Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
Download 5.53 Mb. Pdf ko'rish
|
bank ishi (2) (1) (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mablag„lar manbasi («lik- vidlilik-daromadlilik markazla- ri») «Likvidlilik-daromadlilik markazlari» orqali mablag„larni
- Ssudalar Ikkinchi darajali rezervlar Birinchi darajali rezervlar
Mablag„lar manbasi
Mablag„larni joylashtirish 38-rasm. Umumiy fond mablag„lari modeli yordamida aktivlar- ni boshqarish 39-rasm. Aktivlarni taqsimlash modeli yordamida aktivlarni boshqarish Bu metod orqali mablag‗lar manbalarini majburiy zaxiralar va ularning aylanish tezligi normalariga mos chegaralashga harakat qi- Mablag„lar manbasi («lik- vidlilik-daromadlilik markazla- ri») «Likvidlilik-daromadlilik markazlari» orqali mablag„larni joylashtirish Talab qilinguncha qo‗yilmalar Jamg‗arma qo‗yilmalar Muddatli qo‗yilmalar Aksionerlik kapitali va rezervlar Umumiy fond mablag„lari Imorat va uskunalar Boshqa qimmatli qog‗ozlfr Ssudalar Ikkinchi darajali rezervlar Birinchi darajali rezervlar Talab qilinguncha qo‗yilmalar Jamg‗arma qo‗yilmalar Muddatli qo‗yilmalar Aksionerlik kapitali va rezervlar Imorat va uskunalar Boshqa qimmatli qog‗ozlar Ssudalar Ikkinchi darajali rezervlar Birinchi darajali rezervlar 588 bo‗lgan metod – bu umumiy fond mablag‗lari metodidir (rool-of-funds approach). Bu metodni ko‗pgina banklar mablag‗lar ko‗p bo‗lgan davrda qo‗llaydilar. Tijorat bank boshqaruvchisi joylashtirilishi uchun javobgar bo‗lgan mablag‗lar turli manbalardan: talab qilib olinguncha qo‗yilmalar, jamg‗arma, muddatli qo‗yilmalar, shuningdek, bank o‗z kapitalidan kelib tushadi. Ko‗rib chiqilayotgan metod asosida bu resurslarni birlashtirish g‗oyasi yotadi. So‗ngra mablag‗lar to‗plami mos hisoblangan aktivlar turlari (ssudalar, davlat qimmatli qog‗ozlari, kassadagi naqd pul va h.k.) o‗rtasida taqsimlanadi. Umumiy fond mablag‗lari metodida ma‘lum aktiv operatsiyani amalga oshirishda, agarda ularning joylashtirilishi bank o‗z oldiga qo‗ygan maqsadlarga erishishga yordam bersa mablag‗lar qaysi manbadan kelib tushganligi ahamiyat kasb etmaydi. Bu metod sxematik ravishda 1-rasmda ko‗rsatilgan. Bu metod bank boshqaruvidan likvidlilik va daromadlilik prinsiplarini teng amal qilishini talab etadi. Shuning uchun mablag‗lar shu prinsipga mos keladigan aktiv operatsiyalar turlariga joylashtiriladi. Mablag‗larni joylashtirish orqali operativ bo‗lim boshliqlariga likvidlilik va daromadlilik nisbatlari muammolarini hal etishga ko‗mak beruvchi ma‘lum prioritetlar asosida amalga oshiriladi. Bu prioritetlar bank ixtiyoridagi mablag‗ning qaysi qismi daromad keltirish uchun birinchi yoki ikkinchi galdagi zaxiralarga joylashtirilish, ssuda yoki qimmatli qog‗ozlar sotib olishga ishlatilishini ko‗rsatib beradi. Mablag‗larni yer uchastkalariga, imorat va ko‗chmas mulkka investitsiyalash odatda alohida ko‗rib chiqiladi. Ikkinchi metodning vujudga kelishi – aktivlarni taqsimlash yoki mablag‗larni konversiyalash (asset allocation or consersion of funds ap- proach) – birinchi metod ba‘zi kamchiliklarni bartaraf etish bilan bog‗liq. Yuqorida ko‗rsatib o‗tilganidek, umumiy fond mablag‗lari pozitsiyasidan mablag‗larni joylashtirishda haddan ziyod diqqat likvid- likka berilib, talab qilinguncha qo‗yilmalar va asosiy kapital bo‗yicha likvidlikka bo‗lgan talab hisobga olinmaydi. Ko‗pgina mutaxassislar fikrlari bo‗yicha, bu kamchilik Amerika tijorat banklarining foyda nor- masi qisqarishining o‗sib borishiga sabab bo‗ldi. Bu vaqt ichida talab qilinguncha qo‗yilmalarga nisbatan kamroq likvidlilikni talab etuvchi muddatli va jamg‗arma qo‗yilmalar yuqori templar bilan o‗sib bordi. Aktivlarni taqsimlash metodi umumiy fond mablag‗lari metodi kamchiligini yengish imkonini berdi. Bu metod bankka zarur bo‗lgan likvid mablag‗lar miqdori fondlarni jalb qilish 581 Likvidlik holatini boshqarishda 2 ta yo‗nalishni ajratishimiz mumkin: Birinchisi, zaxiralarni doimiy nazorat qilish siyosati. Bu shuni anglatadiki, bankda daromad keltirmaydigan aktivlarni oshishiga yo‗l qo‗ymaslik kerak. Ikkinchisi, zaxiralarni bir darajada saqlab turishni qo‗llab- quvvatlash siyosati, ya‘ni majburiy zaxira normalari, jalb qilingan depozitlarga zaxiralar va h.k. Likvid mablag‗larga bo‗lgan talabni rejalashtirishda naqd pullarni boshqarish, ya‘ni mijozlarning talabini qondirish maqsadida majburiy zaxiralarni bir maromda saqlash lozimdir. Shularni inobatga olgan holda bank kassasidagi pullar kun davomida, ya‘ni pul tushum va chiqim bitimlarini amalga oshirish natijasida o‗zgarib boradi. Bank amaliyoti shuni ko‗rsatadiki, likvidlilikning yetarli darajasini ta‘minlanmasligi bank faoliyatidagi jiddiy kamchiliklarni keltirib chiqaradi. Bunday holatning yuzaga kelishi odatda bankdagi depozitlarning yo‗qotilishiga, bu esa naqd pul mablag‗larining kamayishiga va bank aktivlaridaga o‗ta likvid qimmatli qog‗ozlarning sotilishiga sabab bo‗ladi. Bank likvidliligini boshqa banklardan olingan kreditlar hisobiga ham qondirish mumkin. Ammo boshqa banklar yuqori foiz stavkada kreditlar taqdim etadi yoki berilayotgan kreditlarga qo‗shimcha ta‘minot qo‗yishni talab etishadi. Bu esa bank oladigan daromadning kamayishiga olib keladi. Banklarning likvidlilik muammosini hal qilish uchun likvidlilikni boshqarishning bir qancha strategiyalari mavjuddir. Bular: 1. Aktivlar hisobiga likvidlilikni ta‘minlash strategiyasi (aktivlarni boshqarish orqali likvidlilikni boshqarish). Bu strategiyaga muvofiq bank aktivlarni tez sotiladigan qimmatli qog‗ozlarga joylashtirishni nazarda tutadi. Agar likvid mablag‗larga talab yuzaga keladigan bo‗lsa, bank naqd pullarga bo‗lgan talabni qondirguncha o‗z aktivlarini sotadi. Odatda likvidlilikni boshqarishning ushbu strategiyasi aktivlarning transformatsiyasi deb ataladi, chunki pul ko‗rinishida bo‗lmagan aktivlar naqd pulga aylanishi hisobiga likvid mablag‗lar yuzaga keladi. Likvid aktivlar uchta xususiyatga ega bo‗lishi lozim: -tez pulga aylanishi uchun o‗z bozoriga ega bo‗lishi; -bozorlarda barqaror bahoga ega bo‗lishi ; -sotuvchi minimal risk orqali birlamchi investitsiyani qoplay olish imkoniyatining bo‗lishi lozim. 582 Aktivlarni boshqarish orqali likvidlilikni boshqarish strategiyasi odatda mayda banklar faoliyatida qo‗llaniladi, chunki ushbu likvidlilikni boshqarish metodi qarz likvid mablag‗lari orqali aktivlarni transformatsiyalash strategiyasi likvidlilikni boshqarishning arzon yo‗li hisoblanmaydi. Aktivlarning sotilishi bankning kelgusi daromadlarining yo‗qolishiga sabab bo‗ladi. Shuningdek, ko‗p aktivlarning sotilishi qimmatli qog‗ozlar bilan bo‗ladigan operatsiyalarda brokerlarga to‗lanadigan komission xarajatlar bilan bog‗liqdir. Bundan tashqari, naqd pul mablag‗lariga ega bo‗lish maqsadida aktivlarning sotilishi bank balansining yomonlashuviga olib keladi, ammo bu aktivlar (misol uchun davlat qisqa muddatli obligatsiyalari)ning mavjud bo‗lishi bankning moliyaviy faoliyati barqarorligidan dalolat beradi. Aktivlarning sotilishi lozim bo‗lgan paytda bozorda qimmatli qog‗ozlarning bahosi tushayotgan davrga to‗g‗ri kelishi bank kapitalining yo‗qolishiga sabab bo‗lishi mumkin. Bank boshqaruvchilari kelgusi davr daromadlarini muqobil qiymatini minimallashtirish uchun, birinchi navbatda, minimal foyda potentsialiga ega bo‗lgan aktivlar sotilishini ta‘minlab berishi kerak. Xullas, likvid aktivlarning salmog‗i oshib borgan sari bank daromadlarining qisqarishiga olib keladi. 2. Pul mablag‗lariga talabni qondirish uchun likvid qarz mablag‗laridan foydalanish strategiyasi (passivlarni boshqarish). Ko‗pgina yirik banklar likvid mablag‗larning manbasi sifatida ko‗proq pul bozoridagi qarz mablag‗laridan foydalanishadi. Odatda bu strategiyani passivlarni boshqarish deb ataladi. Bunda tijorat banklari o‗zlarining likvid mablag‗larga bo‗lgan talablarini yirik miqdordagi depozit sertifikatlarini va boshqa banklardan olingan kredit mablag‗lari orqali ta‘minlashadi. Passivlarni boshqarish strategiyasi orqali ma‘lum bir muddat uchun qarz mablag‗lari hisobiga likvidlilik ta‘minlanadi. Bu strategiyani yirik banklar amalga oshirishining asosiy sababi shundaki, banklarning o‗z mablag‗lariga nisbatan majburiyatlarining ortishi va bank balansida tez pulga aylana oladigan aktivlarning yetarli darajada bo‗lmasligi, bankning to‗lovga layoqatsiz bo‗lish riski yuzaga kelishi mumkin hamda bank likvid mablag‗larga bo‗lgan talabini qondira olmay qolishi mumkin. 3. Aktiv va passivlarni boshqarish qarz likvid mablag‗larini boshqarish strategiyasining riskligini va aktivlarda likvid mablag‗larning yuqori bahosini hisobga olgan holda, banklar likvidlilikni boshqarishning aktiv va passivlarini boshqarish strategiyasini tanlaydilar. Bu strategiyaga muvofiq likvid mablag‗larga kutilayotgan 587 taqsimlashdir. Mablag‗larni joylashtirishda asosiy diqqat qimmatli qog‗ozlarga, investitsiyalar va ssuda operatsiyalariga qaratiladi. Mablag‗larning aniq yechimida shunday aktivlarni «sotib olish» kerakki, u bankka eng ko‗p daromad olib kelsin. Biroq tijorat banklarida fondlarni boshqarish qator omillar orqali qiyinlashmoqda. Bank tomonidan jalb qilingan mablag‗larning ko‗pchilik qismi mijozlarning birinchi talabi bilan to‗lanishi kerak yoki ogohlantirish muddati juda qisqa bo‗ladi. Shuning uchun bankni oqilona boshqarish- ning birinchi darajali shartlaridan biri bu jamg‗armachilar talablarini qondirish xususiyatini ta‘minlash hisoblanadi. Ikkinchi shart – bank mijozlarining kreditga bo‗lgan talabini qondira oladigan yetarli mablag‗larga ega bo‗lish. Bunday kredit bera olish bank tijorat faoliyatining asosiy turidir. Mijozlarning kreditga bo‗lgan talablarini qondira olmaslik bank tomonidan foydali operatsiyalarni yo‗qotishiga, pirovardida esa sinish ehtimoliga olib keladi. Banklarning mamlakatning asosiy pul massasini yetkazib beruvchi sifatidagi roli ularga jamiyat oldida katta mas‘uliyat yuklaydi. Jamiyatning bank sistemasining to‗lovga layoqatliligi, likvidliligi va barqarorligi to‗g‗risida ishonchsizlikka sababi bo‗lmasligi kerak, jamg‗armachilar esa istalgan bank ishonchli ekanligiga imoni komil bo‗lishi kerak. Bank jamg‗armachilari va uning aksiya ushlovchilari maqsadlarini bir-biriga taqqoslab bo‗lmaydi. Shuning uchun bank o‗z mablag‗larini joylashtirayotganida hal etadigan asosiy masalalardan biri bu likvidlilik va foydalilik o‗rtasidagi munosabatdir. Bir tomondan bank boshqaruv mablag‗larni qimmatli qog‗ozlarga joylashtirish orqali yuqori daromad olishga ko‗z tutayotgan aksiyadorlarning bosimini his etsa, ikkinchi tomondan bank boshqaruvi bunday faoliyat bank likvidliligini sezilarli darajada yomonlashtirishini, bu esa jamg‗armachilarga o‗z mablag‗larini ololmasligini va eski mijozlarning kreditga bo‗lgan talabini qondira ololmasligini aniq biladi. Bank mablag‗larini turli aktivlarga joylashtirish yuqori likvidlilik darajasini ushlab turish va ma‘lum yuqori daromad olish ehtiyojini belgilab beruvchi mavjud qonun va tartibga soluvchi aktlardan kelib chiqadi. «Likvidlik - daromadlilik» dillemmasini yechishga urinishlari aktivlarni boshqarishda 3 usulni keltirib chiqardi. Bu metodlardan birortasini ham yetuk deb hisoblab bo‗lmaydi, chunki ularning har birining diqqatga sazovor va kamchilik tomonlari mavjud. Bir metodda alohida tijorat bankining aniq muammolarini yechish uchun qo‗llash mumkin bo‗lgan elementlar mavjud. Qo‗llanish nuqtayi-nazaridan sodda 586 Ta‘minot sifatida DQMOlaridan foydalanilgan holda garov qiymatini, joriy diskont asosida aniqlash to‗g‗riroq bo‗ladi. Kuponli qimmatli qog‗ozlar qiymati ularning bozor narxi hamda hisoblangan foizlar miqdorida aniqlanadi. Hozirgi vaqtda garov turi bo‗yicha ma‘lum cheklovlar o‗rnatilmagan bo‗lsada, banklar bozorda kotirovka qilinmaydigan qimmatli qog‗ozlar va asosiy vositalar kabi garovning nolikvid shakllarini qo‗llashda o‗zlarining zimmalaridagi xatarni anglashlari lozim. Qimmatli qog‗ozlar bozori rivojlanishining cheklanganligi va likvidligi korxonalar aksiyalarini garov sifatida qo‗llanilishiga imkon bermaydi. Shu tufayli, davlat qimmatli qog‗ozlardan tashqari boshqa qimmatli qog‗ozlar garovi asosida berilgan kredit «ta‘minlangan‖ bitim deb hisoblanmaydi. Download 5.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling