyatiga baho berishda yordam beradi. L 4 koeffitsiyent 75 foiz yuqori bo‗lishi lozim. Bazel 3 talablarini joriy qilish bo‗yicha 2016-yil 1-yanvardan likvidlilikni qoplash me‘yori koeffitsiyenti yuqori sifatli likvid aktivlarning kun davomida to‗lanishi lozim bo‗lgan pul mablag‗lariga nisbati sifatida aniqlanadi. 580 Ko‗pgina mamlakatlarda likvidlilik ko‗rsatkichlari tijorat banklari balansining aktiv va passiv qismini tahlil qilish asosida baholanadi. Frantsiyada tijorat banklarining likvidliligini baholashda ishlatiladigan koeffitsiyentlari umumiy talab qilib olingunga qadar muddatli depozitlarning (3 oygacha bo‗lgani) va boshqa resurslarning aktivlarga nisbati bilan aniqlanadi. U yerda bu koeffitsiyentning hisoboti nazorat organlariga har chorakda taqdim etiladi. Bu koeffitsiyent 60 foizdan kam bo‗lmasligi kerak. 3-§. Tijorat banklari likvidliligini boshqarish Yuqorida aytilganidek, likvidlikni boshqarishni bajarish masalasi, talab etiladigan darajasi ushlab turilishi uchun tijorat banki mustaqil ravishda o‗zining faoliyati va talablariga amal qilishi hamma tarmoqlardagi iqtisodiy asoslangan siyosatni o‗tkazishi lozim. Bu maqsadlarda tijorat banki doimo o‗z kapitalini oshirib borishi boshqa korxonalar va tashkilotlardan jalb etilgan mablag‗ va o‗z mablag‗lari o‗rtasidan optimal nisbatni ta‘minlashi, bankning oborotida bo‗lgan uzoq muddatli «ishonchli» va «arzon» kredit resurslarini shakllantirishga intilishi kerak. Kredit siyosatini to‗g‗ri ishlab chiqish, kredit resurslarini foyda keltiradigan sohalarga qo‗yishi, resurslarini jalb etishda kredit qo‗yilmalar hajmi va ularning muddatiga etibor berish, likvid aktivlarning hajmini oshirish bilan bank aktivlarining optimal strukturani shakllantirishiga erishish lozim. Shuningdek, hissadorlarning qonuniy talablarini bajarishga tayyor bo‗lishi uchun shu mablag‗larning keragidan ortiqcha xarajat qilishiga yo‗l qo‗ymasligi orqali bankning daromad va foydasini oshirishiga intilish zarur. Bank likvidliligini boshqarish nazariyalari tijorat banklarini tashkil etilishi bilan bir vaqtda paydo bo‗ldi. Hozirgi kunda to‗rtta asosiy nazariya farqlanadi: 1. Tijorat ssudalari nazariyasi. 2. Joydan-joyga (aktivlarni) ko‗chirish nazariyasi. 3. Kutiladigan daromad nazariyasi. 4. Passivlarni boshqarish nazariyasi. Birinchi uchta nazariya bevosita aktivlarni boshqarish nazariyasi bilan bog‗liq. Bank amaliyotida yuqoridagi nazariyalarning barchasi qo‗llaniladi, lekin har xil banklarda ularning qaysigadir ko‗proq e‘tibor qaratiladi. 589 manbalariga bog‗liqligini belgilab berdi. Sxematik ravishda bu 39- rasmda ko‗rsatilgan. Download 5.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling