Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
Download 5.53 Mb. Pdf ko'rish
|
bank ishi (2) (1) (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchi savolda
savolning kredit oluvchi tomon to‗ldirishi, uning moliyaviy ahvoli,
undagi hisob-kitoblar holati, auditorlik tekshiruvlar bo‗yicha hisobotlar va xulosalar, korxona balansi, pul oqimi to‗g‗risida hisobot, daromadlari va boshqa ma‘lumotlar bank uchun zarur hamda bu hujjatlarning mavjudligi korxonaning o‗z moliyaviy resurslarini muvafaqqiyatli boshqarayotganligidan dalolat berishi mumkin. Uchinchi savolda esa bank u berayotgan kredit uning kredit portfeliga mos keladimi yoki yo‗qmi, shuni aniqlashi lozim. Agar bu beriladigan kredit bankning kredit portfelining yanada ko‗proq diversifikatsiyalanishiga olib kelsa, bu bankning kredit portfeli riskini kamaytiradi. Agar bu kredit bir tarmoqqa kreditlarning yig‗ilishini kuchaytiradigan, to‗lash muddati bir vaqtda to‗g‗ri keladigan bo‗lsa, kredit portfelining riski oshishi mumkin. Bunda bank xodimlari kredit berish, kreditni baholash sohasida yetarli bilimga egami, ular bozor o‗zgarishlarini inobatga olgan holda bank ishining texnikasini bilishi, kredit berish bo‗yicha oxirgi qarorni qabul qilmasada, u kreditni baholash jarayoniga javobgar hisoblanishi lozim. Kredit riskning yuqori bo‗lishi bank tomonidan pul bozoriga murojaat qilish va uning mablag‗laridan ehtiyotkorlik bilan foydalanishga da‘vat qiladi. Kredit risklarini tahlil qilish nafaqat qarz oluvchining moliyaviy holatini o‗rganish, shuningdek, bankning ichki 593 risksiz operatsiyasi mavjud emas, bankning barcha operatsiyalari risk bilan bog‗liq. Chunki xo‗jalik subyektlari faoliyatida o‗z mablag‗lariga tayansa, tijorat banklari asosan jalb qilingan mablag‗larga tayanib faoliyat olib boradi. Shu bois tijorat banklari o‗z faoliyati bilan bir tomondan, o‗z aksiyadorlari oldida javobgar bo‗lsalar, ikkinchi tomondan, o‗z mablag‗larini ishonib topshirgan va bank xizmatlaridan foydalanayotgan mijozlar oldida majburiyatga egadirlar. Shu tufayli bank riski, uning mohiyati, turlari, kelib chiqish sabablarini chuqur o‗rganish banklar faoliyatini samarali boshqarishda muhim ahamiyatga ega. Risk keng ma‘noli, faoliyatning, jarayonlarning turli bosqichlarida uchrab turuvchi ko‗p qirrali tushunchadir. Bank riskining mohiyati haqida ko‗pgina mahalliy iqtisodchilar tomonidan bank tavakkalchiligi, kredit xavf- xatari, bank xatari, yo‗qotishlar, ehtimollik, qaltislik, ikkilanish, noaniqlik kabi qator tushunchalar berilgan. Biz ta‘kidlaganimizdek, bank faoliyati har tomonlama risk bilan bog‗liq bo‗lib, bank ―bergan krediti o‗z vaqtida qaytib keladimi? Keyingi oyda depozitlar salmog‗i oshadimi? Bank aksiyasining bahosi va bank foydasi oshadimi? Keyingi chorakda (oyda) foiz stavkalar qanaqa bo‗ladi, ular bank foydasiga qanday ta‘sir ko‗rsatadi?» kabi ehtimollar bilan bog‗liq faoliyat olib boradi. Shu holatlarning tahlilini hisob qilgan holda, mablag‗larni aktivlarga joylashtiradi: kreditlar beradi, investitsiya qiladi va boshqa sohalarga yo‗naltirib, ijobiy natijaga erishishni maqsad qilib qo‗yadi. Bank riski iqtisodiy risklar turkumiga kirib, bank bilan jismoniy va huquqiy shaxslar o‗rtasidagi iqtisodiy munosabatlarga tayanadi. Bank faoliyatining tashkil etilishi va amalga oshirilishi, bank mablag‗larining ma‘lum tamoyillar asosida kreditga berilishi uning faoliyati risk bilan bog‗liq ekanligini ko‗rsatadi. Bu hol bank riskining obyektivligini ifodalasa, bank faoliyatiga boshqa omillarning ta‘siri, ularning natijasini hisoblash imkoniyatining mavjudligi va bir turdagi riskning turli sharoitda bo‗lishi, uni turlicha qabul qilish va hisoblay olish uning yuzaga kelishining subyektiv sabablari hisoblanadi. O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankining me‘yoriy hujjatlarida bank riski- tavakkalchiligi – bank faoliyatiga ta‘sir qiluvchi iqtisodiy, moliyaviy, ijtimoiy, siyosiy, texnologik ichki va (yoki) tashqi omillarga bog‗liq bo‗lgan holatlar natijasida bank faoliyatiga xos bo‗lgan moliyaviy zararlar ko‗rish va (yoki) bank 594 likvidligi (bank o‗z majburiyatlarini vaqtida bajarish qobiliyati)ni to‗liq yoki qisman yo‗qotish xavfining mavjudligidir, deb ta‘riflanadi. Bank faoliyatida riskning yuzaga kelishi, uning salmog‗i, ta‘siri, shakli turli sabablar va noaniqliklarga bog‗liq bo‗ladi. Chunki tashqi va ichki muhit, obyektiv iqtisodiy va siyosiy jarayonlar va ulardagi bo‗ladigan o‗zgarishlar bank faoliyatiga ta‘sir ko‗rsatadi. Bank faoliyatida risklarning yuzaga kelishining quyidagi sabablari mavjud: - bozorni yaxshi o‗rganmaslik; - resurslarni jalb qilish va ularni joylashtirishda yuzaga keladigan nomutannosiblik; - kreditlanadigan loyiha, obyekt va mijozlar to‗g‗risida, ularning moliyaviy ahvoli to‗g‗risidagi ma‘lumot va axborotlarning to‗liq emasligi; - mijozning kreditga layoqaliligi, moliyaviy ko‗rsatkichlarining chuqur tahlil qilinmasligi, uning kredit tarixini o‗rganmaslik; - tarmoqlar faoliyati xususiyatining inobatga olinmasligi; - subyektlar yoki mijozlarning mablag‗lardan maqsadli va to‗g‗ri foydalanish bo‗yicha ko‗nikmalariga e‘tibor qaratmaslik; - bank xodimlarining malakasi va o‗z kasbiga mas‘uliyati sayozligi va boshqalar bank risklari yuzaga kelishining umumiy sabablaridan hisoblanadi. Bank riski - bu bank faoliyatini amalga oshirish jarayonida bank mablag‗larining bir qismini yo‗qotish yoki daromad ola olmaslik sharoitida ijobiy natijaga umid qilib bank operatsiyalarini (depozit, kredit, investitsiya, valyuta) o‗tkazishdan iborat. Bankning barcha operatsiyalari risk bilan bog‗liq bo‗lsada, bank shu operatsiyalarni amalga oshirishda yuqori daromad olishga intiladi Download 5.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling