Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
Download 5.53 Mb. Pdf ko'rish
|
bank ishi (2) (1) (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tijorat bankining kreditlash jarayoni
Bankning depozitlar, jamg‗armalar va boshqa jalb qilingan
mablag‗lar bo‗yicha foiz to‗lash, boshqa moliya-kredit institutlaridan jalb qilingan mablag‗lar uchun foizlar to‗lash, bank xodimlari uchun ish haqi to‗lash va boshqa operatsion xarajatlari bilan bog‗liq risklari quyidagi shakllarda namoyon bo‗lishi mumkin: bozor iqtisodiyotida yuz berayotgan o‗zgarishlar aholi jamg‗armalari bo‗yicha to‗lanadigan foiz stavkalarini oshirishda, kredit resurslarining yetarli emasligi, kredit resurslarini sotib olish qiymatining oshishida, bank xodimlarining ish haqi bilan bog‗liq xarajatlarni oshirish kabilarda o‗z ifodasini topadi. Bank xarajatlarining me‘yordan oshishi, daromad ola olmasligi bankka zarar olib keladi. 607 bo‗yicha risk kreditlashning boshlang‗ich bosqichlarida bo‗lmasligi mumkin, lekin uning faoliyati davomida kutilmagan moliyaviy qiyinchiliklarning paydo bo‗lishi kredit riskining yuzaga kelishiga asos bo‗ladi. 40-rasm. Tijorat bankining kreditlash jarayoni Kredit riskining vujudga kelishi ikki asosiy parametr-kredit beruvchi va qarz oluvchining o‗z majburiyatlari, vazifa va funksiyalarini qay darajada bajarishiga bog‗liq. Qarz oluvchi tomonidan tayyorlangan kredit paketini tahlil qilish va kredit berish bo‗yicha loyiha tayyorlash Qarzdorning kreditga layoqatligini baholash Kredit berish Kredit shartnomasi, garov, kafolat sug‗urtalash xulosasi Kredit monitoringi Kredit o‗z vaqtida to‗lash Kreditni qaytarishda muammolar Kredit olish uchun ariza 606 davomida aniqlashi mumkin. Riskni minimallashtirish maqsadida banklar kredit berishdan oldin riskni aniqlashga harakat qiladi. Kredit riskining yuzaga kelishiga quyidagi holatlar: a) turli xil makro va mikroiqtisodiy omillar, iqtisodiy qonuniylik va me‘yorlardagi o‗zgarishlar; b) iqtisodiy va siyosiy muhitdagi o‗zgarishlar, salbiy hollar, qarz oluvchining faoliyatidagi bo‗ladigan moliyaviy nobarqarorlik tufayli olgan kreditlarini to‗lashga mos pul oqimini tashkil qila olmasligi; d) kreditning ta‘minlanganligi uchun olingan garovning qiymati va sifati bo‗yicha to‗liq ishonchning yo‗qligi; e) yuqori bilimga ega bo‗lgan bank xodimlar va mijozlarning kreditdan foydalanishdagi ko‗nikmalarining yetarli emasligi; f) qarz oluvchi subyektning mahalliy yoki davlat miqyosida obro‗sining tushib ketishi, uning ishchanlik faoliyatida yuzaga kelgan o‗zgarishlar va boshqa sabablar bo‗lishi mumkin. Kredit munosabatlarida banklar kreditga yoki qarzga berilgan summaning o‗z vaqtida qaytib to‗lanishini va mo‗ljallangan foiz stavkalarini belgilangan vaqtda olishni kutadilar. Ular riskdan qochadilar, kredit berishgacha kreditlanadigan sohaning risk darajasi bilan qiziqadilar, uni aniqlaydilar va o‗zlari uchun risk darajasi minimal bo‗lgan hollarda kredit ajratish to‗g‗risida ijobiy qaror qabul qiladilar. Lekin kreditor tomonidan kutiladigan natija har doim ham u o‗ylaganidek bo‗lmasligi mumkin. Banklar va bank xodimlari boshqa kreditorlarga nisbatan riskdan ko‗p himoyalanuvchi yoki qochuvchi bo‗lishlari kerak. Buning sababi shundaki, bank boshqa kreditorlarga nisbatan o‗z mablag‗i bilan emas, balki jalb qilingan mablag‗lar, ya‘ni jismoniy va yuridik shaxslarning vaqtincha, bankda turgan mablag‗lari bilan ishlaydilar. Bankning kredit berish qobiliyati u jalb qilgan resurslarga bog‗liq bo‗ladi. Bank, o‗z navbatida, bu jalb qilingan mablag‗larni talab qilingan vaqtda mijozga qaytarib berish imkoniyatiga ega bo‗lishi lozim. Bu imkoniyat esa bank faoliyatida mavjud risklarni o‗z vaqtida aniqlash, ularning oldini olish choralarini ishlab chiqishni taqozo etadi. Tijorat bankining kreditlash jarayonining sxemasini olib qaraydigan bo‗lsak, mijozning kreditga layoqatliligini aniqlash bosqichida beriladigan kredit bo‗yicha risk darajasini taxminan xomcho‗t qilish mumkin. Kreditlash jarayonining 2,-3,-5-bosqichlarida kredit risklari va ularning darajasini aniqlash mumkin. Mijozning kreditga layoqatligi 595 Download 5.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling